Kirish.
Mavzuning dolzarblligi
O’zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o`z
ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Hozirgi
zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda "Ta'lim to`g'risida"gi
Qonunning qaytadan ko`rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid
bilan qarashga undaydi.
Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta
ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika
taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma'lumotlarni oladilar.
Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g`oyaviy e'tiqodlari uchun
negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo`lida
sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.
Ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ma`lum va
maorifni yuksaltirish, yuragida ona-Vatanga muhabbat hissi jo’sh urgan yangi
avlodni voyaga yetgazish davlatimizning eng muhim vositalaridan biri bo`lib
hisoblanadi. Bu esa pеdagog-tarbiyachilarning pеdagogik mahoratiga boqliqdir.
O’zbekiston Rеspublikasida o’qituvchi kadrlarning ma'naviy qiyofasiga, aqliy
saloqiyatiga qamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida ma'suliyat yuklangan. Bu
borada O’zbekiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov quyidagilarni e'tirof
etadilar: “Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdеk
ma'suliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu ma'suliyatli kasb
egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga kеladigan yoshlarning
ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar bеqiyos ekanini
o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz “
1
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o`quvchilaming darsdan bo`sh
vaqtlaridagi o`quv-tarbiya jarayonini to`ldiradi va kengaytiradi, o`quvchilarning
mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga
1
Юксак маънавият -енгилмас куч , Маънавият-2008, 130-бет
imkoniyat yaratadi. Shu sababli, keyingi davrda o`quvchilarning darsdan tashqari
vaqtlarini ko`ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Tarbiyaviy ish
pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi.
Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning
haqiqiy fuqarolari bo`lishi kerak. Maktabda boshlang`ich sinflarda tarbiyaviy
ishlarni olib borish, uni yo`lga qo`yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar
tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo`nalishlari: --
-o’quvchilarda Vatan tuyg’usini shakllantirish;
-o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
-ulami milliy istiqlol ruhida tarbiyalash;
-o`quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish;
-o`quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o`z huquq va burchlariga nisbatan
ongli munosabatini tarbiyalash;
-o`quvchilarda o`z-o`zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini
oshirishda tarbiyaviy tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, avvalo komil
insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo`nalishlarini topib joriy
etishga bog`liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish
uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy
e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan
unumli foydalanish lozim. Bu esa sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirish, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni to’g’ri tashkil
etish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.
Maktabda “Vatanni ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazish
o’quvchi ma’naviyatining shallanishiga xizmat qiluvchi muhim omil bo’lib xizmat
qiladi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.