Same Shape (O‘sha shakl)ga belgi qo‘yish, alohida segmentni splaynga tegishli
bo‘lgan shaklning bir qismiga aylanishga majbur qiladi.
Reorient (Boshlangich joylashuv)ga belgi qo‘yish, ajratilgan segmentni
mahalliy koordinata o‘qlari mo‘ljalini faol proyeksiya oynasining koordinatalari
o‘qi mo‘ljaliga moslab olish imkoniyatini beradi. Copy (Nusxa olish) belgisi
segmentning yangi nusxasini yaratadi.
92
11. Agar Same Shape (O‘sha shakl) parametri belgilanmagan bo‘lsa, shu
nomdagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Qurilgan shaklga nom berib, uni
tasdiqlash uchun OK tugmasini bosing. Ajratilgan segment boshqa rangga
bo‘yaladi.
12. Segmentni ajrating, Divisions (Bo‘linish) hisob ko‘rsatkichiga bo‘linish
miqdorini kiriting va Geometry (Geometriya) to‘plamidagi Divide (Bo‘lib
chiqish) tugmasiga bosing.
Bu amal segment uzunligi bo‘ylab bir xil uzoqlikda nuqtalar qo‘yib, segmentni
bir xil o‘lchamdagi kichik segmentlarga bo‘lish imkoniyatini beradi.
Qo‘shiladigan segmentlar soni Divisions (Bo‘linish) hisoblagichida ko‘rsatiladi.
6.13 rasmda segmentlarni bo‘lish varianti ko‘rsatilgan.
13. Delete (O‘chirish) tugmasi splayni ko‘rsatilgan segmentni o‘chirish
amalini bajarish imkoniyatini beradi.
6.13 rasm. Splaynning qismlarga bo‘lingan segmenti
6.4.
Splaynlarni splayn darajasida tahrirlash
Ushbu tahrirlash turi splaynlarni birlashtirish, yopish, bulev va boshqa
amallarni bajarish imkoniyatini beradi.
1.
Tahrirlash uchun qurilgan splaynlardan birini tanlang. Selection (Tanlash)
to
‘
plamidagi Spline (Splayn) tugmasini bosing.
Proyeksiya oynasida ajratilgan splayn qizil rangga bo‘yaladi.
2. Agar siz tanlagan splayn yopiq bo
‘
lmasa, Geometry (Geometriya)
to’plamidagi Close (Yopish) tugmasiga bosib, uni yoping.
Splaynning boshlang
‘
ich va oxirgi nuqtasi to
‘
g
‘
ri chiziq kesmasi bilan
birlashib yopiladi. 6.14 rasmda oldindan qurilgan splaynning yopilishi
ko
‘
rsatilgan.
93
6.14
rasm. Splaynning yopilishiga misol.
3.Outline (Kontur) tugmasiga bosing.
Bu amalning bajarilishi tanlangan splaynning istalgan kenglikdagi konturini
qurib beradi. U yopiq splayn holatida quriladi. 6.15 rasmda konturni qurishga
misol keltirilgan.
6.15 rasm. Splayn konturini qurishga misol.
4. Kursor bilan tahrir qilinadigan splaynni ko‘rsating. Kursor maxsus
qiyofaga
kirgan vaqtda, ChS ni bosing va kursorni talab qilingan masofaga
surib, kontur yasang.
Kontur qurish usulining ikkinchi turi quyidagidan iborat: splaynni belgilab, u
bilan kontur chizig’i orasidagi masofani Outline Width (Kontur chiziq
kengligi) hisob ko‘rsatkichiga kiriting va Outline (Kontur) tugmasiga bosing.
Agar Center (Markazdan) bayroqchasi belgilanmagan bo‘lsa, splayn joyida
qoladi, konturni qaytaruvchi chiziq
esa undan uzoqroqda, hisoblagichda
ko‘rsatilgan masofada quriladi. Agar Center (Markazdan) bayroqchasini
belgilasak, splaynning kontur chizig‘i qarama-qarshi yo‘nalishga hisoblagichda
ko‘rsatilgan qiymatning yarimiga suriladi.
94
Splaynlarda bulev amallarini bajarish variantlarini ko‘rib chiqamiz. Bu qurilgan
splaynlarning ikkalasi ham kerak bo‘ladi. Va albatta ularning ikkalasi ham bitta
ikki o‘lchamli shaklni tashkil etuvchi qismi bo‘lishi kerak (bu darsdan oldingi
"Splaynlarni shakllar darajasida tahrirlash" bo‘limiga qarang).
1. Splaynlardan birini Move (Surish) asbobi yordamida xuddi 6.16 rasmda
ko‘rsatilganidek, boshqasi bilan kesishgunicha suring va uni belgilangan holatda
(qizil rangda) qoldiring.
2. Geometry (Geometriya) to‘plamidagi Attach (Bog‘lash) tugmasiga ChS
ni bosib ikkala splaynni bog‘lang.
6.16 rasm. Qo‘shilishi uchun tayyorlab qo‘yilgan splaynlar.
3. Union (Birlashtirish) va Boolean (Bulev) tugmalariga tartib bilan ChS ni
bosing. Ikkinchi splaynga kursorni olib boring, u maxsus qiyofaga
kirgandan
keyin ChS ni bosing.
Ikki splaynning qo‘shilishi 6.17 rasmda ko‘rsatilgan. Qolgan ikki mantiqiy
amalni: Intersection (Kesishish) va Subtraction (Ayirish) ni mustaqil bajaring.
6.17 rasm. Ikki splaynni bulev qo‘shish natijasi.
95
4. Mirror (Aks tasvir) buyrug‘i bilan ishlash uchun, aks tasvir variantlaridan
birini tanlab, Mirror (Aks tasvir) tugmasiga bosing. Ajratilgan splayn, varianlar
guruhi piktogrammasiga mos ravishda akslanadi. Copy (Nusxa olish) bayrog‘i
tanlangan splaynning aks tasvirini quradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |