13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari


RADIOIZOTOPLI SATH O‘LCHAGICHLAR



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana07.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#535601
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
13-Ma’ruza sathni o’lchash usullari va asboblari

RADIOIZOTOPLI SATH O‘LCHAGICHLAR 
11 –rasm
. Sath 
signa
lizatorining 
sxemasi 


71 
 
Radioizotopli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi yutish qobiliyati turlicha bo‘lgan ikki 
muhitdan o‘tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muhitlarning chegarasi o‘zgarishi bilan nurlanish 
o‘zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai 
va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o‘zidan j nurlar chiqaradigan So
60

Cs
137
, Se
75
va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi, 
ssintilyatsion hisoblagichlar yoki yarimo‘tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo 
bo‘lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o‘zgarishiga muvofiq elektr 
signalga aylanadi. 
j
-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi eksponensial munosabat 
bilan ifodalanadi: 
I
x
=I
0
exp(-μx)
(20) 
bu erda, I
0
 – j- nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; μ – moddaning tabiati va uning qatlami qalinligi 
x ga bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffitsienti. 
Radioizotopli 
sath 
o‘lchagichning prinsipial sxemasi 12-
rasmda ko‘rsatilgan. U radioaktiv 
nurlanish 
manbai 
1, 
ionlovchi 
nurlanishni 
qabul 
qiladigan 
hisoblagich 2, elektr toki manbai 3, 
qarshilik 4, elektron kuchaytirgich 5 
va o‘lchash asbobi 6 dan iborat. 
Hisoblagich metalldan yasalgan silindr 
bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. 
Silindr markazida undan izolyator 
bilan 
ajratilgan 
metall 
sim
o‘rnatilgan. Silindr devori elektr 
manbaining manfiy qutbiga, metall 
sim esa musbat qutbiga ulangan. Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich 
zanjirida tok bo‘lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi 
boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 zanjirida tok hosil bo‘ladi. Bu tok miqdori inert gazning 
ionlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan 
hisoblagich orasiga o‘rnatilgan idish ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga 
bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, rezistordan 
o‘tadigan tok nolga yaqin bo‘ladi, nur yo‘li ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan 
rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish 
U miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron 
kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra esa o‘lchash asbobi 6 ga uzatiladi. 
Radioizotopli sath o‘lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu asboblar sath 
o‘lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; ular ochiq va berk 
idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin, 
o‘lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday mexanik bog‘lanish bo‘lmaganligi sababli 
agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning balandligini o‘lchash mumkin. Asboblar ko‘rsatishining 
aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik 
xossalarning) o‘zgarishiga bog‘liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy kamchiligi 
radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatoligi ±0,5-1% dan oshmaydi. 
Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish