52
1.
Ergash gapni bosh gapga bog„lovchi vositalargaergashtiruvchi
bog„lovchilar,
yuklamalar,bog„lovchi
so„zlar,fe‟l
formalari,
ko„rsatish
olmoshlari,nisbiy so„zlar, ko„makchili qurilmalar kiradi.
2.
Nisbiy so„zlar yordamida bog„langan ega ergash gapli qo„shma
gaplarda ega ergash gap tarkibidagi nisbiy so„z so„roq olmoshi, ko„rsatish
olmoshi, so„roq olmoshi + yuklama, bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z esa
ko„rsatish, kishilik, belgilash olmoshlari bilan ifodalanadi.
3.
Vositali to„ldiruvchi shaklidagi nisbiy so„zlar yordamida bog„langan
to„ldiruvchi ergash gapli qo„shma gaplarda to„ldiruvchi
ergash gap tarkibidagi
nisbiy so„z jo„nalish, chiqish kelishiklaridagi so„roq olmoshilari, so„roq
olmoshi + ko„makchi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z esa jo„nalish,
chiqish kelishiklaridagi ko„rsatish olmoshilari, ko„rsatish olmoshi + ko„makchi
bilan ifodalanadi.
4.
Vositasiz to„ldiruvchi shaklidagi nisbiy so„zlar yordamida bog„langan
to„ldiruvchi ergash gapli qo„shma gaplarda to„ldiruvchi ergash gap tarkibidagi
nisbiy so„z gumon, so„roq
olmoshlari bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z
esa ko„rsatish va belgilash olmoshlari bilan ifodalanadi.
5.
Aralashshakldagi nisbiy so„zlar yordamida bog„langan to„ldiruvchi
ergash gapli qo„shma gaplarda to„ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so„z
bosh, qaratqich, tushum, jo„nalish kelishiklaridagi so„roq va gumon olmoshlari,
so„roq olmoshi + ko„makchi, so„roq olmoshi + yuklama,
hamda birikma bilan,
bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z esa tushum, jo„nalish kelishiklaridagi kishilik
va ko„rsatish olmoshlari, jo„nalish hamda chiqish
kelishiklaridagi belgilash
olmoshlari bilan ifodalanadi.
6.
Sifatlovchi aniqlovchi shaklidagi nisbiy so„zlar yordamida bog„langan
aniqlovchi ergash gapli qo„shma gaplarda aniqlovchi ergash gap tarkibidagi
nisbiy so„z so„roq, gumon olmoshlari bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z
esa ko„rsatish olmoshi, yuklama + ko„rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
7.
Qaratqich aniqlovchi shaklidagi nisbiy so„zlar yordamida bog„langan
aniqlovchi ergash gapli qo„shma gaplarda aniqlovchi ergash gap tarkibidagi
53
nisbiy so„roq olmoshi, so„roq olmoshi + yuklama, so„roq olmoshi + qarashlilik
shakli bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z esa ko„rsatish
va kishilik
olmoshlari bilan ifodalanadi.
8.
Aralashshakldagi nisbiy so„zlar yordamida bog„langan aniqlovchi
ergash gapli qo„shma gaplarda aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so„z
bosh va qaratqich kelishiklaridagi so„roq olmoshlari bilan,
bosh gap
tarkibidagi nisbiy so„z esa bosh va qaratqich kelishiklaridagi kishilik va
ko„rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi.
9.
Nisbiy so„zlar yordamida bog„langan o„rin ergash gapli qo„shma
gaplarda o„rin ergash gap tarkibidagi nisbiy so„z so„roq olmoshi va birikma
bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z esa ravish hamda ko„makchili
qurilmalar bilan ifodalanadi.
10.
Nisbiy so„zlar yordamida bog„langan ravish ergash gapli qo„shma
gaplarda ravish ergash gap tarkibidagi nisbiy so„z so„roq olmoshlari bilan,
bosh gap tarkibidagi nisbiy so„z esa ko„rsatish olmoshi, ko„rsatish olmoshi +
Do'stlaringiz bilan baham: