Savol va topshiriqlar
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilmaydigan so‘z va qo‘shimchalami
aniqlang.
2. Hozirgi o ‘zbek adabiy tilidan farqli tomonlarning mavjudlik sababini
tushuntiring.
25
0 ‘ZBEK ADABIY TILINING TARAQQIYOT
BOSQICHLARI
6-DARS.
QADIM GI TURKIY TIL
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad: o ‘quvchilarning ongida o'zbek tili tarixi va uning
taraqqiyot bosqichlari yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish;
b) o'quvchilarni tilimiz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash.
J
1-topshiriq.
M atnni o'qing, unda ilgari surilgan fikr haqida bahs
uyushtiring.
О ‘TM ISH IN IU N U TG A N X A L Q N IN G KELAJAGI Y O ‘Q
H ar bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot
bosqichini bosib o'tgan. Bundan o'zbek xalqi ham mustasno emas.
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o'g'uz, qipchoq,
uyg'ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko'plab qabilalar
o'zbek xalqining shakllanishida m uhim o'rin tutgan.
Otashzabon shoir Turdi Farog'iy:
Tor ko'ngullik beklar, «man-man» demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling, —
deb yozganida o'zbek xalqining tashkil topishida 92 urug' vakillari ishtirok
etganligini nazarda tutgan edi.
Darhaqiqat, O'zbekistonning qayeriga borsangiz, darxon, kenagas,
jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug' nomlariga duch kelishingiz
mumkin. Bu nom lar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab
o'tganligidan aks sado berib turadi.
Birgina «qipchoq» atamasini olib ko'raylik. Qipchoqmahalla, Qipchoq-
qishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nom lar respublikamiz bo'ylab
keng tarqalgan. Bu nom o'zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabila-
larining munosib o'rin tutganligidan dalolat berib turibdi. Bu gapni o'g'uz,
qorluq-chigil-uyg'ur qabilalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Naql qiladilarki: «O'tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan
kimsalarning quldan farqi yo'q». Aziz o'quvchi! Xalqimizning kechmishini,
uning tarixini puxta bilib olishga intiling. Zotan, kelajak Sizdan shuni
talab qilmoqda.
2-topshiriq.
«Kultegin», «Bilga xoqon», «To'nyuquq bahodir»
kabi yodgorliklarning tili to'g'risida fikr yuriting. Ulardagi holatni
bugungi tilimizga solishtiring va farqli jihatlarini toping.
26
3-topshiriq.
M ahm ud Koshg'ariyning «Devon-u lug‘otit turk»
asaridan olingan «U m a kelsa, gut kelur», «Kuzaku uzun bo‘Isa, alik
kuymas» maqollaridagi tagiga chizilgan so'zlarni izohlang.
Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tum an oilalarga
bo‘linadi. Til oilalari shu oilaga asos bo'lgan til nomi bilan yuritiladi.
0 ‘zbek, uyg'ur, qirg‘iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab
shuki, ularning hammasi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan.
flm
Dem ak,
Do'stlaringiz bilan baham: |