O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida beriladigan savollar



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/106
Sana09.04.2022
Hajmi1,81 Mb.
#539253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Bog'liq
CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK

Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida beriladigan savollar.


93 
1
. Terrorizm to‘g‘risida qanday tushunchaga egasiz?
2
. Terrorchi so‘zining ma’nosini bilasizmi? 
3. 
Sodir etilgan terrorilik ishlariga misol keltira olasizmi? 
O‘quv materiallarining mazmuni. 
4-ilova. 
Terrorchilik harakati sodir etilgandagi harakatlar

Terrorizm
– umuminsoniy va davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal etish 
yo‘lida asosiy to‘siqlardan biri bo‘lish uchun harakat qilayotgan zamonamizning o‘ta 
xavfli jamiyatlaridan biridir. Bu jarayonga nisbatan samarali qarshi turish uchun, 
avvalo terrorizmning mohiyatini, uning sabablari, yuzaga kelish shartlari va 
omillarini tushuntirib olish zarur.
Terrorizmning usullari.
Terrorchilar o‘z maqsadlari yo‘lida quyidagi usullardan 
foydalanadilar: 
– uylarni, binolarni, jamoat transportlarni, do‘konlarni, bozorlarni, odamlar 
gavjum va ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni portlatish;
– tinch aholini garovga olish;

qurol- yarog‘ ishlatish bilan odamlarni o‘ldirish;
– o‘t qo‘yish;
– epidemiya tarqatish;

zaharlanish;
–bosqinchilik;
Qo‘poruvchilik harakatlaridan qanday saqlanish mumkin? 
Terrorchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun turli usullardan foydalanadilar. 
SHuni nazarda tutib, yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, uning ravnaqi yo‘lida halol 
qilayotgan har bir pok niyatli respublikamiz fuqarosi hushyor va sergak bo‘lishi, talab 
etiladi. Ana shundagina sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarning oldini 
olish mumkin. Har bir fuqaro ko‘chada, jamoat transportda, bekatlarda .uylar eshigi 
oldida, ma’muriy binolarda, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda, do‘konlarda, 
ommaviy yig‘inlar bo‘ladigan joylarda, qarovsiz qoldirilgan transport, sumka, paket, 
quti, jomadon va boshqa buyumlarga e’tibor berish lozim. 
Ushbu buyumlar tashqi jihatidan chiroyli, kishini o‘ziga jalb qiladigan bo‘lishi 
mumkin. Lekin birgina hushyorlikni unutib qilingan nojo‘ya harakat o‘nlab 
insonlarning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun ham ogohlikni bir zum unutmagan holda:
– agar qarovsiz yotgan buyumni jamoat transportida ko‘rib qolsangiz, 
atrofingizdagilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, hech kim javob bermasa, 
darhol haydovchiga xabar bering; 
– agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo‘lakda bo‘lsa, qo‘ni-
qo‘shnilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, egasi topilmasa, darhol uyingiz 
yaqinidagi militsiya bo‘limiga xabar bering va topilmani ko‘rgan vaqtingizni belgilab 
qo‘ying;
– agar qarovsiz yotgan buyum ma’muriy bino oldida yotgan bo‘lsa, darhol 
ma’muriyatga xabar bering;
– agar qarovsiz yotgan buyum bozorda yoki do‘kon bo‘lsa, zudlik bilan militsiya 
bo‘limiga yoki ma’muriyatga xabar bering;


94 
– bozorlarda, do‘konlarda, temir yo‘l vokzallarda, bekatlarda, aeroportlarda va 
avtovokzallarda begona shaxslarning narsalarini, ya’ni sumka, paket, diplomat, 
jamoadan va shu kabi buyumlarni qarab turishni yoki biror manzilga olib qo‘yish 
tavsiya etilmaydi, chunki, uning ichida qo‘lbola portlovchi kurilma(modda) bo‘lishi 
mumkin;
– bolalar bog‘chasiga kelgan kichkintoylar o‘zining o‘yinchog‘ini uyda qoldirib 
kelgan bo‘lsa va o‘yinchog‘ini sizga olib kelinadigan bo‘lsa, bu o‘yinchoqni olish 
tavsiya etilmaydi, chunki uning ichida qo‘lbola portlovchi qurilmalar(modda) bo‘lishi 
mumkin;
Yuqorida aytilgan hollarda va shunga o‘xshash hollarda topilgan buyumga: 
– tegish;
– joyidan qo‘zg‘atish;
– ichini ochish; qat’iyan man etiladi.
Shubhali buyum oldiga mutaxassislar etib kelgunga qadar hech kimni 
yaqinlashtirmaslik kerak, iloji boricha shubhali buyum atrofida to‘planganlarni 
uzoqroq masofaga borishni iltimos qiling (so‘rang). 
Shubhali buyum ichida qo‘lbola portlovchi qurilma yoki portlovchi modda 
bo‘lishi mumkin, shuning uchun quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan uzoqlikka borish 
tavsiya etiladi:
– RGD-5 granatasi……………………. 60 metr 
– F-1 granatasi………………………. 200 metr 
– Trotil shashkasi (200 gramm)…….. .50 metr 
– Trotil shashkasi (400 gramm)…….. .60 metr 
– MON-50 minasi…………………….100 metr 
– Quti………………………………….150 metr 
– Paket……………………………… 100 metr 
– Avtoulov……………………………1000 metr 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish