mubolag‘a
(giperbola) va
g‘aroyibot hajvi
(grotesk) kabi keskin bo‘rttirish vositalaridan kelib chiqadi. Jamiyat rivojlanib borishi jarayonida
satiraning ob’ekti bilan birga uning sub’ekti ham o‘zgarib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniy
maqsad–manfaatlarning ustuvorligi umuminsoniy qadriyatlar vositasida jahon xalqlari hayotidan
tobora mustahkam o‘rin
egallab borayotgan ekan, insoniyatning
mana shu bosh taraqqiyot
yo‘lini to‘sadigan barcha chirik, eskirib qolgan, dogmaga aylangan narsalar, xolatlar adabiyot va
san’atning o‘tkir va hayotchan satira ob’ekti bo‘lib qolaveradi.
Kulgi–insoniy voqelik. Inson o‘zining aqli yordamida kuladi. U, albatta, o‘zining
ahmoqligidan
ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning mazmunsiz kulgisi hisoblanadi.
Kulgidagi
lazzatning manbaida masxara, istehzo kabi ob’ektlarning ustidan afzallik tuyg‘usi
yotadi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari)
doimiy hamkorlikda
mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchilik
vazifasini
bajaradi.
Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham go‘zallik
unsurlarining
uchrashi bejiz emas.