Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116
Bog'liq
1-1611

Raqamli RRLlarni qurish. 
Zamonaviy raqamli radioreleli 
liniyalarning qo‘llanilishi spektri etarli darajada keng, ular 
quyidagilarga imkon beradi: 
- antenna-machta qurilmalari va va boshqa jihozlardan
foydalanish orqali aloqa bog‘lamalari binolarida radioreleli tizimlar 
qurilmalarini o‘rnatilishi yo‘li bilan aloqa tizimining imkoniyatlarini 
operativ oshirish, bu radioteleli aloqa liniyalarini qurishga kapital 
harajatlarni qisqartiradi; 
- kuchsiz rivojlangan (yoki mavjud bo‘lmagan) infratuzilmali 
hududlarda , shuningdek murakkab relyefli joylar oraliqlarida ko‘p 
kanalli aloqani tashkil etish; 
- yangi kabellarni yotqizilishi juda qimmat yoki mumkin 
bo‘lmaydigan hududlarda, katta shaharlarda va industrial zonalarda 
tarmoqlashtirilgan raqamli tarmoqlarni qurish;
- tabiiy ofatlar va boshqalar hududlarida aloqani qayta tiklash.
RRT bitta o‘tish oralig‘ili, ko‘p o‘tish oralig‘ili va radioreleli 
tarmoq sifatida qurilishi mumkin. Bitta o‘tish oralig‘ili RRT ikkita 
hududiy ajratilgan RRTdan tashkil topgan. Bunday liniyalar sotali 
aloqa bazaviy markazlari, ATS va boshqalarni ulanishi uchun quriladi. 
18, 23 va 36 GGs diapazonlar kichik o‘lchamli va tez 
quriladigan RRSlar keng qo‘llaniladi, ular 25 kmgacha masofaga ham 
analog 
(televizion) 
signallarni, 
ham 
raqamli 
ma’lumotlarni
(34 Mbit/sgacha tezlikda) uzata oladi. Bu diapazonlarda raqamli 
RRSlar mahalliy aloqa, sotali va tranking aloqa tarmoqlarini tashkil 
etish uchun qo‘llaniladi. Sotali va tranking aloqa tarmoqlarida 
«bazaviy stansiya» – «bazaviy stansiya» va «bazaviy stansiya» – 
«kommunikatsion stansiya» bir o‘tish oralig‘ili RRL qo‘llaniladi. 
RRL uzeli ATSlar va boshqa aloqa ob’ektlari orasida aloqa 
uchun shahar sharoitlarida yaratiladigan keng polosali optik tolali 
liniyalar o‘rniga ham ishlatiladi. Bunday RRLlar SDH/SONET 
standartlariga javob beradigan telekommunikatsion tarmoqlarga 


129 
o‘rnatilishi mumkin. Bu holda radioliniyalarni qo‘llanilishining asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-
Magistral. RRL shahar SDH/SONET tarmoqlariga kiradi 
va halqalarni birlashtirish va olisdagi ulanish tugunlarini ulash uchun 
xizmat qiladi. Liniya ham optik tolaga transport muqobili yoki uni 
zahiralashtirish uchun ishlatilishi mumkin; 
-
ATM tarmog‘iga ulanishni tashkil etish. RRL ATM oxirgi 
tarmoq qurilmasi va ATM ulanish konsentratori bilan ulanadi; 
-
ATM, FAST INTERNET va boshqa tarmoqar bilan o‘zaro 
uyg‘unlashtirish. 
Butun dunyoda infratuzilma istalgan turdagi ma’lumotlarni 
uzatilishini ta’minlaydigan va simli, radio, radioreleli va sun’iy 
yo‘ldoshli (kosmik) aloqadan kompleks foydalanishga asoslangan 
integratsiyalangan 
birlamchi 
transport 
tarmog‘i 
sifatida 
rivojlanmoqda. Radioreleli aloqa bu tuzilmada o‘zining munosib 
o‘rniga egallaydi. 
U yoki bu turdagi aloqa turini yoki ularning kombinatsiyasini 
tarmoq infratuzilmasida qo‘llanilishi masalasi aniq bir geografik 
sharoitlar, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar, 
davlatning mudofasi va xavfsizligi ehtiyojlariga bog‘liq ravishda hal 
etiladi. Texnik aloqa vositalari va ularning qo‘llanilishi usullari 
yagona tizimga bog‘lanishi kerak. Bu bilan aloqa masalalarini 
echishga ortib borayotgan e’tibor va barcha turlardagi, shu jumladan 
radioreleli aloqa texnik vositalarini keyingi rivojlantirish va ishlatish 
zarurati bilan shartlanadi.

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish