355
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
o’quvchini dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va
izlanishga yo’llash;
o’quvchilarning o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarining doimiy ravishda
bo’lishini ta’minlash;
o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy
yondashgan holda kuchaytirish;
pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etilishi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi — o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik
faoliyatini tashkil etib natijaga erishish, o’quv jarayonida o’quvchining mustaqil fikrlay olishi,
ijodiy ishlay olishi, izlanishi, tahlil eta olishi va xulosa chiqara olishi, shuningdek, o’ziga, guruhga,
guruh esa unga baho bera olishi kerak. O’qituvchining esa bunday faoliyat uchun imkoniyat va
sharoit yarata bilishi o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir darsning mavzusi, o’quv
predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. Pedagogik texnologiya yakka tartibdagi jarayon bo’lib,
o’quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan
va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Interfaol degani bu — o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorligi asosida dars
samaradorligini oshirish, o’quvchida mustaqil fikrlash. ko’nikmalarini shakllantirishning
fikrmulohaza, bahs orqali amalga oshirilishidir.
O’quvchi qo’yilgan maqsadga mustaqil, o’zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda,
guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so’zga chiqadi. Dalil va asoslar orqali
fikrini yoritib berishga harakat qiladi. Har qanday matematik tushuncha yoki nazariy mavzu
o’quvchilarga ma’lum bir metodlar asosida tushuntiriladi. Ana shunday metodlar ikki yo’nalishda
bo’lib, ulardan biri
o’qituvchining tushuntirish metodlari, ikkinchisi esa o’quvchilarning qabul qilish
metodlaridir
O’qituvchining tushuntirish metodlari ma’ruza, suhbat va mustaqil ishlardan iborat.
O’qituvchi bir soatlik darsi jarayonida ana shu uchta metoddan foydalanib dars jarayonini olib
boradi. O’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzuni o’quvchilar reproduktiv, evristik va izlanish
metodlari yordamida qabul qiladilar. Agar o’qituvchi dars jarayonida mavzuni ma’ruza metodi bilan
tushuntirsa, o’quvchilar reproduktiv metod bilan qabul qiladilar. Bunda mavzu materialining
mazmuni mantiqiy tahlil qilinmaydi, ma’ruza metodi bilan dars o’tishda o’qituvchining o’zi juda
faol bo’lib, talabalar esa faol bo’lmaydi. Agar o’qituvchi mavzuni suhbat metodi bilan tushuntirsa,
o’quvchilar evristik metod bilan qabul qiladilar.
Bunda talabalarning tushuntirilayotgan mavzu materialiga nisbatan faolligi oshadi, chunki
o’qituvchi mavzu mazmunini mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’lgan savollar asosida o’quvchilar
bilan birgalikda ochib beradi, bunda bevosita o’quvchilar ham savollarga javob berish orqali dars
jarayonida faol ishtirok etadilar. Umuman olganda suhbat metodi bilan dars o’tishning mohiyati
shundan iboratki, o’qituvchi tomonidan sinf o’quvchilari uchun o’tiladigan mavzu materialining
mazmuni muammo qilib qo’yiladi, so’ngra maqsadga tomon yo’naltiruvchi savollarni o’quvchilarga
berish orqali qo’yilgan muammo hal qilinadi.
Agar o’qituvchi mavzuga doir misol yoki masala echmoqchi bo’lib dars jarayonini
rivojlantirgan bo’lsa, u mustaqil ishlash metodi bilan dars o’tadi, bunda o’quvchilar qo’yilgan
masala yoki misolni echish uchun fikrlaydilar, izlanish metodi bilan mavzuni o’zlashtiradilar.
Bunday dars jarayonida o’quvchilar juda faol bo’ladi, chunki ular echish uchun doskaga o’qituvchi
tomonidan yozib qo’yilgan misol yoki masala yuzasidan mustaqil holda fikrlaydilar, o’ylaydilar va
mantiqiy xulosa qiladilar, bu bilan ularda mantiqiy fikrlash rivojlanadi.
O’qituvchining tushuntirish va o’quvchining qabul qilib olish metodlari asosida ular
ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo’ladi. Bugun ta’lim-tarbiya jarayonini davr
talablariga mos ravishda amalga oshirishning eng zarur omili bo’lgan zamonaviy darsning har biri
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |