Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
67 
library.ziyonet.uz/ 
xanjar uradi. Yurakni sugʻurib oladi. ...yoʻlda ketarkan, oyoqlari chalishdi va mehribon 
onaning yuragi tushdi yerga. Shunda shoʻrlik onaning yuragi kirdi tilga va dedi 
qarshisidagi oʻgʻliga: «Jonim bolam, yomon yiqilmadingmi? Qaragin, sogʻmi taning, et-
beting?..» ...Shunda yigit taxta boʻlib qotib qoldi, Qancha yugursa ham qizga yetolmay 
yotib qoldi... 
Ota va onaning bolaga boʻlgan mehri ilohiy tarzda qalbga singdirilgan boʻlsa-da, bu 
mehrni quvvatlantirish uchun Rasulullohning axloqlaridan ibrat olishimiz lozim. 
Darro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi: «Men Rasulullohning (s.a.v.) imom 
Hasanni yelkalariga mindirib: «Ey Rabbim! Men bu nabiramni sevaman, Sen ham uni 
sevgin!» deb kelayotganlarini koʻrgan edim», - dedilar. 
Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: «Hazrati Oishaga (r.a.) bir bechora xotin tilanib keldi. 
Oisha unga uchta xurmo bergan edilar, u yonidagi ikki bolasiga bittadan xurmo berdi-da, 
bittasini oʻzi uchun olib qoldi. Bolalar xurmolarini yeb boʻlishib, yana onalariga umid 
bilan qarashdi. Ona qoʻlida ushlab turgan xurmoni ikkiga boʻldi-da, bolalariga uzatdi. 
Rasululloh (s.a.v.) kelganlarida Oisha bu voqeani ul janobga aytib bergan edilar, Sarvari 
koinot (s.a.v.) dedilar: «Sen bunga nima uchun ajablanasan? Ikki bolasiga marhamat, 
mehr-shafqat qilgani uchun Alloh taolo ham unga marhamat qiladi». 
Mazkur hadisning magʻzini chaqsak, Alloh taoloning marhamati deyilganda Uning ajri, 
ya’ni, ota-onaning qariganida farzandlari tufayli koʻradigan rohati-farogʻati nazarda 
tutilgan, degan ma’no chiqadi. 
Hazrati Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh huzurlariga bir a’robiy kelib: «Sizlar 
yosh bolalaringizni oʻpasizmi? Bizlarda bunday odat yoʻq», - dedi. Rasululloh (s.a.v.): 
«Alloh taolo sening koʻnglingdan rahmatini tortib olgan boʻlsa, uni men qanday qilib 
sening koʻnglingga joylay olaman», - dedilar. 
Ta’kid sifatida ostiga chizib qoʻyilgan soʻzlarga e’tiborimizni qarataylik, shunda oz 
boʻlsa-da uchrab turadigan ayrim ota yoki onalarning oʻz farzandlariga nima uchun 
bemehr ekanliklarining sababini anglaganday boʻlamiz: demak Yaratgan Rabbimiz 
ularning koʻnglidan rahmatni tortib olib qoʻygan ekan. Bundaylar kelajakda qanday ajr 
olishlarini oʻylab koʻrisharmikin? Yoʻq, oʻylashmasa kerak. Chunki rahmat tortib olingan 
koʻngillarda iymon boʻlmaydi. Faqat iymonsiz odamgina oʻz farzandidan kechadi. 
Yetimxonalardagi tirik yetimlarning ota-onalarini «ota» yoki «ona» deyilmish sharafli 
nom bilan atashga til ham hazar qiladi. 
Rivoyat qilurlarkim, hazrati Umar (r.a.) bir moʻ'tabar odamni shahar hokimi etib 
tayinlamoqchi boʻldilar. Kotib farmonni yozishga kirishgan onda bir goʻdak kirib 
amiralmusliminning tizzalariga chiqib, oʻtirib oldi. Xalifa bolakayni oʻpib, erkaladilar. 
Hokimlikka tayinlanayotgan kishi buni koʻrib: 
-Bu goʻdak oʻz oʻgʻlingizmi? - deb soʻradi. 
-Yoʻq, bu bir kambagʻalning farzandi. Ota-onasi vafot etgan. Bolani oʻz tarbiyamga 
olganman, - dedilar hazrati Umar. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish