Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun oilada bolani maktabga
tayyorlashda ularning psixologik tarbiyasiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish
usullarining nazariy asoslari tavsiya etildi.
Tadqiqotning tuzulishi:
Kirish, 2 bob, 5 ta paragrif xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
7
I-BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDA
INDIVIDUAL YONDASHUVNING NAZARIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI
1.1
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini
adabiyotlarda o'rganilganlik darajasi
3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga
olgan holda 3 davrga:
3-4 yosh kichik maktabgacha davri;
4-5 yosh kichik bog‘cha yoshi o‘rta maktabgacha davr( o‘rta bog‘cha yoshi);
6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshlariga ajratish
mumkin.
Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻlaqonli jismoniy
tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga oid
qonuniyatlarini oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish
shakllarni tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi.
Olimlarni aniqlashicha, bola oʻzining tugʻma qobiliyati va asab tizimi
xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik
zamini boʻlib, bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. Shuningdek,
har bir bola oʻzining asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni tashkil etuvchi
katta potensial psixofiziologik imkoniyatlarga ega boʻlishi isbotlangan.
1
Shunday
qilib, bir tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan potensial imkoniyatlarni
hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik sharoit yaratish, maqsadga yoʻnaltirilgan
tarbiya va ta’lim sharoitida bola organizmi va psixikasga bevosita ta’sir etish
imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish lozim. Bolaning
tugʻma asab tizimi xususiyatlari va uning shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi
rolini hisobga olgan holda toʻgʻri tartib (yaxshi uyqu, mashgʻulotlar hajmini aniq
belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq havoda boʻlishga belgilangan vaqt) va uning
ogʻishmay bajarilishini ta’minlash muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat –
1
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan davlat talablari. T., Oʻz.PFITI, 2000y.
Tuzuvchilar M.Rasulova, X.Abduraxmonova va boshqalar.
[48-b]
8
bolalarning oʻzaro va kattalarning bolalar bilan bir maromda vazmin, doʻstona
munosabatlari alohida ahamiyatga ega.
Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- na boʻlishi, atrof-
muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar sanaladi.
Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib
chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy, tugallangan
xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu-siyatlariga individual
tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati,
bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi.
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda
muhimdir. Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va bolaning
emotsional holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy
maylini namoyon qilish yoʻllarini belgilashga yordam beradi.
2
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani- shiga ta’sir
etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida bola
axloqiy-irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: oʻyinda qoʻlga tushish
xavfiga qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, oʻrtogʻini qoʻllashga, umumiy ishni
hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, oʻz vaqtida yugurib kelib,
barcha bolalar bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat bir necha bor
takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va tengdoshlarining
ragʻbatlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy qoniqish tuygʻusi, emotsional
koʻtarinkilik, bundan keyin ham shunday harakat qilish istagini uygʻotadi.
3
Yetakchi
rollarni tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining topshirigʻiga koʻra biror
mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga koʻrsatish va tushuntirish, uni asta-
sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- sini charxlaydi, mashgʻulotlarga qiziqishni
uygʻotadi. Bola an- cha xushmuomala, tashabbuskor, xushchaqchaq boʻla boradi.
Yengiltak, biroq oʻziga bino qoʻygan bolalar mashgʻulotlar va oʻyinlar jarayonida
2
X.Axmedova va boshqa... Bolangiz maktabga tayyormi? T.: 2000y [112-b]
3
Maktabgacha ta’lim jurnali. 2006y 3 –soni [14-b]
9
asta-sekin umumiy talablarga boʻysunadigan, ancha vazmin, uyushgan, oʻzgalarga
yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (oʻyinda boshlovchi boʻlish, sevimli rolni
oʻynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish qilish h.k.)ni bajarishda navbatga
rioya qiladigan boʻla boradilar.
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini
yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli oʻyinlar faol harakat faoliyati
uchun sharoit yaratadi va emotsional koʻtarinkilik, gʻayrat uygʻotadi, qon aylanishi,
yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, organizmni
umumiy sogʻlomlashtirishga yordam beradi.
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning
ajralmas qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon boʻlishiga harakatli
oʻyinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu harakat
shakllarida (bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va tafakkurning
rivojlanishini, assosiatsiya va biror narsa oʻylab topish istagining tugʻilishini, soʻng
oʻz niyatini amalda qoʻllashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. Korovina, E.Y.
Stepanenkova).
“Inson salomatligi haqida gʻamxoʻrlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida
gʻamxoʻrlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- linskiy, – bu faqatgina sanitariya-
gigiyena me’yor va qoida- lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam
olishga qoʻyiladigan talablar yigʻindisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va
ma’naviy kuchlarning garmonik toʻkisligi haqida- gi gʻamxoʻrlikdir va
garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda
gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan
foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qoʻl mehnati, musiqa asboblarini
chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish,
yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir
etadi. Toʻlaqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qoʻllanilganda
erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi.
10
Gigiyenik omillar (mashgʻulotlar rejimi, dam olish, ovqatla- nish, uyqu,
kiyim-bosh, poyabzal, jismoniy tarbiya jihozlari, xonalari, maydonchalari va
boshqalar) jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ular jismoniy mashqlarning shugʻullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini
oshiradi. Masalan, jismoniy mashgʻulotlar suyak ukova muskul tizimining
rivojlanishiga yaxshi yordam beradi (toʻlaqonli va oʻz vaqtida ovqatlanilganda).
Xonalar, jismoniy tarbiya jihozlari, atribut, oʻyinchoqlar, bolalar kiyimlari va
poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Gigiyena talablarini bajarish
bolalarda ijobiy emotsiya uygʻotadi va jismoniy mashqlarni oʻzlashtirish uchun
qulay sharoit yaratadi.
Gigiyenik omillar ikki turga boʻlinadi.
1. Umumiy madaniy gigiyenik omillar.
2. Shaxsiy madaniy gigiyenik omillar.
Umumiy madaniy gigiyenaning omillariga hamma bola- lar uchun umumiy
boʻlgan talablar: xona kengligi, yoritilishi, shkaflarning, stol, stul, yuvinish xonasi,
yotoqxonada kravatlar- ning bolalar yoshiga, boʻyiga mosligi umumiy madaniy
gigiyenaga kiradi.
Shaxsiy madaniy gigiyenik omillarga esa bola shaxsi bilan bogʻliq boʻlgan
gigiyena, yani bolaning tozaligi, kiyimlarining oʻziga mosligi, tirnoqlarining
olinganligi, dastroʻmolchalarining borligi, oʻz shkafi, oʻz sochiqlari, oʻz kravati, oʻz
oʻrni boʻlishi kabilar kiradi.
4
Gigiyena omillari mustaqil ahamiyatga ham ega: ular barcha organ va
tizimlarning normal ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam va sifatli
ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa
organlarga zaruriy oziq moddalarning oʻz vaqtida yetib borishini ta’minlaydi,
bolaning normal rivojlanish va oʻsishiga yordam beradi. Toʻlaqonli uyqu asab
tizimiga dam beradi va uning qobiliyatini oshiradi. Toʻgʻri yoritish koʻz kasalliklari
(shabkoʻrlik va boshqalar)ning sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, bolalarning
4
Bolalarni maktabga tayyorlash daftari. M.Sh.Rasulova., G.Q.Jalolova. tarjimasi. T.: OʻzPFITI. 1995y
[123-b]
11
maydonchada harakat qilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kundalik rejimiga qat’iy
rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka oʻrgatadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari (Quyosh, havo, suv)jismoniy mashqlarning
organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq
havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar
paydo boʻladi, ayrim organlar va organizm tizimlarining funksional imkoniyatlari
oshadi (koʻproq kislorod yutiladi, modda almashinuvi kuchayadi va hokazo).
Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish, uning yuqori va past haroratga
moslashuv qobiliyatini oshirish uchun foydalani- ladi. Bular natijasida issiqlikni
idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi meteorologik
omillarning xilma-xil oʻzgarishlariga oʻz vaqtida javob bera oladigan darajaga
keladi. Bunda tabiatning tabiiy kuchlarini jismoniy mashqlar bilan birga qoʻshib olib
borish chiniqish samaradorligini oshiradi.
Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vosita sifatida ham foydalanish
mumkin. Suv terini kirdan tozalash, kishi tanasiga mexanik ta’sir etish uchun
qoʻllaniladi. Oʻrmon, bogʻlar, xiyobonlardagi shifobaxsh moddalar (fitonsidlar)ga
boy havo mikroblarni yoʻqotishga yordam beradi, qonni kislorodga toʻyintiradi,
kishi organizmiga yaxshi ta’sir qiladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining
saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni oʻldiradi va kishini turli kasalliklardan
(raxit va boshqalardan) saqlaydi. Organizmga har tomonlama ta’sir koʻrsatish uchun
tabiatning barcha tabiiy kuchlarini qoʻllash, ularni oqilona tarzda birga qoʻshib olib
borish zarur.
Jismoniy mashqlar. Jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi
asosiy oʻziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sogʻlomlashtirish, ta’limiy
va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat
tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, koʻplab kasalliklarni
davolashda vosita hisoblanadi.
Musiqa joʻrligidagi raqs mashqlari organizmning barcha tizimlariga ta’sir
qiladi, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezkorlik va boshqalar)ni rivojlantiradi,
shuningdek, harakatlar nafis, erkin, ifodali boʻlib boradi, ijobiy emotsiyalar paydo
12
qiladi, toʻgʻri qomatni shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun raqs va
oʻyinlarning xilma-xil elementlari (oyoqlarni yonma-yon qoʻyish kabilar) jismoniy
tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi.
Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm chizish, va narsa yasash boshqalar)ga
kiruvchi harakatlar, agar qomatni toʻgʻri tu- tishiga rioya qilinsa, shuningdek,
jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sogʻligʻining
ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda berilsagina bola
organizmiga ijobiy ta’sir etishi mumkin.
Massaj (silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish) teriga ta’sir qilib
kishining butun organizmiga ta’sir etadi. Teri analizatorlarining oʻtkazuvchi yoʻllari
bola tugʻilguncha yuzaga keladi, shuning uchun yangi tugʻilgan chaqloq teri
retseptorlari orqali boʻladigan tashqi ta’sirni koʻproq qabul qiladi (bolalarda 6
oygacha teri yuzasidagi retseptorlar nisbatan koʻp boʻladi). Massaj qon tomiri
tizimiga ham ta’sir qiladi. Terida asab kuchlari ta’siriga javob tariqasida tomir
reflekslari yuzaga keladi, kapillarlar kengayadi, qon aylanishi kuchayadi, issiqlik
chiqarish ortadi. Shu ma’noda massaj organizmni issiq havodan, qizib ketishidan
saqlaydi. Massaj ta’sirida yogʻ va teri bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi,
muskullarda oksidlanish-qaytarilish jarayoni kuchayadi va ularning qisqarish
qobiliyati ortadi. Massaj limfa tizimiga ta’sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi.
5
Bola hayotining birinchi kunlaridanoq namoyon boʻladigan shartsiz (tugʻma)
reflekslar uning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Agar bola qorni bilan
yotqizilsa, u boshini koʻtaradi va buradi, chalqancha yotganda oldinga oladi. Oʻngga
yonboshlatilganda chapga, chapga yonboshlatilganda oʻng tomonga buriladi.
Bolaning oyoq terisiga qoʻl tekkazilsa emaklay boshlaydi, orqa terisiga tekkizilsa
qayisha boshlaydi. Shunday qilib, shartsiz refkkslar muskullar qisqarishini yuzaga
keltiradi va ulardan bola hayotining birinchi haftasida, hali jismoniy mashqlarni
qoʻllash mumkin boʻlmagan (qoʻl va oyoqlarni bukuvchi muskullar gipertoniyasi
tufayli) paytda rivojlantirish va umuman organizmga ta’sir etishda foydalanish
mumkin. Sogʻlomlashtirish ta’limiy, tarbiyaviy vazifalarni toʻla hal etishning
5
Bolalarni maktabga oʻqishga tayyorlash. T.: Oʻz.PFITI. 1997y [53-b]
13
majburiy sharti: jismoniy tarbiyaning yuqorida sanab oʻtilgan barcha vositalaridan
umumiy tarzda foydalanish hisoblanadi. Turli yosh bosqichlarda koʻrsatib oʻtilgan
vazifalarning amalga oshirish samaradorligi asosiy va qoʻshimcha vositalarni toʻgʻri
qoʻshib olib borgan taqdirdagina oshadi. Chunonchi, bolaning dastlabki uch oyligida
gigiyena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari, shartsiz reflekslar katta ahamiyatga ega
boʻladi. Bola bir yoshga toʻlganida mas- saj, sust, sust-faol mashqlar, asosiy
harakatlar (emaklash va boshqalar) dan foydalaniladi. Yoshi katta boʻlgan sari
gigiyenik omillar, tabiat tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu,
ovqatlanish va boshqalarga, ozroq vaqt sarflanadi va bir- muncha murakkab
jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |