Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Tabiat bilan tanishtirishning og'zaki metodi. Suhbat



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/112
Sana07.12.2020
Hajmi1,05 Mb.
#53006
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112
Bog'liq
bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi

5. Tabiat bilan tanishtirishning og'zaki metodi. Suhbat 

Didaktik  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda  suhbat  ikki  turga  —  oldindan  o'tkaziladigan 



suhbatlar  va  yakuniy  suhbat/arga  bo'linadi.  Oldindan  o'tkaziladigan  suhbatlarni  tarbiyachi 

kuzatishlar,  ekskursiyalardan  oldin  qo'llaydi.  Bunday  suhbatning  maqsadi  _  bo'lajak  kuzatishlar 

bilan mavjud bilimlar o'rtasida aloqa o'rnatishdir. 

Yakuniy  suhbat  o'rganilgan  faktlami  tizimlashtirish,  mustahkamlash  va  aniqlashga 

yo'llanadi.  Bu  suhbatlar  mazmunan  turli  darajada  bo'lishi  mumkin:  ba'zi  kuzatiladigan 

obyektiarning  tor  doirasini  (masalan,  issiq  o'lkalarga  uchib  ketuvchi  qushlar  haqida,  yovvoyi 




hayvonlaming  o'rmonda  qishlashi  va  shu  kabilar),  boshqalari  hodisalarning  keng  doirasini 

(masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin. 

Suhbat  —  bu  bolalar  bilan  o'tkazilgan  mashg'ulotning  yakunidir.  Uning  samaraliligi 

bolalarning tayyorgarliklariga bog'liqdir. 

Shuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar, mehnat faoliyati, o'yinlar, tabiat haqidagi 

hikoyalar orqali suhbatga  tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkret tasavvur bo'lsa,  faqat 

shu mavzu yuzasidan suhbat o'tkazish maqsadga muvofiqdir. 

Tarbiyachi  suhbatning  didaktik  maqsadini  aniq  tasavvur  qilishi  ya'ni,  uning  mazmunini 

aniqlashi,  umumlashtirishi  hamda  muhim  tomonlarini  ajratib,  suhbat  yakunida  aniq  bir  xulosa 

chiqara olishi lozim. 

Suhbat  hodisa,  faktlarni  analiz  qilishdan,  ularning  xususiyatlari,  belgilari,  o'rtasidagi 

muhim  aloqa hamda munosabatlarni  ta'kidlashdan  boshlanadi.  Bunday  analiz  umumlashtirishga 

o'tishni  ta'minlaydi,  tarqoq  faktlarni  bir  tizimga  soladi.  Masalan:  «Qaysi  qushlar  birinchi  bo'lib 

uchib  keladi?  Qora  qarg'ani  qanday  tanib  oldik?  Biz  ularni  qayerda  ko'rganmiz?  Qora  qarg'alar 

dalada  nima  qilayotgan  edi?  Qora  qarg'alar  nima  yeydi?»  So'ng  keyingi  savol  beriladi:«Nima 

uchun  qora  qarg'alar  boshqa  qushlardan  oldin  uchib  keladi?»  (chug'urchuq,  qaldirg'och  va  shu 

kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi). 

Suhbatning  ikkinchi  qismida  «Nima  uchun  hamma  qushlar  bir  vaqtda  uchib  kelmaydi?» 

kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin. 

Ular mazmunan aniq, to'g'ri, qisqa bo'lishi  kerak. Har bir  savolda bitta fikr bo'lishi shart. 

Qisqa  «ha»  yoki  «yo'q»  javoblarini  talab  qiluvchi  savollarni  berib  bo'lmaydi.  Bunday  savollar 

tafakkurning  o'sishini,  munosabatlarning  aniqlanishini  ta'min  lamaydi.  Tarbiyachi  suhbat 

davomida  bolalarning  xulosa,  umuml  lashtirishlarni  o'zlari  mustaqil  chiqarishlariga  g'amxo'rlik 

qiladi. 


Suhbatda 

xilmaxil 

ko'rgazmali 

materiallardan 

ham 

foydalaB 



nish 

zarur. 


Bulartabiatjismlari,  obhavo  kalendarlari,  gerbariylarj  illyustratsiyalardir.  Bundan  tashqari 

topishmoqlar,  she'rlarJ  qushlar  ovozining  yozuvlari  foydalidir.  Bu  bolalarda  muhokamal 

qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg'otadM 

Suhbat  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirish  metodi  sifatida,  o'rtal  va  maktabgacha  katta 

yoshda  qo'llaniladi.  O'rta  guruhda  suhbat,!  asosan,  hodisalarni  eslatishga,  katta  va  maktabga 

tayyorlow  guruhlarida  esa  mayjud  b i l i m l a r n i   umumlashtirish  va  sistemaga  solishga 

yo'naltiriladi. (5.1- shakl) 


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish