XULOSA OʻRNIDA
Bu kitobni yozish men uchun juda qiyin kechdi. Ba'zida "Nega
endi, men hayotimda bo'lgan voqealarni hamma bilan ulashishim
kerak?", "Meni kuchsiz deb o'ylashsa-chi?", "Ota-onam bilib qolsa,
nima deyishadi?", "Atroimdagilar men haqimda qanday
oʻylaydi?", "YouTubeda kim degan odam bo'laman. axir meni
hamma aqlli, ziyoli va tirishqoq deb o'ylashadi, bu kitobdan keyin-
chi...?" degan ikrlar bilan yozishni birmuncha vaqtga to'xtatib
qoʻydim. Lekin talabalik davrimda bo'lgan voqealar faqatgina
menga tegishli emas. Bunday voqealar kata yoki kichik shaklda
barcha musoirlikda yurgan yurtdoshlarimiz boshiga tushgan va
tushmoqda. Do'stlarim "Shohboz, kimga maza degan gaplarini
eshitgan paytimda, na kulishni, na yig'lashni bilmay qolaman.
Nega deysizmi? Sababi, ko'pchilik musoirlik hayotini internetda
joylagan xursand va hayotning yorqin tasviri aks etgan suratlarga
yoki baland binolarga qarab baholaydi. senga maza", Bu kitobimda
internetdagi "kulib" tushgan suratlarning ortidagi hayotni ochib
berishga harakat qildim. Berilgan voqealar orqali mening
muammolarim boshqalarning muammolaridan kataroq, dardliroq
demoqchi emas. Boshi berk koʻchaga kirib qolib, dardini kimga
aytishni bilmay yurgan yoshlarimiz juda ham ko'p. Umid qilamanki,
bu kitob, o'sha sotsial tarmoqlardagi bejirim suratlarga qarab,
yurtidan turli sabablar bilan xorijga chiqib ketayotgan yoshlar
uchun tanganing boshqa tomonini ham ko'rsatib bera oldi.
91
Hozirda yaxshi lavozimda ishlayman, ishim o'zimga juda ham
yoqadi. Pullarimni to'plab, o'qish pullarimni ham to'lab qo'ydim.
Bu kitobni yozishim meni o'sha bo'lib o'tgan voqealarni yana bir
bor yodga olishga. va hayotda tinimsiz izlanishimga harakat
qilishim uchun madadkor bo'ldi, desam yangilshmagan bo'laman.
Kitobni quyidagi tavsiyalarim bilan yakunlashni lozim topdim:
1. Atroingizda halol, olijanob insonlar bo‘lmas ekan hech
qachon maqsadingizga erisha olmaysiz yoki erishish uchun
juda ham uzoq muddat kutishingizga to'g'ri uzoq keladi.
2. Prioritetlaringizni bilib oling. Hayotingizda hamma
narsadan voz kechib, faqat ilmga beriling demoqchi
emasman. Oddiygina hozirgi holatingizda sizga eng muhim
narsa nima ekanligini anglab yetsangiz bas.
2. Inson nimalarga qodir ekanligini sizga eslatmasam ham,
oʻzingiz juda yaxshi bilasiz. Hayot har doim ham bir
maromda ketavermaydi. Hayot juda ham shafqatsiz.
Qanchalik kuchli bo'lmang, bir zarba bilan sizni chirpirak
qilib, yiqitishga kuchi etadi. Hato Mayk Taysonning zarbasi
ham hayot zarbasi oldida hech narsa emas. Lekin gap
zarbaning kuchli yoki kuchsiz ekanligida emas. Gapsizning
qanchalik shu zarbani qabul qilib, yana o'rningizdan turib
davom etishingizda.
Kitobni o'qib bo'lgan bo'lsangiz, endi turingda, zarbalarni
qabul qilib, harakatda davom eting...
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
Do'stlaringiz bilan baham: |