Shablon asosida taqdimot yaratish
PowerPoint dasturida shablon – bu “potx” fayl ko’rinishida saqlanuvchi
slaydlar to’plami yoki slaydlar loyihasidir. Shablonlar o’zida maketlarni, ranglar
“tema”sini, shriftlar “tema”sini, effektlarni, fonlar ko’rinishini, va hatto ba’zi
ma’lumotlarni ham aks ettiradi. Ularni tahrirlash oson kechadi va ixtiyoriy mavzuli
taqdimotlar uchun qo’llash mumkin.
Bundan tashqari hozirgi kunda PowerPoint dasturi uchun office.com Internet
saytidan juda ko’p bepul taqdimot shablonlari mavjud. Ularni yuklab olib taqdimot
yaratishda foydalanish mumkin.
Shablon asosida taqdimot yaratish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
1.
“Файл” menyusidan “Создать” buyrug’i beriladi;
2.
Bunda ochilgan “Доступные шаблоны и темы” oynasida shablonlar va
“tema”lar ro’yxati keltirilgan. Shablonlarni shuningdek Microsoft Office
Online sayti resurslaridan ham yuklab olish mumkin. Ulardan foydalanish
uchun “Доступные шаблоны и темы” oynasidan quyidagi bandlardan biri
tanlanadi:
“Последные шаблоны” bandi – avval ishlatilgan shablonlardan
takroriy foydalanish uchun;
“Мои шаблоны” bandi – lokal diskda o’rnatilgan shablonlardan
foydalanish uchun;
“Шаблоны Office.com” – Internetdan Office.com saytidan kompyuter
diskiga kerakli shablonni yuklash va undan foydalanish uchun.
Shablonlar asosida yangi taqdimot fayli yaratish “Новая презентация”
shabloni asosida yaratilgan standart taqdimotdan maketlar ko’pligi bilan afzal
hisonlanadi. Masalan, Office.com saytidan yuklab olingan “Современный
фотоальбом” taqdimot shablonida rasmlarni joylashtirish uchun 22 ta maket taklif
qilingan. Bu maketlar professional mutaxassislar tomonidan yaratilgan.
Microsoft PowerPoint dasturida taqdimot yaratish tartibi
Microsoft PowerPoint 2010 dasturida elektron taqdimot yaratish uchun
asosan quyidagi ishlarni ketma-ket bajarish orqali amalga oshiriladi:
1.
Taqdimot slaydlari uchun “Tema” tanlash – bunda tema tanlash taqdimot
mavzusidan kelib chiqqan holda “Дизайн” lentasi orqali tanlanadi.
2.
Titul varog’ini tayyorlash. Titul varog’i – bu elektron ma’ruzaning birinchi beti
hisoblanadi. Bu bet uchun maxsus «Титулний слайд» nomli slayd maketidan
foydalaniladi. Bu maket «Заголовок слайда» va «Подзаголовок слайда»
nomli to’ldiruvchilardan (yozuv maydonlaridan) tashkil topgan. Bu yerda yana
qо’shimcha matnli to’ldiruvchilar qо’shish uchun «Вставка» menyusining
«Надпись» tugmasidan foydalaniladi.
3.
SmartArt tasvirlari bilan ishlash. Taqdimotning kо’rinishi undagi slaydlarning
kо’rkamligi hamda mavzuni yoritish darajasiga bog’liq. Kо’pgina
foydalanuvchilar slaydlarni kо’rkamlashtiruvchi rasmlar chizishni bilmaydi.
Bunday foydalanuvchilar uchun maxsus rasmlar jamlangan “SmartArt”
strukturalashgan tasvirlar kolleksiyasi mavjud. Unning yordamida osongina
mavzu g’oyasini yoritib beruvchi strukturalar yaratish mumkin. Bu haqida
quyida yana batafsilroq to’xtalamiz.
4.
Rо’yxatlar bilan ishlash. Taqdimotda rо’yxatlar biror bir obektni sifatlarini
sanab о’tishda ishlatiladi. Rо’yxatlar markerlar, sonlar va xarflar orqali tashkil
etilishi mumkin.
5.
Rasmlar bilan ishlash. PowerPoint dasturida rasmlar bilan ishlashning 2 xil usuli
mavjud:
Fayl kо’rinishida saqlanayotgan rasmlardan foydalanish. Fayl
kо’rinishida saqlanayotgan rasmlardan foydalanish uchun «Вставка»
menyusining «Рисунок» tugmasi bosiladi va ochilgan oyna yordamida
kerakli rasm tanlanadi.
MS Office rasmlar tо’plamidan foydalanish. MS Office rasmlar
tо’plamidan foydalanish uchun «Вставка» menyusining «Картинка»
tugmasi bosiladi va ochilgan oyna yordamida kerakli rasm tanlanadi.
6.
Taqdimot betlarini nomerlash. Taqdimot betlarini nomerlash uni sifatlaridan
birini oshishiga olib keladi. Masalan, taqdimotga mundarija qilish yoki giper
murojatlar qilishda slaydlarni betlarga ajratilgani qо’l keladi.Slaydlarni
nomerlash «Вставка» menyusining «Номер слайда» tugmasi yordamida
amalga oshiriladi. Bu tugmacha bosilganda ekranda «Колонтитули» nomli
muloqat oyna ochiladi. Bu oynadagi kerakli maydonlar belgilanib qо’yiladi.
«Колонтитули» muloqat oynasi
7.
Obektlarga animatsiya berish. Animatsiya bu xarakatlantirish demakdir. Slaydni
samaradorligini oshirish maqsadida slaydlardagi ba’zi obektlarga animatsiyalar
beriladi. Buning uchun avval animatsiya berish kerak bо’lgan obekt belgilab
olinadi va «Анимация» menyusining «Добавит анимация» tugmasi bosiladi.
Natijada ekranda «Вход», «Выделения», «Выход», «Пути перемешения»
nomli bandlar ostida har xil animatsiyalar paydo bо’ladi. Ulardan qaysi biri
tanlansa shu turli animatsiya avvaldan tanlangan obektga о’zlashtiriladi. Bu
animatsiyani «Област анимация» tugmasini bosish bilan ochiladigan oynaning
«Просмотр» tugmasini bosish orqali kо’rish va sozlash tugmalari yordamida
ma’ruzaga mos qilib sozlab olish mumkin. Bu haqida quyida batafsil
to’xtalamiz.
8.
Taqdimotni saqlash. Taqdimot yaratish ishlari bajarilib bо’lganidan keyin uni
kompyuter diskiga saqlab qо’yish kerak. Buning uchun «Файл» menyusining
«Сохранить» yoki «Сохранит как» buyruqlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |