POWERPOINT DASTURIDA ISHLASH. POWERPOINT DASTURI
YORDAMIDA
DARSLARGA
KOʻRGAZMALI
QUROLLAR
TAYYORLASH.
Tayanch soʻz va iboralar:
axborot, axborot texnologiyalari, axborotni taqdim
etish, Microsoft Office Power Point, multimediali taqdimot.
Powerpoint dasturida ishlash
Multimediali taqdimot
– bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va
eng zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Microsoft Office Power Point
dasturida Multimedia ilovalarini tayyorlash metodikasiga bagʻishlangan.
Bunga quyidagilar kiradi:
matnli ma‘lumotlar;
rasmlar;
slayd-shou;
diktor joʻrligidagi ovoz bilan boyitilgan;
videoparcha va animatsiya;
uch oʻlchamli grafika tarzida dasturiy ta‘minot boʻlishi mumkin.
Taqdimotning ma‘lumot taqdim etishning boshqa shakllardan asosiy farqi ularning
mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya‘ni belgilangan shaklda oʻzgarishga
moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Multimediali texnologiya
(multi-koʻp, medio-muhit) bir vaqtning oʻzida
ma‘lumot taqdim etishning quyidagi usullaridan foydalanishga imkon beradi:
matn;
grafika;
animatsiya;
videotasvir;
ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik-axborot
muhitida ishlashda foydalanuvchiga ta‘sir oʻtkaza olishga qodirligi hisoblanadi.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
ma‘ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda koʻrgazmali namoyish etish
vositasi sifatida plakatlar, qoʻllanma, laboratoriya tajribalaridan foydaniladi. Bu
maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi
slaydlardan foydaniladi. Kompyuter va Multimediali proektrning paydo boʻlishi
ma‘ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya joʻrligida sifatli tashkil etishning
barcha zaruriy jihatlarini oʻzida muajassaam qilgan koʻrgazmali materiallarni
taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Ma‘lumki, inson
ma‘lumotning koʻp qismini koʻrish (80%) va eshitish (15%) organlari orqali qabul
qiladi.
Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bu vaqtda
ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd shou, animatsiya,
video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e‘tiborini koʻproq jalb
qiladi. SHundan kelib chiqib, Multimediali texnologiyalar axborotni maksimal
samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |