Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

O‘zbekiston 
 
Annotatsiya:
Maqolada PISA, PIRLS, EGMA, TIMSS Xalqaro baholash dasturida aqliy 
salohiyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilarning ishtiroki, uning ahamiyati, afzalliklari, imkoniyatlari 
haqida, yurtimiz rivojiga ham muhim bir jarayon ekanligi haqida fikr yuritilgan. Xalqaro 
tadqiqotlarda qatnashish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar, metodlar, 
topshiriqlardan namunalar va fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, o‘quvchi bilan ish olib 
borganda qanday innovatsion metodlardan foydalanish kerakligi, yakka tartibda yondoshish, ish 
jarayonini qat’iy reja asosida olib borish, hamda ota -onaning bola tarbiyasidagi mas’uliyati haqida 
so‘z yuritilgan.
Tayanch so‘zlar:
Xalqaro baholash dasturi, tadqiqot, PISA, PIRLS, EGMA, TIMSS, 
intellectual, boshlang‘ich ta’lim, ma’naviy, pedagog, psixolog, geometrik, kasr, ulush, institut, 
innavatsiyon. 
Boshlang‘ich ta’lim – uzluksiz ta’limning asosiy poydevori hisoblanadi. Bolaning ongi va 
tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining aqliy salohiyati, 
pedagogik va psixologik mahorati , uning dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan mohirona 
foydalana olishi , ta’lim yangiliklaridan xabardor bo‘lishi, izlanishi, ilg‘or pedagogik tajribalardan 
ijodkorona foydalana olishi juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisining aqliy salohiyatibilim egallashning ilk bosqichida turgan kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
 
81 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Shu bilan birga, oʻquvchilarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy 
rivojlanishini, kommunikativ savodxonligini, oʻz-oʻzini va oʻzgalar fikrini anglash, erkin fikrlay 
olish, oʻz fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish koʻnikmalarini egallashga 
erishishmog‘i uchun poydevor yarata olishi muhimdir. 
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan ilmiy, innovatsion siyosiy va dunyoviy jarayonlarda ta’lim 
va tarbiya tizimi ham jadal rivojlanib bormoqda. Ta’lim jarayonidagi islohotlar o‘sib kelayotgan 
yosh avlodni jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi uchun zamin yaratishbilan bir qatorda ularning 
eng zamonaviy intellektualbilimlarga ega bo‘lgan, XXI asr talablariga to‘liq javob bera oladigan 
barkamol avlodni voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyatlar, sharoitlar yaratib berilmoqda. 
Boshlang‘ich ta’limda nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, oʻquvchilarda hayotiy 
koʻnikmalarini shakllantiruvchi ta’limni tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan 
biridir. Shu boisdan xalqaro talablar asosida oʻquv dasturlarini takomillashtirish va darsliklarning 
yangi avlodini yaratish, ta’lim mazmunini tubdan isloh qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat va jamiyat ahamiyatiga 
molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, “2021–yildagi xalqaro baholash 
jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish”15 masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 
Xalq ta’limi tizimida oʻquvchilarning bilimini baholash hamda ta’lim sifatini oshirish uchun 
xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA va EGRA)da Oʻzbekistonning doimiy 
ishtirokini ta’minlash rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida 
2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda 
o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga 
kirishiga erishish belgilab qo‘yilgan.16 
O‘quvchilarningo‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini 
baholashga yo‘naltirilgan (PISA)17 dasturga asoslanib umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini 
baholashning milliy tizimini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Ta’lim tizimida xorijiy til, 
informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur oʻrganishga moʻljallangan 
didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodlari tayyorlanmoqda. 
Xalqaro baholash dasturlari asosida o‘tkaziladigan sinov o‘quvchilar mavzuni nechog‘lik 
tushunganligiga emas, hayotda qay darajada qo‘llay olishiga qaratiladi. Boshlang‘ich sinflarda 
o‘qish savodxonligi , matematik savodxonligi va tabiiy – ilmiy savodxonligi Xalqaro baholash 
dasturining asosiy negizi hisoblanadi. 
Xalqaro baholash dasturidagi tizim o‘quvchini hayot bilan bo‘g‘laydi, uni kelajakda 
qiyinchiliklarsiz yashashga, egallagan bilim ko‘nikmalarini hayot yo‘lida qo‘llay olishga o‘rgatadi. 
Buning uchun esa albatta avval pedagog-o‘qituvchiningXalqaro baholashdasturi talablari darajasida 
qayta tayyorlash , bilim ko‘nikmalarini shakllantirish, eskilik sarqitlaridan xalos etish lozim.
Shulardan kelib chiqib, Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishning 
afzalliklari18 quyidagilardan iborat : 
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning 
yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi. 
15 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatnomasi 2020-yil 28-yanvar.
https://review.uz/uz/post/uzbekiston-respublikasi-prezidenti-savkat-mirzieevning-olij-mazlisga-murozaatnomasi 
16 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinng O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-5712 sonli farmoni. 2019-yil 29-aprel.  https://lex.uz/docs/-4312785 
17 E-mail: info@ xtv.uzedu.uz 
18 A.A.Ismailov va boshqalar .Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini baholash (metodik 
qo‘llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish 
milliy markazi. – Toshkent, 2019-yil. “Sharq” 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish