Iste‟molchilarni tadqiq qilish
iste‘molchilarni tovarni tanlashga undovchi
omillar majmuini (daromad, ijtimoiy holat, yosh tuzilmasi, ma‘lumoti va hokazo)
aniqlash va o‗rganishga imkon beradi. YAkka tartibda iste‘molchilar, oilalar, uy
xo‗jaliklari hamda iste‘molchi tashkilotlar bu erda ob‘ekt vazifasini bajaradi.
Tadqiqot predmeti iste‘molchilarning bozordagi xulq-atvori va uni belgilab beruvchi
omillar hisoblanadi. Iste‘mol tuzilmasi, tovarlar bilan ta‘minlanganlik, iste‘mol talabi
tendensiyalari o‗rganiladi.
Marketing uchun tovarni xarid qilish psixologiyasi va ehtiyojlarni ushbu tovar
bilan qondirish mexanizmini aniqlash katta ahamiyatga ega. Faqat shundagina
mahsulot ko‗p sotilishiga umid qilish mumkin. Taklif etiluvchi mahsulot avvalo,
iste‘molchi uchun foydali bo‗lishi, undan keyingina ishlab chiqaruvchining o‗ziga
yoqishi lozim.
88
Raqobatchilarni o‗rganishdan asosiy maqsad bozorda raqobatli afzallikka ega
bo‗lish, kutilajak raqiblar bilan hamkorlik qilish uchun zarur ma‘lumotlarni olishdan
iborat. SHu maqsadda raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari tahlil qilinib,
ularning bozordagi ulushi, iste‘molchilarning raqobatchilar marketing vositalariga
(tovarni takomillashtirish, tovar markalari, reklama kompaniyalari, servisni
rivojlantirish) reaksiyasi o‗rganiladi. Raqobatchilarning moddiy, moliyaviy va
mehnat salohiyati, mehnat faoliyatini boshqarishni tashkil qilishi o‗rganiladi. Bunday
tadqiqotlar natijasida bozorda raqobatchilarga nisbatan qulay holatga erishish uchun
imkoniyat va yo‗l tanlash, taklif etilayotgan tovarlarning narx va sifat bo‗yicha
ustunligini ta‘minlash strategiyasini aniqlash mumkin bo‗ladi.
8.5 Baho siyosati
Baho siyosati - baho va bahoni shakllantirishni boshqarish san‘ati, qo‗yilgan
maqsadlarga erishish uchun mahsulot va korxonaning bozordagi xolatidan kelib
chiqib mahsulot bahosini belgilash san‘atidir
23
. Bu esa tadbirkordan menedjerdan
yuqori mahorat talab qiladi. Baho siyosati baho strategiyalari orqali amalga oshiriladi
va faqat korxonaning umumiy siyosati yo‗nalishida ko‗rib chiqilishi kerak.
Biznes-rejada korxona baho siyosatini ishlab chiqish jarayoni 8.1-rasmda
keltirilgan.
23
Каранг, Бринк И.Ю., Савельева Н.А. Бизнес-план предприятия. Теория и практика / Серия «Учебники и
учебнЎе пособия» - Ростов н/Д. «Феникс», 2003. - 188 бет
Баҳони шакллантириш мақсадларини қўйиш
Харажатларни
баҳолаш
Талабни аниқлаш
Рақобатчилар баҳоси ва товарларини тахлили қилиш
Баҳо стратегиясини ишлаб чиқиш
Баҳони шакллантириш усулини танлаш
Дастлабки бащони белгилаш
Баҳо тактикасини ишлаб чиқиш
Баҳони бозор суғуртасини (кафолатини) амалга ошириш
89
8.1-rasm. Baho siyosatini ishlab chiqish bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |