5.3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash.
Turistik – rekreatsiya resurslarini mutaxasislar asosan miqdor va sifat jihatdan
baholashni taklif etishgan. Miqdor jihatdan baholashda turistik faoliyatda foydalanish
mumkin bo’lgan turistik resurslar hisobi olinadi hamda baholashda qo’yidagi xislatlar
hisobga olinadi:
1.
Zahira ko’rsatgichi, ya’ni hududiy rekreatsion tizimning qabul qilish potensiali;
2.
Mavjud resurslarni maydon ko’rsatgichi, ulardan rekreatsiya maqsadida
foydalanish imkoniyati;
3.
Rekreatsiya resurslaridan mavsum sifatida foydalanishning davomiyligi.
Bu bahoni Samarqand viloyati misolida ko’radigan bo’lsak, birinchi navbatda
viloyatning turistik obyektlarini o’rganishimiz lozim. Quyida Samarqand viloyatning
turistik obyektlari 3-jadval asosida ko’rsatilgan.
37
Jadval 3.
Do'stlaringiz bilan baham: |