Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Tovarning hayotiylik davri



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/124
Sana11.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#543579
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn

 
7.3. Tovarning hayotiylik davri 
 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish strategiyasini ishlab chiqishga ta‘sir etu-
vchi va o‗z navbatida biznes-rejaning ushbu bo‗limida hisob-kitoblarni amalga 
oshirishda taklif etilayotgan tovarning hayotiylik davrini aniqlash muhim ahamiyat 
kasb etadi
20
. Har qanday tovarning hayotiylik davri ma‘lum bir qonuniyatlarga 
bo‗ysunadi va bir qator davrlarni (bosqichlarni) o‗z ichiga oladi (namoyish etish, bo-
zorga kiritish, o‗sish, to‗yinish, pasayish). Tovarning hayotiylik davrining ushbu bos-
qichlaridan o‗tish tezligi, bir vaqtning o‗zida bozor tuzilmasiga ham ta‘sir etuvchi bir 
qancha holatlarga bog‗liq bo‗ladi. Hayotiylik davrining bosqichlari yoki davrlari 
bo‗yicha oldindan belgilangan va hisoblangan tovarlar harakati tadbirkor uchun o‗z 
vaqtida mahsulot boshdan kechirayotgan bosqichga mos keluvchi qarorlarni qabul 
qilishga imkon yaratadi. Mahsulotga bo‗lgan talabni pasayishini oldini olish yoki uni 
bosib o‗tish bo‗yicha tadbirkor qo‗llashi mumkin bo‗lgan vositalar juda hilma-hildir: 
baho, tovarni sotish usullari, uning reklamasi, ishlab chiqarish bo‗linmalariga 
o‗zgartirish kiritish va tovarni bozorga chiqarish. Bular o‗z navbatida sotish xajmi va 
darajasiga, shu bilan birga loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalariga ta‘sir 
qiladi. 
Turli xil tovarlarga nisbatan hayotiylik davri uzoq muddatli, oddiy va qisqa 
muddatli bo‗lishi mumkin. Tadbirkor uchun u ishlab chiqarishni mo‗ljallayotgan 
tovarning hayotiylik davri haqida ishonchli ma‘lumotlarni olish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Buning ahamiyati, ayniqsa, bozorda o‗xshash yoki xuddi shunday tovarlar 
mavjud bo‗lgan hollarda ortadi. Aks holda tadbirkor ishlab chiqqan tovarni bozorga 
kiritish, o‗rnini bosuvchi tovarning qarish bosqichiga to‗g‗ri kelishi mumkin. Bunda 
20
+аранг, ГоремЎкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальнЎх 
образцов бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. – 49 бет. 


75 
bozorga yana taklif qilingan tovar sotilmaydi va uni ishlab chiqarishni darhol 
to‗xtatishga to‗g‗ri keladi. 
Albatta, hayotiylik davrining bosqichini aniqlash juda qiyin, chunki tovarning 
hayotiylik davrini u tugagan taqdirdagina aniq bilish mumkin bo‗ladi. SHu sababli 
hayotiylik davri tugagandan so‗ng mazkur tovar qaysi payt qaysi bosqichda 
bo‗lganligini aytib bera olsak, «hayot» davrida barcha hisob-kitoblar taxminiy 
xarakterga ega bo‗ladi.
Firmalar tovar haqiqatda o‗sish bosqichida turgan bir paytda u etuklik 
bosqichga kirdi deb, unga e‘tiborni susaytirgan hamda qo‗shimcha foyda olish 
imkoniyatidan mahrum bo‗lgan hollar ko‗p kuzatilgan. Ko‗pincha buning aksi ham 
bo‗lib turadi. Tovar o‗sish bosqichida deb hisoblagan firma uni o‗zlashtirishga 
kirishadi. Tekshirib ko‗rilganda esa, tovarning etuklik bosqichidan o‗tganligi ma‘lum 
bo‗lib, firmaning omborlarida sotilmay qolgan mahsulotlar to‗planib qoladi. Aynan 
shu sababli «ikkinchi to‗lqin»dagi ishlab chiqaruvchilar ular ishlab chiqarishni 
mo‗ljallab turgan tovarning hayotiylik davri bosqichini to‗g‗ri topa olishlari lozim 
bo‗ladi. Bu yangi tovarlarni ishlab chiqish strategiyasini to‗g‗ri tanlashga imkon 
beradi.
SHunday qilib, yangi tovarlarni ishlab chiqishda ishlab chiqilayotgan tovar va 
boshqa firmalarning o‗xshash tovarlarining hayotiylik davri bosqichlarini solishtirsh 
muhim ahamiyat kasb etadi. Muvaffaqiyatli rivojlanish uchun har bir korxona o‗sish 
bosqichidagi raqobatbardosh tovarlarga ehtiyoj sezadi.
Tovar o‗sish bosqichida bo‗lgan va tez sotilayotgan paytda firma barcha hatti-
harakatlarini uni sotishga qaratadi va ko‗p hollarda kelgusi avlod tovarlarini ishlab 
chiqish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi. Biroq, o‗sish sur‘ati pasayishni boshlagan 
paytda bu haqda o‗ylash kech bo‗ladi. 
Firma ishlab chiqarayotgan tovar etuklik bosqichga yaqinlashgan paytda bu 
tovar qarish bosqichiga kirishi bilan yangi tovarlar kirib kelishi uchun kelgusi avlod 
tovarlarini ishlab chiqishga kirishish lozim. 
YUqorida aytib o‗tilganlarni hisobga olgach, ishlab chiqilayotgan tovarlarning 
hayotiylik davrini kompleksli o‗rganishning muhimligi tushunarli bo‗ladi. Bunday 
o‗rganish boshqa firmalarning o‗xshash tovarlari bilan birgalikda firmaning o‗z 
tovarlari hayotiylik bosqichini tahlil qilishni talab qiladi.
Albatta, taqchillik sharoitlarida ko‗plab tadbirkorlar asosiy e‘tiborni tovarning 
hayotiylik davrini o‗rganishga emas, balki umuman boshqa, tovarni ishlab chiqarish 
va bozorga etkazish bilan bog‗liq muammolarni hal qilishlariga to‗g‗ri kelmoqda. 
Biroq tovarning hayotiylik davrini tahlil qilish zaruratiga e‘tibor qaratmaslik ham 
ko‗p hollarda ishlab chiqarish samaradorligining eng yuqori bo‗lishiga erishishga 
imkon bermaydi. Eng urfga kirgan tovarlarni ishlab chiqarish bilan shug‗ullanuvchi 
bir qator tadbirkorlarning esa tovarning hayotiylik davri muammolariga murojaat 
etishi shubhasiz. Bundan tashqari, bozorga murojaat qilishga ko‗pincha yangi tovarni 
ishlab chiqish yoki chiqarilayotgan tovarning hayotiylik davriga o‗zgartirish kiritish 
zarurati majbur qiladi. Bozor haqida, unda ro‗y berayotgan jarayonlar haqidagi 
axborotni marketing tadqiqotlari beradi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish