bo‘ladi. Masalan, insonning kosmosga uchish imkoniyati bir paytlar formal
bo‘lgan, endilikda u real tus oldi. Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo‘ladi.
Agar imkonsizlikni «0» bilan, voqelikni esa «1»
bilan ifodalasak, «0» dan «1»
gacha bo‘lgan oraliq qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi.
Ehtimollikning shartli o‘qi atrofida imkoniyatning butun doirasini ko‘rsatish
mumkin.
Abstrakt va muayyan imkoniyat o‘rtasidagi
farq – bu mohiyat va mavjudlik
o‘rtasidagi, shuningdek predmetning ideal obrazi va uning inson ongiga bog‘liq
bo‘lmagan ob’ektiv xususiyatlari o‘rtasidagi farqdir.
Masalan, nikohga kirayotgan
yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega
bo‘lishi mumkin. Ular oila-nikoh munosabatlarining ideallashtirilgan manzarasini
o‘z bo‘lg‘usi nikohiga ko‘p jihatdan tatbiq etadi. Vaholanki, bu manzara mazkur
munosabatlar mohiyatiga
umuman olganda mos kelsa-da, lekin ularning butun
boyligi va murakkabligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Nikohga kirgach, yoshlar imkoniyatini o‘zlari oldindan ko‘ra bilmagan muayyan
voqelik bilan to‘qnash keladi. Yosh oiladagi kelishmovchiliklar sababi – nikohning
mohiyati va uning mavjudligi o‘rtasidagi, abstrakt imkoniyat («ular qo‘sha
qaridilar va uvali-juvali bo‘ldilar») va aksariyat jihatlarini yoshlar hatto xayollariga
ham keltirmagan muayyan imkoniyat o‘rtasidagi ziddiyatdir. Ayrim falsafiy
adabiyotlarda muayyan va real imkoniyat bilan formal
va abstrakt imkoniyat
tenglashtiriladi. Bu holda real imkoniyat uni ro‘yobga chiqarish uchun shart-
sharoit mavjudligi bilan, formal yoki abstrakt imkoniyat esa – ayni paytda
imkoniyatni voqelikka aylantirish uchun shart-sharoit
mavjud emasligi bilan
belgilanadi.
Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo‘llari
mavjud bo‘ladi. Ayni bir muhitda har xil strukturalar vujudga kelishi, rivojlanish
jarayoni ko‘p variantli tarzda amalga oshishi, buning natijasida rivojlanishda
kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin. Shu
bois prognoz va taxminlar
ishonchsiz yoki yanglish bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur muhitda
evolyusiyaning har qanday turi emas, balki yo‘llarning
muayyan doirasigina
mavjud bo‘lishi mumkin. Muqobil imkoniyatlar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat
matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqea yuz berishining ehtimollik
darajasi sifatida ifodalanishi mumkin. Inson o‘z faoliyatida real imkoniyatlarni
hisobga oladi va ularni voqelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi.
Bu kategoriyalar borliqning shakllanish jarayoniga urg‘u beradi. Ma’lumki, yo‘q
narsadan biron-bir
yangilik vujudga kelmaydi, u faqat eski narsaning muayyan
xossalari, jihatlari negizida vujudga kelishi mumkin. Yangi narsaning borlig‘i
uning potensial holatida imkoniyat hisoblanadi. Imkoniyatning etuklik darajasi
imkonsizlikdan voqelikkacha bo‘lgan doirada o‘zgarishi mumkin. Bu jihatdan
imkoniyatni tavsiflashni uning sifat va miqdor me’yorlarini
hisobga olib amalga
oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: