KONDAGI KOMPRESSOR STАNTSIYALАRI
4.1. Nаsоs stаntsiyasi hаqidа tushunchа
Nasos stansiyasi suyuqliklarni bosim ostida haydaydigan inshootlar, mashina
va qurilma kompleksi odatda, qabul qilish (suyuqlik olish) qurilmasi, so’rish
quvurlari, nasoslar, dvigatellar, bosim ostidagi quvurlari va komplektlovchi jihozlar
(asboblar, rostlagich va boshqalar)dan iborat. Nasos stansiyasi suv ta’minoti,
kanalizatsiya, melioratsiya gidrotexnika inshootlari, neft quvurlari va boshqa
tizimlari tarkibiga kiradi. Nasos stansiyasining yer usti va chuqur (shaxta)da
ishlaydigan xillari bor. Qishloq xo’jaligida sug’orish uchun ko’chma nasos
stansiyalar (o’ziyuradigan, tirkama, osma) nasoslar ishlatiladi. Neft sanoatida esa
siquvchi, bosh va oraliq nasos stansiyalar ishlatiladi.
Siquvchi nasos stansiyasi (SNS)-guruhli o’lchov qurilmalari va neftni
tayyorlash qurilmalari orasida o’rnatiluvchi qazib olingan suyuqlikni uzatishga
mo’ljallangan oraliq inshoot hisoblanadi.
4.1.-rasm.
Siquvchi nasos stansiyasi umumiy ko’rinishi
4.2. Siquvchi nаsоs stаntsiyasi tаrkibi vа ish printsipi
Siquvchi nasos stansiyasi (SNS) neftdan gazni ajratish, gazni suyuqlik
tomchisidan tozalash, neftni markazdan qochma nasos yordamida uzatish, gazni
bosim ostida ajratish uchun uzatishga mo’ljallangan. SNSning haydash bo’yicha 3
turi ishlab chiqilgan:
DNS-7000, DNS-14000 va DNS-20000.
DNS – dоjimnаya nаsоsnаya stаntsiya,
son – ishchi nasos agregatlarining suyuqlik uzatishi (m
3
/s).
SNS ish rejimiga bog’liq holda quyidagilarni ta’minlashi zarur:
•
neft, gaz va suvni boshqa kon obyektlariga birgalikda uzatish;
•
ajralgan gaz qismini GQIZga alohida uzatish va gazsizlangan neftni suv
bilan neftni tayyorlash obyektlariga uzatish;
•
qatlam suvlarini qatlam bosimini saqlash tizimlari shaxobli nasos
stansiyasida mahsuldor gorizontlarga haydash uchun ajratish, tozalash va
haydash.
4.2.-rasm. Siquvchi nаsоs stаntsiya tехnоlоgik sхеmаsi
SNS tarkibiga quyidagi texnologik obyektlar kiradi:
reagent xo’jaligi bloki (БРХ);
neft va gaz separatorlari (НГС-1 va НГС-2);
rezervuarlar parki (РВС-1 va РВС-2);
bufer sig’im (РВС-3);
drenaj sig’im (ДЕ);
turli vazifali rezervuarlar (РВС-4 va РВС-5);
suyuqlik uzatish uchun nasos stansiyasi (НС-1 va НС-2);
sath datchigi (1) hamda НС-1 va НС-2dagi sarf va bosim datchiklari (2)
4.3.-rasm. SNSning umumiy ko’rinishi:
1 – bufer sig’im bloki; 2 – nasos bloki
Barcha SNS larda bufer sig’im sifatida hajmi 100 m3 bo’lgan gorizontal
separatordan foydalaniladi. DNS-7000 da ishchi blok sifatida 1 ta bufer sig’im va 1
ta nasos, DNS-14000 da yana 1 donadan qo’shiladi, DNS-20000 da esa 1 ta bufer
sig’im va 1 ta nasos ishlatiladi. Shuningdek, har bir SNSda 1 ta bufer sig’im va 1 ta
nasos bloki zahira sifatida bo’ladi. SNS texnologik sxemasida bufer sigim quyidagi
vazifalarni bajarishga mo’ljallangan:
Haydovchi nasoslarga neftni bir maromda oqimini ta’minlash uchun qabul
qilish;
Neftni gazdan ajratish;
Nasoslarga doimiy 0,6 MPa da neft yetkazishni saqlab turish.
Neft AGO’Qdan bufer sig’imga kelib tushadi va ajratiladi. So’ng neft nasos
ishchi nasoslar qabuliga va neft quvuriga uzatiladi. Ajratilgan gaz 0,6 MPagacha
bosim ostida bosimni boshqarish bo’limi orqali gaz yig’ish kollektoriga yuboriladi.
Gaz sarfi umumiy gaz quvurida o’rnatilgan kamerali diafragma orqali o’lchanadi.
Neft sathi bufer sig’imda neft quvurida joylashgan elektrouzatmali zadvijka
yordamida saqlab turiladi. Haydalayotgan neft miqdori kamerali diafragma
yordamida o’lchanadi.
SNSdan chiquvchi mahsulotlar:
neft – qoldiq suv miqdori 5% gacha;
suv – neft mahsulotlari miqdori 30 mg/l;
zarrachalar miqdori – 10-15 mg/l.
Siquvchi nаsоs stаntsiyaning prinsipial sхеmаsi 4.4.-rasmda keltirilgan.
4.4.-rasm. Siquvchi nаsоs stаntsiyaning prinsipial sхеmаsi
1-gidrosiklonli separator boshchasi; 2-separator qobig’i; 3-filtr; 4-markazdan
qochma nasos; 5-elektromagnit manometer; 6-suyuqlik sarf o’lchagichi; 7-
boshqaruvchi klapan; 8-zulfin; 9-neft yig’uvchi kollektor.
SNS maydonchasida qattiq tayanchlarga 2 ta blok o’rnatiladi: nasoslar bilan
neftni haydash bloki va gidrotsiklon turidagi separatorli separatsiya qurilmasi bloki.
SNS quyidagi ko’rinishda ishlaydi: neft-gaz aralashmasi gidrotsiklon boshchasi 1
orqali separator qobig’iga 2 kelib tushadi, u yerdan filtrga 3 yo’naltirilib, mexanik
aralashmalardan tozalanadi va siquvchi elektronasoslar 4 qabuliga kelib tushadi.
Nasoslardan keyin neft sarf o’lchagich 6, boshqaruvchi klapan 7, zulfin 8 orqali neft
yig’uvchi kollektorga yo’naltiriladi.
Nasoslar 4 uzluksiz ishlaydi. Ularning boshqarilishi separatsion qurilmalar
quvvatiga bog’liq holda separator sig’imi pastki qismida joylashgan sathni
qalqovichli boshaqaruvchi bilan bog’langan klapan 7 yordamida oqimni drossellash
bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |