MaS’ULIYaTI ChEKLaNGaN JaMIYaTNING KaMChILIKLarI M
as’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan chek-
lab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga
to‘sqinlik qiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota
olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan
chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning
qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning
roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi
mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri
qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.