Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 2-kujrs talabalari
uchun Boshlang’ich matematia
kursi nazariyasi fanidan
MUSTAQIL ISH
Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
- amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;
- uy vazifalarini bajarish;
- nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
-mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan mavzularini o’zlashtirishdan iboratdir.
Tarixiy, matematik va pedagogik materiallar asosida davra suhbatlarni
o’tkazilishini tavsiya etiladi. Bunda talabalar Internet va boshqa manbaalardan
foydalanib o’zlari matematikaning inson turmushidagi o’rni,
matematika
metodlarining kasbiy faoliyat sohasiga tatbiqi, matematikaning asosiy bo’limlari
haqida tarixiy va boshqa ma’lumotlar, buyuk allomalar hayoti va ijodi,
matematikaga qo’shgan hissalari kabi mavzular bo’yicha qisqacha ma’lumotlar
bayon qiladilar. Tabiiyki, bunday tadbirlar talabalarda matematika faniga qiziqishni
kuchaytiradi va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga zamin yaratadi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo’ljallangan har bir bo’lim bo’yicha
adabiyotlar talaba tomonidan o’rganilishi, mustaqil ish uchun mo’ljallangan nazariy
va amaliy bilim mavzularini o’zlashtirishi, har bir bo’lim bo’yicha
berilgan
topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi talab qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda yuqorida keltirilgan asosiy va
qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
F
an yuzasidan berilgan test, topshiriq, oraliq va yakuniy nazorat
savollari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’tilgan mavzulardan
hamda mustaqil o’zlashtirish uchun berilgan mavzular yuzasidan
bo’ladi!!!!
Mustaqil taʼlim mavzulari:
1. Matematik induksiya metodini qo‘llashga oid misollar yechish.
2. Natural sonni miqdorlarni o‘lchash natijasi sifatida qaralishi nazariyasini
o‘rganish.
3. Kesmalarning o‘lchami sifatida qaralgan sonlar
ustida arifmetik amallar
ta'rifi va amallar bajarish xossalari.
4. Zanjirli kasrlar
5. Dirixle prinsipi.
6. Irrasional va trassendent sonlar.
7. Paradokslar va sofizmlar.
8. Matematik rebuslar.
9. Matematika etyudlari.
10. To‘plam quvvati. Sanoqli va sanoqsiz to‘plamlar.
11.
soni haqida
12. e soni haqida
13. Fibonachchi sonlari.
14. Turli sanoq sistemalari haqida tushuncha. Pozision
va nopozision sanoq
sistemalari.
15. O‘nli sanoq sistemasidagi nomanfiy butun sonlarni arifmetik amallarining
algoritmi.
16. O‘nli sanoq sistemasini targ‘ib qilishda M.Xorazmiyning roli. M.Xorazmiy
hayoti va ilmiy merosi haqida ma'lumot olish.
17. Ikkilik sanoq sistemasining tadbiqi.
18. Hisoblashning qulay usullari.
19. Bo‘linish alomatlari.
20. Evklid va Eratosfen hayoti va ijodi haqida ma'lumot.
21. Manfiy son va kasr tushunchasining vujudga kelishi haqida tarixiy
ma'lumot.
22. O‘nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallarni bajarish algoritmi.
23. Taqribiy hisob, absolyut va nisbiy xato, sonlarni yaxlitlash usullari.
24. Aksiomatik usul. Evklid “Negizlari”.
25. Planimetriya aksiomalarini takrorlash. Sodda geometrik figuralar ta'riflari,
xossalari va alomatlarini o‘rganish.
26. Noevklid geometriya
27. Hisoblashga va isbotlashga doir masalalar yechish.
28. Muntazam ko‘pyoqlilar
29. Ko‘pyoqlilar, ularning turli kesimlarini tasvirlashga oid masalalar yechish.
30. Miqdorlarning qadimiy va turli xalqlarga oid nostandart o‘lchov birliklari
haqida ma'lumot yig‘ish. Miqdorlarning etalon birliklari
kelib chiqishi va
saqlanishi haqida ma'lumotlar topish.
31. Miqdorlar orasidagi bog‘lanish turlari va ularga oid misollar.
32. Tengdosh va teng tuzilgan figuralar haqida ma'lumot. Yuzalarning
nostandart birliklari haqida ma'lumotga ega bo‘lish.
33. Mashhur qadimiy masalalar
34. Aksiomatik usul. Evklid “Negizlari”.