Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

hisobdorligining 
faol tarafdori, deb biladi.”76
Umuman, sotsial demokratiyaning o ‘zga xos jihatlarini quyidagi- 
larda kuzatish mumkin:
• 
jamoaviylik, ijtimoiy manfaatlaming shaxsiy manfaatlardan 
ustunligi;
• 
davlat ishlarida fuqarolaming teng huquqliligi va faol ishtiroki;
• 
ins on huquqlarining kafolatlanishi;
• 
so‘z va mitinglar o‘tkazish erkinliklari;
• 
fuqarolaming boshqaruvda ishtirok etishlari uchun ijtimoiy 
shart-sharoitlaming yaratilishi;
• 
ana shu asosiy guruhlaming demokratik tarzda tashkil etilishi.
Xalqning boshqaruvda ishtirok etish darajasi, hokimiyat funksi-
yalarini kimlar bajarishiga bog‘liq ravishda demokratiyani ikki turga 
ajratish mumkin:
1. Bevosita demokratiya (to‘g ‘ri demokratiya, plebissitar de­
mokratiya, partisipatorlik demokratiyasi)
2. Bilvosita demokratiya (vakillik demokratiyasi, reprezentativ de­
mokratiya)
76 
“Adolat” SDP Saylovoldi dasturi - http://adolat.uz/wp-content/
 
uploads/2014/12/saylovoldi-dastur.pdf
225


Demokratiyaning bevosita shakli
qarorlami qabul qilish, muho­
kama etish va tayyorlashda fuqarolaming o‘zlari ishtirok etishlarini 
taqozo qiladi. Amalda ushbu shakldan nisbatan uncha katta bo‘lmagan 
jamoalarda foydalaniladi. Bunda qabul qilinayotgan qarorlar oddiy 
bo‘lib, ulami tayyorlash va muhokama qilish uchun maxsus malaka 
talab qilinmaydigan hollarda foydalanish mumkin. Hozirgi kunda 
bevosita demokratiya asosan mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish da- 
rajasida uchraydi Masalan, Shveysariyada fuqarolaming o ‘zlari to­
monidan masalalar ко‘rib chiqiladi va o‘zlari tomonidan hal qilinadi. 
Bunga muhim qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, muhim siyosiy va 
mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.
Bundan tashqari bevosita demokratiyaning ko‘rinishlariga refe- 
rendumlami keltirish mumkin. Unda xalq muayyan bir muhim ma- 
salada qaror qabul qilishda bevosita ishtirok etadi. Shuningdek, mi- 
ting, namoyish, norozilik harakatlari ham hukumat qaroriga ta’sir 
o ‘tkazganligi bois ular ham m a’lum m a’noda bevosita demokratiya 
shakllari hisoblanadi (asosan partisipatorlik demokratiyasi doirasida).
Konstitutsiyaviy huquq fanida bevosita demokratiya institutlarini 
ikki guruhga: qat’iy (imperativ) va tavsiya xususiyatga ega institut- 
larga ajratish qabul qilingan.
Bevosita demokratiya qat’iy (imperativ) shakllarining o‘ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, xalq tomonidan qabul qilingan qaror uz-
il-kesil, majburiy hisoblanadi, davlat organlari yoki mahalliy o ‘zini- 
o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlashni taqozo etmaydi 
(ular faqat mazkur qaromi rasman qabul qilingan deb e’lon qilishlari 
mumkin). Bevosita demokratiyaning qat’iy shakllariga imperativ refe­
rendum hamda deputatlar va saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxs- 
lami xalq tomonidan saylash kiradi.
Bevosita demokratiya tavsiyaviy shakllarining o ‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, ular yordamida aniqlangan xalq (aholi)ning xohish- 
irodasi tegishli davlat organi yoki mahalliy o ‘zini-o‘zi boshqarish or- 
ganining qarorida o‘z aksini topadi (mazkur qarorga asos bo‘lib xizmat 
qiladi). Lekin mazkur organ o ‘z hujjatining uzil-kesil matnini o‘zi mus- 
taqil ta’riflasa-da, u xalq (aholi)ning xohish-irodasini inobatga oladi.
226


Bevosita demokratiyaning tavsiyaviy shakllariga konsultativ referen- 
dumlar (so‘rovlar), xalq muhokamalari, tashabbuslari (shu jumladan, 
huquq ijodkorligi tashabbuslari), petitsiyalar kiradi.
Fuqarolaming yig‘ilishlari (yig‘inlari)ning qarorlari ayrim hollarda 
(masalan, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saylashda, de- 
putatlikka nomzodlami kiritishda) imperativ xususiyatga ega bo‘Isa, 
boshqa hollarda (masalan, kichik tumanda yoki aholi yashaydigan 
manzilda yangi obyekt qurilishi yuzasidan o ‘z fikrini bildirishda, ma­
halliy tuzilma boshlig‘ining bildirishini muhokama qilishda) tavsiya, 
maslahat xususiyatiga ega bo‘ladi.
«To‘g ‘ridan-to‘g ‘ri demokratiya», «bevosita xalq hokimiyatchi- 
ligi» tushunchalari ham «bevosita demokratiya» tushunchasi bilan bir 
xil ma’noda qo‘llanadi77.
Bevosita demokratiya fuqarolaming siyosiy faolligini oshiradi, 
hokimiyat legitimligini mustahkamlashni ta’minlaydi, davlat instituti 
va mansabdor shaxslar faoliyatini samarali nazorat qilish imkoni- 
yatini yaratadi. Natijada hokimiyatni suiiste’mol qilish, deputatning 
xalqdan uzilib qolishi, amaldorlar byurokratlashuvining oldi olinadi.
Shu bilan birga bevosita demokratiyaning ham o‘z kamchiliklari 
bor:
- bevosita demokratiyada ham fuqarolaming siyosatga ta’sir 
etish imkoniyatlarini mutlaqlashtirish kerak emas. Chunki bevosita 
demokratiya fuqarolarga ovoz berish vositasida, odatda, prezident, 
hukumat, partiya yoki tashabbuskor guruh tomonidan tayyorlan- 
gan muayyan qonun loyihasini, qarorlami m a’qullash yoki rad etish 
huquqini beradi, holos.
- yetarli darajada iqtidorga ega bo‘lmaganligi sababli, qabul 
qilingan qarorlaming kam samara berishi;
- ommaning mafkuraviy ta’sirlarga beriluvchanligi oqibatida 
totalitarizm yoki populistik avtoritarizm xavfining kuchayishi;
- fuqarolaming katta qismini majburlashsiz, ulaming shax- 
siy erkinliklariga daxl qilmasdan turib, boshqamvda doimiy tarzda 
ishtirok etishga jalb qilishning mumkin emasligi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish