U. G‘afUrov, Q. SharIpov


EhTIMoLIY rISKNI hISoBLaSh



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/230
Sana19.12.2020
Hajmi1,67 Mb.
#53433
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230
Bog'liq
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

EhTIMoLIY rISKNI hISoBLaSh
Ris
k  yoki  tavakkalchilikni  o‘lchashning  asosi  ehtimol  tushunchasi  bi-
lan  bog‘liq.  Amerikalik  olim  F.  Nayt  (1885  –  1972)  ehtimolni  ikki  turga 
bo‘ladi:  matematik,  ya’ni  oldindan  aniqlash  mumkin  bo‘lgan  ehtimol  va 
statistik 
ehtimol. 


130
b
irinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kam-
roq  uchraydi,  ikkinchi  turdagi  ehtimol  subyektiv  ehtimol  bo‘lib,  biznesga 
xosdir.  Ham  obyektiv,  ham  subyektiv  ehtimollar  tavakkalchilik  daraja-
sini  ifodalashda  va  tanlashda  foydalaniladi.  Obyektiv  ehtimol  o‘rtacha 
qiymatni  aniqlashga  yordam  bersa,  subyektiv  ehtimol  olinishi  mumkin 
bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. 
Tavakkalchilikni  miqdoriy  aniqlash  uchun  biror  voqea  yoki  hodisaning 
olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  oqibatlarini    va  bu  oqibatlarning  ehtimolini 
bilish  kerak  bo‘ladi.
Kutiladigan miqdor – bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha 
o‘lchangan  qiymatlari.  Bu  yerda  har  bir  natijaning  ehtimoli  ushbu  mos 
qiymatlarning  takrorlanish  chastotasi  yoki  o‘lchovidir.
E X
P x
P x
P x
n n
( ) =
+
+ +
1 1
2 2

Bu  yerda  x
i
 
–  mumkin  bo‘lgan  natija;
P

(Probability)  –  ushbu  natijaning  paydo  bo‘lish  ehtimoli: 
P

+ P
2
+...+ P
n  
=  1
Masalan,  tadbirkor  yangi  mahsulot  ishlab  chiqarmoqchi.  Agar  tadbir-
korning  yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir mahsulot 
birligiga  10 000  so‘m  foyda  olish  mumkin,  agar  muvaffaqiyatga  erishma-
sa,  bir  birlik  mahsulot  uchun  1 000  so‘m  olinadi.  Korxona  mahsulotining 
bozorda  muvaffaqiyatga  erishish  ehtimoli  0,6  ga  teng  bo‘lsa,  bir  birlik 
mahsulotdan  kutiladigan  foyda  miqdori  quyidagicha  aniqlanadi:
E(X)
 = 0,6 × 10 000 + 0,4 × 1 000 = 6 400  so‘m
Insonlar  riskka,  ya’ni  tavakkalchilikka  borishga  tayyorligi  bilan  bir-
biridan farq qiladi. Insonlar riskka borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga 
bo‘linadi: 
– 
riskka,  ya’ni  tavakkalchilikka  borishga  moyil  insonlar; 
– 
riskka  borishga  qarshi,  ya’ni  moyil  emas  insonlar;
– 
riskka  befarq  qaraydigan  insonlar.
Tavakkalchilikka  qarshi  bo‘lgan  inson  deganda  shunday  inson  tushu-
niladiki,  kutiladigan  daromad  berilganda,  u  tavakkalchilik  bilan  bog‘liq 
natijalarga  nisbatan,  kafolatlangan  natijani  ustun  ko‘radi.  Shuning  uchun 
ham  tavakkalchilikka  borishga  moyillikning  yo‘qligi  ko‘pchilik  insonlar-


131
ga  xosdir.  Tavakkalchilik  ular  uchun  og‘ir  sinovdek  hisoblanadi  va  ular 
ma’lum  kompensatsiya  bo‘lgandagina  tavakkalchilikka  borishi  mumkin.
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, 
kutiladigan  daromad  berilganda,  u  kafolatlangan  natijani  ma’qul  ko‘rib, 
tavakkalchilik  bilan  bog‘liq  natijalarga  befarq  qaraydi.  Tavakkalchilikka 
neytral  qaraydigan  inson  uchun  o‘rtacha  foyda  muhim  hisoblanadi.
Tavakkalchilikka  moyil  bo‘lgan  inson  shunday  inson  hisoblanadiki, 
kutiladigan  daromad  berilganda  u  kafolatlangan  natijaga  nisbatan  tavak-
kalchilik  bilan  bog‘liq  natijani  ustun  ko‘radi.
Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi 
insonlarga  o‘z  taqdirini  sinab  ko‘rish  uchun  barqaror  daromaddan  voz 
kecha  oladigan  insonlar  kiradi. 
Riskni  pasaytirishning  quyidagi  turlari  mavjud:  diversifikatsiya,  su-
g‘urtalash,  tavakkalchilikni  taqsimlash,  axborot  izlash.
Diversifikatsiya  usulida  risk  bir  necha  tovarlarga  taqsimlanadi,  ya’ni 
biror  tovarni  sotish  (sotib  olish)  yuqori  risk  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  boshqa 
bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan riskni kamaytirishga olib 
keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir 
vaqtning  o‘zida  ikkala  mahsulot  turiga  bo‘lgan  talabning  kamayib  ketish 
ehtimoli,  ulardan  bittasiga  bo‘lgan  talabni  kamayib  ketish  ehtimolidan 
yuqori.  Ko‘p  hollarda  bir  turdagi  mahsulotga  bo‘lgan  talab  kamayganda 
ikkinchi  turdagi  mahsulotga  bo‘lgan  talab  oshadi.  Quyidagi  jadvalda  ikki 
turdagi  mahsulotdan  olinadigan  daromadlar  keltirilgan.
1­jadval

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish