Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
289 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
7 yoshidan boshlab o‘quvchi sifatida faoliyat olib boradigan bola ilk harflarni birin-ketin daftarga 
tushira boshlaydi. Bu uning hayotidagi yozma nutqning ilk ko‘rinishi hisoblanib, uning yozma 
savodxonligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu esa yuqoridagi sinflarda mustahkamlanadi. Oliy ta’limda 
esa yanada jadallashadi. Qachonki o‘quvchi ta’lim jarayonida dastlabki yozma nutqini to‘g‘ri 
boshlasa, keyingi faoliyatida ham uning shu ko‘rinishini saqlab qoladi. Bunday jarayonning 
fundamenti boshlang‘ich ta’limga borib taqalsa-da, ko‘proq yozma nutqdan aziyat chekuvchi yuqori 
singlarda dars berayotgan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari zimmasiga tushmoqda. Lekin, 
ta’lim olishning erta-kechi bo‘lmasligi haqida xalqimizning ajib hikmatlari bor. Shuni alohida 
ta’kidlash joizki, bolaning yozma savodxonligi, keyinchalik ham shakllanishi mumkin. O‘z ustida 
ishlagan o‘qituvchi buning ustidan chiqadi. Buning uchun ota-onalar va yuqori sinf ona tili va 
adabiyot fani o‘qituvchilari ko‘proq ishlashlari kerak. Binobarin, o‘quvchilar yozma 
savodxonligining oshishida ota-onalarning ham o‘rni bor. O‘z farzandining kelajagini o‘ylagan har 
qanday ota-ona farzandining yozma savodxonligiga albatta qiziqadi. Fan o‘qituvchisi esa unga 
yanada chiroyli ishlov berishi lozim. O‘quvchi aslida xunik yozadigan bo‘lmaydi, e’tiborsizlik 
oqibatida ular o‘z yozuvining xunuklashib yoki tushunarsiz bo‘lib, hattoki, xatoliklar bilan yozish 
darajasiga borib qoladilar. Bu holatlarda o‘quvchilarning yozma savodxonliklarini tuzatish mumkin. 
Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashlariga to‘g‘ri keladi.
Odatda o‘quvchi ikki yo‘nalishda xatoliklar qiladi: birinchidan, xato yozadi, ikkinchidan, 
xunik yozadi. Aytaylik, 8-sinf o‘quvchisining yozuvi xunik yoki xatolari ko‘p. Bunda o‘qituvchi 
yoki ota-onalar (aslida har ikkisi ham) o‘quvchi bilan alohida shug‘ullanishi lozim. Bunda bir necha 
bosqichli darslar lozim:
dastlabgi bosqich o‘quvchi yo‘l qo‘yayotgan xatolarni topish (u haqidagi bazani ishlab 
chiqish) va ularni bolaga tushuntirib berish(bunday xatolikni nima uchun, nima sababdab 
takrorlayotganligini bilish);
ikkinchi bosqichda esa xatolarni bartaraf etish uchun ularning to‘g‘ri variantlarini 
takrorlatish va qayta yozdirish;
uchinchi bosqichda alifbodagi harflarni qaytadan yozilishini o‘rgatish(lozim bo‘lsa 
birinchi sinflarning maxsus daftarlariga);
to‘rtinchi bosqichda talaffuz me’yorlarini o‘rgatish va u bilan takrorlash;
oltinchi bosqichda imlo lug‘atlari bilan ishlash va yozma savodxonligini o‘quvchining 
o‘ziga lug‘at orqali tekshirtirish;
yettinchi bosqishda diktantlar va bayonlar(o‘quvchining qobiliyatiga qarab insholar) 
olish. Bunda matnlarning imkon qadar kichik bo‘lishi maqsadlidir.
sakkizinchi bosqichda o‘quvchiga biron mavzu yuzasida matn tayyorlatish. Bu bosqich 
boshqalariga nisbatan og‘irroq ish, lekin katta samara beradi. Chunki, mustaqil ishlayotgan 
o‘quvchi ham yozma, ham og‘zaki nutqini rivojlantirish bilan bir qatorda fikrlash qobiliyatini 
ham,asoslash va dalillash qobiliyatini ham o‘stirib boradi.
Har bir bosqichda o‘quvchining qiynalishi uchun mashq bermaslik lozim. Boshqacha qilib 
aytganda o‘quvchini qiynamaslik kerak. Mashqlar o‘ta oson bo‘lsin, toki o‘quvchi uni oddiy ish deb 
hisoblasin. Yana bir sharti shundaki, birinchi bosqichni tugatmasdan ikkinchisiga o‘tmaslik kerak. 
Bosqichlar orasini belgilamaslik, uni bajara olgandagina keyingisini bajarishga o‘tilishi bola yozma 
savodxonligini kafolatlaydi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlikda erishilmagan savodxonlik ulg‘aygach biroz qiyinlashadi, 
biroq individual shug‘ullanish natijasida yaxshilashga erishish mumkin.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish