Ko`ngilxushlik uchun ayol
Munosib ayol
U birinchi uchrashuv va birinchi telefon
qo`ng`irog`idayoq
intim
mavzularda
gaplashadi.
U
juda
ehtiyotkorlik
va
odob
chegarasidan chiqmagan holda o`ta nozik
noz-karashmalar bilan o`zining ofatijon
ekanini namoyon eta oladi.
U juda kalta yubka kiyadi, belini,
oyoqlarini va ketini ko`z-ko`z qiladi. Uning
seksualligiga
katta
urg`u
berilgan.
Erkakning doimo diqqatini qaratadigan
xatti-harakatlar qiladi.
U qaddi-qomatini chiroyli ko`rsatadigan
kiyimlar kiyadi. Qomatni biror qismiga
urg`u berish uchun uni ochib yurmaydi. U
bachkana ham, kulgili ham emas.
U erkakka nuqul hushomad qiladi yoki
bo`yniga osilib oladi.
U erkakni vaqti-vaqti bilan e`tirof etadi.
Ikkinchi uchrashuvdayoq qiz uni uyiga
taklif etadi. Yigit o`zini qo`lga olishga va`da
bergan bo`lsa-da, ehtiroslar o`z ishini
qiladi. Erkak bittada butun konditor
do`konidagi barcha shirinlikka ega bo`ldi.
Yigit eshik oldigacha kuzatib kelganiga va
qizni u bilan xayrlashgisi kelmayotganinga
qaramay, qiz o`z hislarini jilovlay oladi.
Ostonada yigitga hayrli tun tilab, muloyim
xayrlashadi.
Uchqun so`ndi.
Uchqun so`nmadi, balki alanga oldi.
Ho`sh, qancha vaqtgacha uni oziga yaqinlashtirmaslik kerak? Qacha imkoni bolsa
shuncha.
46
Izoh: Yana sharx berishni lozim deb topdim. Bizda yaqinlik deganda to`shak nazarda
tutilmayapti. Bizda nikohsiz aloqalar norma emas, ya`ni ko`pchilik bunday yashamaydi.
Shunday ekan, bizning erkaklar ham to`shakni xohlagani bilan ayoldan normaga mos
xatti-harakat kutishadi. Munosabаtlarda erkinligingiz sizni shunday zamonoviy qiz
degan tasavvur bermay, balki erkak nazdida yengiltak, kim duch kelsa bo`lib
ketaveradigan buzuq ayol degan taassurot qoldirishingiz mumkin. Yaxshi ayollarga,
nima desa ho`p deydigan sodda qizlarga kelsak, turmush qurgandan keyin halol
juftingiz nima desa ho`p desangiz, foydadan holi bo`lmas. Ammo ming sinashta bo`lsa-
da, hali er degan nomga sazovor bo`lmagan yigitga erlik huquqini berib qo`ymang.
Yo`q deyishni esa iltimos, o`rganing. Erkak kishiga bu borada ishonib bo`lmasligini
erkaklarning o`zlari ta`kidlashadi. Hali bokira qiz bo`lasizmi yoki to`rt marta erdan
ajrashgan ayolmi, baxt topaman desangiz, iltimos, munosabatlar hali rasmiylashtirilib
halol degan maqom berilib, ommaga ma`lum qilinmagunicha to`shakka shoshmang.
Har qanday holatda shirin so`zlarga aldanmay hushyor turing, shunda vaziyatni siz
nazorat qilasiz, munosabatning taqdiri ham sizning qo`lingizda bo`ladi.
Kamida bir oy munosabаtlarni qat`iy chegarada ushlang. Bu taktika sizga erkakni
yaxshilab o`rganib olishingiz uchun kerakli vaqtni beradi. Romantik tundan so`ng uni
uylangani haqida xabar topishni istamaysiz-ku. Yoki eski mashinasi bor sobiq jazmani
borligi va u tez-tez ko`chada qolib ketgani uchun uyiga olib borib qo`yish kerak
bo`lishini.
Shirinlikni bitta-bittadan berish deganda men uy qizidek yovvoyi bolishni nazarda
tutmayapman. Gap sizning o`zingizni qanchalik qadrlashingiz va qo`ya bilishingiz
haqida ketayapti. Bu taktika orqali erkak sizning ko`nglingizga yo`l topish uchun ancha
ter to`kishi kerakligini anglaydi, shundagina u sizga siz xohlagandek munosabatda
bo`ladi.
Intimdan o`zingizni tiyib erkakni masofada ushlaganingizda, qo`lingizdagi qartalarni
foydali va juda qiziqarli qilib ishlatish imkoniga ega bo`lasiz. Siz o`zingizga
yaqinlashtirmagan erkakning qo`liga ko`chada nogohon tegib ketsangiz, hayajondan
etlari jimirlab ketadi. Yoki u sizning ovozingizni eshitish uchun xudoning bergan kuni
qo`ng`iroq qiladi. U sizni o`z hayotida uchratgan eng ajoyib ayol deb hisoblaydi. Ana
shunda aynan o`sha sehrli uchqun paydo bo`ladi. Erkak zoti esa faqat shuni deb
yashaydi-da.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |