Hurmatli soliq to‘lovchi!



Download 458,47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.04.2022
Hajmi458,47 Kb.
#537045
Bog'liq
2 5283032906220968052



Hurmatli soliq to‘lovchi!
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 417-moddasiga asosan yuridik
shaxlardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab
chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil
qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan
kechiktirmay soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-
mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o‘rtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq
stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri
mobaynida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani
soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim
etadi.
Shuningdek yuridik shaxlardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq
hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta,
yillik
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda
taqdim etiladi, O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan keyingi
yilning 
15-fevraliga
qadar bo‘lgan muddatda taqdim etiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartib va qoidalarga muvofiq, Navoiy viloyat davlat
soliq boshqarmasi Siz rahbarlik qilayotgan subyektning
2021-yil uchun yuridik
shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisoboti
bugungi kunga qadar taqdim
etilmasdan kelayotganligini ma’lum qiladi.
Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi Sizga yuridik shaxlardan olinadigan
mol-mulk solig‘i hisobotini to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha yaqindan yordam
berishga tayyor ekanligi to‘g‘risida xabardor etamiz.
DIQQAT!
Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan soliq organiga moliyaviy va soliq
hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n
kun ichida taqdim etilmaganda soliq organlari tomonidan bankdagi hisobvaraqlari
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turilishi mumkin.
Soliq kodeksining 220-moddasiga muvofiq soliq hisobotini soliq to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik bu soliq hisoboti asosida
to‘lanishi (qo‘shimcha to‘lanishi) lozim bo‘lgan soliq summasini belgilangan muddatda
2022 yil “21” fevral
19/10-07685 - son


to‘lanmagan har bir kechiktirilgan kun uchun bir foiz miqdorida, lekin ko‘rsatilgan
summaning o‘n foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan budjetga
va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab
chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda
boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan
shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan
tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda
taqdim etmaslik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir
yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan
o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Soliq kodeksining 224-moddasiga asosan soliqni (yig‘imni) noto‘g‘ri hisoblab
chiqarish yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq (yig‘im)
summasini to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik, agar bunday qilmish ushbu Kodeksning
223, 226 va 227-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini
o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, to‘lanmagan soliq (yig‘im) summasining yigirma foizi
miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
ESLATMA:
Soliq qonunchiligi normalarini qo‘llash, elektron soliq hisobotlarini to‘ldirish va
yuborish bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, Navoiy viloyati davlat soliq
boshqarmasi Resurs soliqlari ma’muriyatchiligi bo‘limining 
79 220-79-71, 97-321-20-11,
91-973-88-08,
telefon raqamlariga murojaat qilib, tegishli ma’lumotlarni olishingiz
mumkin.
Soliq хizmati - insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori!
Boshqarma 
boshlig‘ining 
birinchi o‘rinbosari
Sh.Raximov
Ijrochi: S.Ergashov
Tel.: 06213
ID: 27407934
Sana: 21.02.2022

Download 458,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish