“namunali”
va
“qoniqarsiz”
bo‘lgan sektorlarni tahlil qiladi hamda
jami umumlashtirilgan ma’lumotlarni Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi.
Har chorak oxirgi
oyining 28-sanasiga
qadar
3. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Ayollar daftari”ning
yuritilishi bo‘yicha respublika darajasidagi masalalarni tahlil qilib,
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar,
�
amoat
tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari
kotibiyatiga taqdim qiladi.
Har chorak oxirgi
oyining 30-sanasiga
qadar
9-bosqich
1. Yakuniy tahliliy ma’lumot va takliflarni ko‘rib chiqadi.
2. “Ayollar daftari”ning yuritilishi Vazirlar Mahkamasi Rayosati
majlisida muhokama qilinadi va tumanlar kesimida baholanadi.
3. Kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul vazirlik va idoralar hamda
hududiy hokimliklar rahbarlariga nisbatan choralar ko‘riladi,
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli “yo‘l xarita”lari ishlab
chiqiladi va ijroga yo‘naltiriladi.
Har chorakda keyingi
oyning10 sanasiga
qadar
Vazirlar Mahkamasi Yoshlar,
jamoat tashkilotlari, mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash
masalalari kotibiyati
(2g-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli
qarori
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-
apreldagi 250-son
qaroriga
3-ILOVA
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
VAQTINCHALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu vaqtinchalik tartib (keyingi o‘rinlarda — Tartib) “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar
muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga
ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish
bo‘yicha ma’lumotlar bazasi;
nodavlat kasb-hunarga o‘qitish markazlari — yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish vakolatiga ega
bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim muassasalari;
sektorlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)
hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan
tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat
hokimiyati organining kollegial ishchi tuzilmasi;
sektorlar ishchi guruhlari — sektor rahbari boshchiligida iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi
sohasi, yoshlar ishlari, bandlik, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash va boshqa davlat boshqaruvi organlari tuman
(shahar)lar tuzilmalarining malakali mutaxassislari va tijorat banklari xodimlaridan iborat Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus
ishchi guruhlari;
elektron platforma — yoshlarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish, qayta ishlash tizimini
yaratish va tegishli vazirliklar va idoralar bilan raqamli ma’lumotlar almashuvini tashkil etish hamda yoshlarning
murojaatlari bilan tizimli ishlash yuzasidan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qilish imkonini beruvchi
yagona elektron platforma;
Oldingi
tahrirga qarang.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida shuningdek, yoshlarning besh tashabbus doirasidagi tadbirlarini moliyalashtirish uchun belgilangan
tartibda tashkil etiladigan jamg‘arma;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 450-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/450/0691-son)
Vasiylik kengashi — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan
foydalanish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan kollegial tuzilma;
arizachi — “Yoshlar daftari”ga kiritishni so‘rab ushbu Tartibga muvofiq murojaat qilgan yosh fuqaro.
3. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar mazkur Tartib
hamda tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |