Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’zgaruvchan omillar va ularni turlari



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

4.3.O’zgaruvchan omillar va ularni turlari.
Davr mobaynida o’zgaruvchanlikka ega omillarga siyosiy, ijtimoiy-demografik, 
moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy omillar kiradi.
  Turistik   biznesni   rivojlantirishda,   mamlakatdagi   siyosiy   vaziyatning   qay 
ahvolda   ekanligi   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   xalqaro   munosabatlarning 
rivojlanganligi, xavfsizlik kafolati turizmni bir moramda rivojlanishiga olib keladi. 
Ma’lumki, mamlakatdagi  ichki vaziyatning qay darajada turg’unligi ko’p hollarda 
xalqaro   turizm   oqimining   yo’nalishini   belgilaydi.   Tabiiyki,   davlatlararo   turistlarni 
almashtirishda,   mamlakatlar   o’rtasidagi   o’zaro   kelishuvchilik   munosabatlari   ham 
muhim   ahamiyatga   ega   bo’ladi.   Odatdagi   diplomatik   aloqalar,   turizm   sohasidagi 
kelishuvlar, shartnomalar, kommunikasiyalar va transport vositalaridan hamkorlikda 
foydalanish,   turistik   reklamalarni   bir-birlari   bilan   almashtirish-bularning   hammasi 
turizmning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Ijtimoiy-demografik   omillar.   Dunyo   mamlakatlarida   demografik   jarayonlar 
(aholining tug’ilishi, o’limi, tabiiy ko’payishi, aholi migrasiyasi kabilar) ham xalqaro 
turizm   sohasining   rivojlanishiga   o’z   ta’sirini   ko’rsatadi.   Yer   sharining   turli 
davlatlarida, hududlarida va mintaqalarida aholi sonining ko’payib borishi, ayniqsa 
shahar aholisi aglameratsiya doirasining borgan sari kengayib borishi kishilarning 
dam   olishi   va   sayyohlikka   chiqishni   taqazo   qiladi.   Shu   borada   turizmning 
rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik omillarni quyidagicha ifodalash mumkin:
- dunyo xalqlaridagi bir-biriga o’xshashlik bo’lish umumiy tomonlari, ularning 
qiziqishlari h.k;
- ayrim   malakaviy   sohalaridagi   kishilarning   maxsus   sayyohlik   guruhda   faol 
ishtirok etishning kuchayib borishi;
- turizm tarkibidagi Xotin-qizlar va yoshlar salmog’ining ortib borishi;
- xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan kurort va sanatoriyalar tarmog’ining ko’payib 
borishi, ularda davolanishga mail bo’lgan kasallar sonining ortib borishi;
- kishilarning atrof muhitga bo’lgan qarashlari, tushunchalari va munosabatlarning 
o’zgarib borishi h.k.
Turizm   rivojlanishiga,   har   bir   davlatning   ichki   iqtisodiy   imkoniyati,   barcha 
iqtisodiyot   tarmoqlarining   integrasiyalashuvi   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   o’z 
navbatida aholini ishga doir harakatchanligini oshirib, xizmat  turizmni rivojlantiradi. 
30


Odatda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xalq ommasining turmush farovonlik 
darajasi   bir   muncha   yuqori   bo’lganligi   sababli,   turizm   harakati   ommaviy   tusga 
egadir. Ya’ni buning asosiy sababi ishchilarning oylik ish haqi miqdori, ularning tatil 
paytida   oladigan   tatil   pulining   ko’pligi,   nafaqaxo’rlarning   nafaqa   pulining   yuqori 
bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy-demografik   omillar   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Turizm 
rivojlanishiga   aholi   sonining   oshishi,   asosan   shahar   aholisining   ko’payishi   ta’sir 
ko’rsatadi.   Psixologlarning   fikricha,   shaharcha   hayot   shaklida,   aqliy   mehnatning 
ko’pligi, o’ta sanoatlashish, yovvoyi tabiatdan ayriligi shahar aholisini sayyohlikka 
intilishini   kuchaytiradi.   Undan   tashqari   aholi   o’rtasida   o’rtacha   umr   uzunligini 
oshishi   va   tug’ilishning   nisbatan   pasayishi   kuzatilmoqda.   Shuning   uchun   turizm 
industriyasini tashkillashtirishda yuqoridagi holatlarni e’tiborga olish lozim. Ya’ni 
qo’shimcha medisina xizmati, diyetik ovqatlar, madaniy marosimlar, sayr qilishlarni 
oshirishga e’tiborni qaratish muhim sanaladi. Yuqoridagi omillardan tashqari xalqaro 
turizmni rivojlanishiga tashqi va ichki omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Chizma 3.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish