Matemátika (
yunoncha
"μάθημα" - "bilim", "μαθηματικός" - "bilimni o`rganish") —
sonlar
,
strukturalar
,
fazolar
hamda oʻzgarishlarni tadqiq etuvchi
fan
. Avvalboshda matematika
hisoblash, oʻlchash, shuningdek fizik jismlar tabiatini deduktiv oʻrganish uchun qoʻllanilgan.
Bundan tashqari matematika matematik bilimlarning samarali uzatilishi uchun rasmiy til taklif
etadi. Shuning uchun matematika
tabiiy fanlar
,
iqtisodiyot
,
modellashtirishda
eng muhim
vositalardan biridir.
Matematika, uslublarning absolyut aniqligi va natijalarning xatosizligi kabi oʻziga xos
xususiyatlarga ega. Uning shu xususiyatlari boshqa barcha fanlardan yaqqol ajratib turadi.
Eng qadimgi matematikaga oid qoʻlyozmalar
miloddan avvalgi VI-asrda
Yunonistonda
Yevklid
tomonidan yozib qoldiralgan.
Keng jamoatchilikda doirasida
elementar metemetikakadan
foydalaniladi. Qaysiki, uning
yozdamida
sonlar
ustida amallar, amaliy masalalar, oddiy
tenglamalar
va geometrik obyektlar
oʻrganiladi. Fizika, kimyo,
informatika, iqtisodiyot va xok. sohalarda odatda
amaliy
matemetika
qoʻllaniladi. Sof matemetikaning oʻzi faqatgina mavhum abstrakt tushunchalarni
oʻrganib, haqiqiy hayotda amalda mavjud emas. Sof matematikaning baʼzi bir yoʻnalishlari
falsafa va mantiq chegaralari bilan chambarchas bogʻliq.
Boshqa fanlarga nisbatan matematika,
abstraktsiyaning
eng yuqori oʻlchamdaligi va aniqligi
bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati
"fanlar podshoxi" deyilishiga sababdir.
Matematik
bilimlarning nihoyatda mantiqiyligi, inson ongining boshlangʻich aqli yetmasligini namoyish
etadi.
Matemetik isbotlash
xossa va tasdiqlarni haqiqiyligini belgilovchi eng ishonchli
uslubdir.
XX-XXI asr zamonaviy matematikasi uchun eng yuqori aniqlik darajasiga erishish bu masalani
toʻliq umumiylashtirishdir. Agar koʻrilayotgan boshlangʻich masalalarga
isbot talab qilinmasa
(
aksioma
), unda umumiylashtirish yordamida isbotni keltirib chiqarish mumkin.
Matematikaning uslub va maqsadlari
…
Tarixi
Matematika tarixdan ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Yaʼni birinchi abstrakt matematik
tushuncha bu –
natural son
. Matemetikaning keng koʻlamda rivoj topishi antik
Yunonistonda
geometriyadagi
katta yutugʻlar bilan belgilanadi. Matematikaning paydo boʻlishida har xil
savdo-sotiq, yer taqsimlash, qurilishlar va vaqtni oʻlchash kabi
amaliy masalalarni hal qilish,
yechish katta ahamiyat kasb etgan.
Matematikaning rivojlanishida oʻrta asrlardagi islom dunyosining alohida oʻz oʻrni bor. U
yunon matematikasidan farq qilgan holda, nisbatan koʻproq amaliy xarakterga ega boʻlgan.
Matematika asosan savdo-sotiq, kasb-hunar,
qurilish
,
geografiya
,
astronomiya
va astrologiya,
mexanika
,
optika
va xok. yoʻnalishlarida keng qoʻllanilgan.
Islom dunyosining madaniy markazi
Bog'dod
hisoblanib,
Bayt al-Hikmaga
turli
millat olim va
ulamolar yigʻilishgan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy
(
arab
ﻲﻣزراﻮﺨﻟا
ﻰﺳﻮﻣ
ﻦﺑ
ﺪﻤﺤﻣ
) - (
taxminan
780-850 yillarda yashagan) - mashhur
O'rta Osiyolik
musulmon
matematigi
,
astronomi
,
astrologi
,
geografi
, hamda qomusiy olimidir. Ayrim manbalarga koʻra, u forsiy boʻlgan.
U, taxminan, 780-yilda
Xorazmda
(hozirgi
Xivada
,
Oʻzbekiston
) dunyoga kelgan va 850-yillarda
vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz
umrining aksariyatini
Bogʻdoddagi
Bayt al-Hikmada
olim sifatida
ishlab oʻtkazdi.
Al-Xorazmiyning
"Al-Kitab al-mukhtasar fi hisab al-jabr wa'l-muqabala" asaridan sahifasi
Uning
Algebra
asari
chiziqli
va
kvadrat
tenglama
larning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi
kitobdir. Shu sababdan, u
Diofant
kabi
"algebra fanining otasi"
degan unvonga sazovor boʻldi.
Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb
olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi. Al-Xorazmiy
Batlimus
ning
"Joʻgʻrofiya" asarini koʻrib chiqib,
yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va
astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.
Koʻpchilik matematiklar oʻz sohasini
estetik
miqyosda yetakchi deb baholashadi. Haqiqatdan
ham, koʻpchilik
matematik isbotlar
"nodir" hisoblanib, ularning natijalari esa
"go'zallik" dir.
Ularga misol qilib qoʻyidagilarni keltirish mumkin:
Tpanstsendent soni
,
Eyler
tenglamasi
(
e
iπ
+
1 = 0) va xok.
Do'stlaringiz bilan baham: