Amalga oshirish bosqichlari



Download 418,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana12.04.2022
Hajmi418,06 Kb.
#546395
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QvZ-2022

(туман, шауар)
боскичида иштирок этади.
Учунчи 
(махаллий)
боскич: туман (шахар)лардаги мавжуд 4 та 
секторда голибликни кулга киритган жамоалар уртасида утказилади ва голиб 
деб топилган 1 та жамоа турнирнинг худудий боскичига йулланмани кулга 
киритади.
To‘rtinchi (hududiy) bosqich: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir hududdan 
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 tadan jami 14 ta jamoalar turnirning beshinchi 
bosqichida ishtirok etadi.
Beshinchi (respublika) bosqich: yuqori bal to‘plagan jamoalar o‘rtasida 
o‘tkaziladi.
Yuqorida belgilangan yo‘nalishlarda tashkil etilayotgan har bir turnir uchun 
bellashuv shartlari alohida e’lon qilinadi.
Qoida tariqasida, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish 
bo‘yicha Badiiy Kengash taqdimiga asosan, Tashkiliy qo‘mita ruxsati bilan har bir 
bosqichda ishtirok etuvchi jamoalar soniga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
18. Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazilishi mumkin.

“Tanishuv” sharti - jamoalar o‘zlarini tanishtirish xarakteriga ega bo‘lgan 
ko‘rinishlar, hazil-mutoyiba, kuy-qo‘shiq, raqs va boshqa satirik-yumoristik sahna 
ko‘rinishlar orqali chiqish qiladilar.
Ushbu shartdagi chiqish mazmunan jamoalar nomi, ta’lim muassasasi yoki 
o‘zlari yashaydigan hudud tabiati, odamlari (xususan yoshlari) hayoti, 
o‘y-kechinmalari, yoshlar orasida uchrab turadigan salbiy illatlarni yumor orqali 
tanqid qilish, jamoaning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar, 
lavhalar keltirish tartibida bo‘ladi.
Ushbu shart uchun 6 daqiqa vaqt ajratiladi.
Jamoalarning chiqishlari mazmuni, hazil-mutoyibaga boyligi, quvnoqligi, 
rang-barangligi, kuy-qo‘shiq, raqs ijrosi, ishtirokchilar mahorati 5 ballik mezonda 
baholanadi.
“Qisqa 
hazillar” 
sharti - jamoaning 

nafar 
a’zosi 
tomonidan 
30 soniyagacha bo‘lgan qisqa xazillar aytiladi. Mazkur shart bosqichma-bosqich 
amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda har bir jamoalar tomonidan navbati bilan 
uchtadan qisqa hazillar aytiladi. Eng saviyasi past (eski, foydalanishdan chiqib 
ketgan va bachkana) hazillar aytgan jamoa 0 ball bilan shartni tark etadi. Qolgan 
jamoalar ikkinchi bosqichda 0,2 ball uchun navbati bilan bittadan qisqa hazillar 
aytadi.


- “Musiqiy chiqish” sharti - musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlar 
qo‘shiqlariga o‘xshatmalardan keng foydalangan holda, hayotda (xususan yoshlar 
hayotida) uchraydigan turli xil qiziq voqeliklar, illatlar, kamchiliklar kulgu ostiga 
olingan teatrlashtirilgan lavhalar (ko‘rinishlar)dan iborat chiqishdir.
Ushbu shartda jamoalar chiqishlari uchun 8 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Chiqishlarning saviyasi yuqori bo‘lishini ta’minlash maqsadida ayrim 
o‘rinlarda fonogrammadan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Taniqli san’atkorlar 
qo‘shiqlariga o‘xshatmalar qilingan taqdirda, qo‘shiq so‘zlari jamoalar tomonidan 
yozilishi va ijro etilishi talab etiladi. San’atkorlarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi 
kerak.
Jamoalar chiqishlarining mazmuni, hayotiyligi, dolzarbligi, hazil-mutoyibaga 
boyligi, 
musiqa-qo‘shiqlardan 
samarali 
foydalanilgani, 
quvnoqligi, 
rang- 
barangligi, ishtirokchilar mahorati 6 ballik mezonda baholanadi.
- “Vatan m adhi” sharti - bu shartda yoshlar o‘rtasida milliylik, yurtimizdagi 
tinchlik va barqarorlik, bunyodkorlik ishlari, yoshlarga yaratilgan imkoniyat va 
sharoitlar to‘g‘risida, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va 
vatanparvarlik tuyg‘ularini yana-da kuchaytirishga qaratilgan sahna ko‘rinishlari 
aks etilishi lozim. Bunda jamoalar tomonidan sahna ko‘rinishi uchun tanlangan 
mavzu, ishtirokchilarning ijrochilik mahoratlariga, targ‘ibot usuliga baho beriladi. 
Jamoalar foydalangan fonogrammadagi qo‘shiqlar matni jamoalarning o‘zlari 
tomonidan yozilgan bo‘lishi shart. Jamoa vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinish, 
sahnako‘rinishlar ketma-ketligini namoyish qiladi.
Ushbu shartda jamoalar chiqishlari uchun 8 daqiqagacha vaqt ajratiladi, 
ishtirokchilar mahorati 6 ballik mezonda baholanadi.
25. 
Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlovda ishtirok etadigan jamoalarga 
quyidagi talablar qo‘yiladi:
- Tanlovning barcha bosqichida tashkil etiladigan har bir bellashuvda 
ishtirokchi jamoalar soni 3 tadan kam bo‘lmasligi hamda 5 tadan oshmasligi 
belgilanadi. Jamoa a’zolari soni 14 nafardan ko‘p bo‘lmasligi lozim;
- jamoalarning chiqishlari yuqori saviyali bo‘lishini ta ’minlash maqsadida 
tegishli mutaxassislar (Badiiy Kengash ruxsatiga ega rejissyor, bastakor, yozuvchi 
va hokazo) ko‘magidan foydalanishga ruxsat etiladi, ammo ular jamoa tarkibiga 
qabul qilinmaydi;
- jamoalar yuqoridagi shartlar bo‘yicha o‘z chiqishlarida yoshlarni 
vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhini tarbiyalash g‘oyalarini aks ettirishga 
alohida e’tibor qaratishi belgilanadi;
- har bir tur o‘yinlari uchun jamoalar tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘lgan 
shartlar Badiiy Kengash tomonidan tanlab beriladi;
- jamoalar tomonidan o‘z chiqishlari davomida avvalgi bellashuvlarda 
ishlatilgan hazillar, boshqa jamoalar tomonidan ishlatilgan hazillar, eski latifalar, 
rus tilidagi bellashuvlarda ishlatilgan hazillarni ishlatishi ma’n etiladi;


- jamoalar tomonidan o‘z chiqishlari davomida uyatsiz, bachkana, qo‘pol- 
qaltis hazillar, taniqli insonlar, san’atkorlar shaxsiga, hakamlar hay’ati a’zolari 
shaxsiga nisbatan masxaraomuz va raqib jamoalarga nisbatan kamsituvchi hazillar 
ishlatishi ma’n etiladi;
- jamoalar tanlovning Tashkiliy qo‘mitasiga ariza, shikoyat va takliflar bilan 
murojaat qilish huquqiga ega.
26. Jamoalar o‘z chiqishlarida Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat, 
vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va e’zozlash, ta ’lim muassasasi, 
mahalla va oiladagi qadriyatlarni ardoqlash, shuningdek
bunyodkorlik, mehnatsevarlik, yoshlik, do‘stlik hamda tinchlik g‘oyalaridan 
foydalanib chiqishlar qilishi - baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
27. Jamoalarga o‘z chiqishlarini tayyorlashda quyidagi mavzularga murojaat 
qilishi tavsiya etiladi:
- zararli g‘oyalar, oqimlarga qarshi kurashish;
- odam savdosiga qarshi kurashish;
- “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashish;
- ekologik muammolarning oldini olish;
- ichkilikbozlik va chekishga qarshi kurashish;
- erta turmush va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi kurashish;
- mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikka qarshi kurashish;
- muomala madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;
- kiyinish madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;
- xushomadgo‘ylik va ta’magirlik holatlariga qarshi kurashish;
- sog‘lom turmush tarzi;
- ta’lim-tarbiya jarayonlari.
28. Tanlov shartlarini baholash hamda g‘oliblar va boshqa ishtirokchilarni 
taqdirlash Tashkiliy qo‘mita huzuridagi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini 
o‘tkazish bo‘yicha Badiiy Kengash tomonidan tuziladigan hakamlar hay’ati 
tomonidan amalga oshiriladi.
Hakamlar hay’ati tarkibiga vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, 
shuningdek madaniyat va san’at sohasi vakillari kiritilishi mumkin.
29. Barcha shartlar bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda eng 
yuqori ko‘rsatkichga erishgan jamoa tanlovning g‘olibi deb topiladi. Agarda 
jamoalar o‘rtasida umumiy to‘plangan ballar teng kelib qolgan taqdirda 
I-II-III o‘rinlarni taqsimlash hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan hal etiladi.
V. G ‘oliblarni taqdirlash


30. Tashkilotchilar, hamkor tashkilotlarning I, II va III darajali diplomlari va 
qimmatbaho sovg‘alari bilan, tanlov davomida aniqlangan turli yo‘nalishlardagi 
eng faol guruh a’zolari va ishtirokchilari esa rag‘batlantiruvchi diplom va sovg‘alar 
bilan taqdirlanadilar.
Tanlov davomida hakamlar hay’ati tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha 
tanlovning faol ishtirokchilari tanlab olinib, ular esdalik sovg‘alari bilan 
taqdirlanishi mumkin.
31. Tanlovning final bosqichi g‘olibiga “Ko‘chma kubog” topshiriladi. Ikki 
yil davomida ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa “Ko‘chma kubok”ning 
doimiy egasiga aylanadi.
VI. Yakuniy qoidalar
32. Tanlovni 
o‘tkazish 
bilan 
bog‘liq 
barcha 
xarajatlar 
mas’ul 
tashkilotchilarning mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
33. Davlat va nodavlat tashkilotlar tanlovda homiylik qilishlari mumkin.


Download 418,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish