29
1. Birinchi bo‘lib C/C++ tillari oilasida obyektga yo‘naltirilgan dasturlash
tilini yaratish;
2. Shunday obyektga yo‘naltirilgan dasturlash
tilini yaratish kerakki , unda
hamma narsa obyekt sifatida yaratilsin(o‘zgaruvchilar , formalar , massivlar ,
sinflar ) ;
3. C++
tilini osonlashtirish , lekin shunday yo‘l bilanki , C++ tilining kuchi va
konstruksiyalari saqlanib qolsin.
Bu tilning eng katta yangiligi uning obyektga murojaati bo‘lib , komponentlar
yangi loyihalar yaratishdagi tuzilmalarni tuzishdagi barcha muammolarni hal
etadi.Komponentlar tuzilishi faqatgina dasturlash tiliga bog‘liq bo‘lib qolmasdan ,
balki , uning qanday platformaga ega ekanligiga ham bog‘liq.
Platforma .NET – ko‘p tilli muhit bo‘lib , yangi
tillar uchun ochiq holda
bo‘ladi , unda faqatgina Microsoft emas , balki boshqa firmalarning dasturlash
tillari ham ishlay oladi. .NET platformaga bog‘langan barcha dasturlash tillari bitta
qolip bilan .NET Framework bog‘langan bo‘lishlari kerak.
Bu jiddiy chegara
bo‘lsada , uning afzallik tomonlari bor.
NET Framework va sinflar kutubxonasi
VC++ muhitida yaratilgan barcha loyihalarda qolip sifatida Application
Framework , sinflar kutubxonasi bo‘lib esa MFC xizmat qilardi. MFC – EXE ,
Active – X yoki DLL loyihasi yaratilganda , qolipdan kerakli dastur komponentlari
chiqib , loyiha yaratilishi uchun ishlaydi. Tanlangan sinflar esa shu qolip yaratilishi
uchun xizmat qiladi. Qolip .Net shuning bilan birga o‘zida
sinflar kutubxonasini
yaratadi(Class Library).
Dastur tuzilishi.
C# da dastur bitta yoki bir necha fayllardan iborat bo‘ladi. Har bir fayl o‘zida
bir yoki bir necha nomlarni saqlab turishi mumkin.Har bir nom esa o‘zida
qo‘yilgan nom yoki tipni , qaysiki sinflar ,
struktura , interfeys , hisoblash va
delegate – funksional tiplardir.C# da yangi loyiha yaratish paytida , VS muhitidagi
10 ta loyiha tiplaridan biri tanlanadi.Bularga Windows Application , Class Library,
30
ASP.NET Application va ASP.NET Web Service misol bo‘ladi. Birortasi tanlansa
avtomatik tarzda C# va C++ ning shu loyiha tipiga mos qolipi hosil bo‘ladi. Bu
dasturlash tillari mualliflari ularning o‘xshashligini ta‘kidlasalarda ,
bu tillarning
alohida konstruksiyalarida sintaksis va semantic jihatdan katta farqi bor.
C++ va C# ning sintaksis va semantic farqi :
-
Ko‘rsatkichlar va xotirani boshqarish : C++ da ko‘rsatkichlar bilan ishlash
asosiy o‘rinlardan birida turadi. C# da oddiygina dastur tuzilishida ham
xavfsiz kod yozish talab etiladi va ko‘rsatkichlar
va manzillar
arifmetikasidan foydalanishni man etadi. Bu esa C# dasturchini ortiqcha
xotirani boshqarish ishlari bilan shug‘ullanishining oldini olib , dasturining
funksional qismiga ko‘proq e‘tibor berishini ta‘minlaydi.
-
Merosxo‘rlik va shablon : C# da C++ dagidek ko‘p merosxo‘rlik va shablon
bilan ishlanmaydi , faqatgina interfeys uchungina ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: