22
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatning mavjud holati, tabiatning insonning ma’naviy jihatdan
shakllanishiga ko‘rsatayotgan ta’siri masalalari qadimgi ta’limotlar va mutafakkirlarning
qarashlarida aks etgandir. Masalan, Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da yer, tuproq,
daryolar, ko‘llar, bog‘lar, tog‘lar, o‘simlik va giyohlar madh etilgan. Ona zaminni ulug‘lash, suvni
hayot manbai deb qadrlash, quyosh, olov va havoni e’zozlash- bular “Avesto”dagi markaziy
masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, har bir kishi ruhan va xulqan
komilligi uning yaxshilikka yuz tutib, rost yo‘lni tanlab, dunyoviy bilimlarni o‘rganib, o‘z kasbini
e’zozlagan holda Axuramazda farzlarini nechog‘lik ado etishi bilan belgilanadi. Zero, qo‘sh haydab,
don ekkan, chorvani parvarishlab, cho‘lda bog‘ yaratgan, yerning zahini qochirib, sho‘rini yuvib,
ziroat ekkan zardushtiyning ravoni pok, xulqi xush, amali chin bo‘lishi bilan ko‘rsatilgan.
Zardushtiylik ta’limoti bo‘yicha, suv va havoni iflos qilish, suvga nopok narsalarni tashlash qat’iyan
man etilgan. Anhor va ariq bo‘ylarida mol boqish, otlarni bog‘lashga ruxsat berilmagan. Suvga
tupurish, supurgida suvga axlat supurish, toza qilib yuvilmagan idishlarda ariq va hovuzlardan suv
olish, nopok holda suvga qarash ajdodlarimiz diniy e’tiqodlari bo‘yicha odob-axloqqa xilof tarzda
baholangan.
Tabiat muhofazasi masalasi zardushtiylik dinidan boshlab boshqa barcha dinlar kabi Islom
dini tomonidan ham qadrlab kelingan. Islom ta’limotida hayvonot va nabobot olamiga kata e’tibor
berilgan. “Qur’oni karim“ da keltirilgan oyatlardan birida ham nabobot olami bandalar uchun
rizqdir, undan esa o‘z rizqlarini asrab-avaylash hamda shukr keltirish lozimdir, deyilgan. Tabiatni
e’zozlash, atrof muhitni musaffo, kurrai-zaminni obod va go‘zal qilish singari ekologik tarbiya
masalalari muborak hadislarda ham katta o‘rin tutadi. Xususan, “ekmoq niyatida qo‘lingizda
ko‘chat turgan paytda, bexosdan qiyomat qoim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham, ulgursangiz uni
ekib qo‘yavering”, “Hovli sahnini toza tutinglar”, “yenglar, ichinglar, kiyinglar, sadaqa qilinglar,
ammo isrof qilmanglar, mag‘rurlanmanglar”, “kishi o‘z bolasiga odobdan ko‘ra afzalroq narsa ato
etolmaydi”, “kimki daraxt o‘tqazsa yoki ekin eksa, uning mevasidan qush yoki hayvonlar yesa,
uning har biridan sadaqa yoziladi”, “kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan
do‘zaxga tashlanadi”, “Hilol qilinglar(tish, soqol, panja oralariga barmoq tiqish), chunki u
pokizalikdir”, “qo‘lidagi ovqat moylarini yuvmay uhlagan odamga biror ofat yetsa, o‘zidan
ko‘rsin”, “Joni bor narsani o‘q otishda nishon qilmanglar”,1 kabilardir.
Tabiatni e’zozlash, zaminni ulug‘lash o‘tmish davrlardan, moziydan boshlanib, ajdodlardan
avlodlarga, asrlardan asrlarga o‘tib, boyib, sayqal topib hozirgacha davom etib kelayotgan
sharqona, o‘zbekona hikmatlar, tuzuklar, ta’limotlar, falsafiy qarashlar, milliy qadryatlar, milliy
udum va an’analarda o‘z aksini topgan. Bularni o‘rganish orqali yoshlar tabiat va inson o‘rtasidagi
munosabat, ularning o‘zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof muhitga munosabatini, tabiat
muhofazasi yo‘lida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarini tahlil etib, ekologik muammolarning
kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlashga harakat qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda
ekologik bilim va tushunchalarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflardanoq ekologik ta’lim-
tarbiyani fanlar negizida berilib borilishi ham yosh avlodni vatanga muhabbat, tabiatga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari bilan birgalikda ularda milliy qadryatlarimizga hamda qadim
bitiklarimizga bo‘lgan hurmatni oshiradi. Ularda tashqi muhit va vujud orasidagi uzviy bog‘liqlik
mavjudligini his ettirish, tabiiy va ijtimoiy muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish
ko‘nikmalarini hosil bo‘lishiga undaydi.
To‘g‘ri, bola – bu bola. Lekin, bola yoshligik chog‘idan o‘zida tartib-intizomni, tejamlilikni,
tozalikni, tabiiylikni, sog‘likni tarkib toptira olmasa, milliy qadryat, din va fanni o‘zaro bog‘lay
olmasa albatta, oila, maktab, jamiyat aybdor hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir yoshni ilk
bolalik chog‘idanoq har tomonlama tarbiyalash zarur.
Demak, bundan ekologik ta’lim- tarbiyaning mazmun- mohiyatini quyidagicha ifodalash
mumkin, ya’ni umumiy ta’lim-tarbiyaning asosiy va tarkibiy qismlaridan bo‘lib, uning yordamida
o‘quvchi-yoshlarda atrof-muhit va uning muammolari yechimlariga nisbatan ongli munosabatni
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |