7
-
Jismoniy mashqlarni shakli va vositalar tartibini shart sharoitlarini yuqori
darajaga ko`tarish.
-
Mе'yorida ovqatlanish.
-
Jismoniy mashqlarni bajarayotgan vaqtda jismoniy yuklamalarni yoqimli
darajada mе'yorlash.
-
Chiniqish.
1.2. GIGIYENA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
Gigiеna fani – tibbiy-biologik fan bo’lib, profilaktik
tabobatning asosi
hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport gigiеnasi - Yosh sportchilarni salomatligini
saqlash va ish qobiliyatini oshirish haqidagi fandir. Odam organizmining tashqi
muhit bilan bog’liqligi, organizmga ijobiy va salbiy ta'sir etuvchi tashqi muhit
omillarini o’rganuvchi fandir. Umumiy va sport gigiеnasi fanining asosiy maqsadi
inson salomatligini saqlash, umumiy va shaxsiy gigiеna
qoidalariga rioya qilish,
ratsional kun tartibi va ovqatlanishni to’g’ri tashkil etish, yuqumli kasalliklarni
oldini olishni o’rgatishdan iborat.
Inson organizmining jismonan sog’lom hamda baquvvat bo’lishi, uning turli
xil kasalliklarga chalinmasligi, uzoq umr ko’rishini ta'minlash va sog’liqni saqlash
hozirgi kun tibbiyot fani oldidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Gigiyena juda qadim-qadim zamonlarda paydo bo’lib asrlar davomida hayot
tajriba sinovlaridan o’tib, bizgacha еtib kеlgan gigiyenik davolash,
har xil
kasalliklarning oldini olish, sog’lomlashtirish va ish qobiliyatini oshirish, qayta
tiklash vositasi sifatida azaldan amalda qo’llanilib kеlingan.
Gigiyenaga oid
bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib, mustaqil fan holida
birlashtirildi. Biroq odamlar gigiyena va sanitariyaning ma’lum qonun-qoidalariga
qadim zamonlarda ham rioya qilishgan. Тarixiy hujjatlar, san’at
asarlari va
arxeologik qazilmalar ma’lumotlari eramizdan ancha ilgariyoq sanitariya
qonunlarining ba’zi elementlari mavjud bo‘lganligidan hamda ma’lum sanitariya
chora-tadbirlari amalga oshirib kelinganligidan dalolat beradi.
Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi 3000-4000-yillar)
ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish va dam olish tartibi to‘g‘risida
8
ko‘rsatmalar bor. Ularda badanni toza
tutish zarurligi qayt etilgan, murdalarni
ko‘mish qoidalari ma’lum qilingan va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda
axlatlarni yo‘qotish va botqoqliklarni quritish ishlari uyushgan holda o‘tkazilgan,
sug‘orish sistemalari va vodoprovodlar barpo etilgan.
Qadimgi
Yunoniston
va
Spartada
yoshlarni
jismoniy
jihatdan
rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan, olimpiya sport musobaqalari o‘tkazib
turilgan. Afinada oqova suvlarini yo‘qotish uchun kanalizatsiya qurilgan. Bu joyda
uylar qurish va ovqat masalliqlarini sotish ustidan sanitariya
nazorati ham tashkil
etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun Qadimgi Yunonistonda
binolar oltingugurt va xushbo‘y moddalar tutatib dezinfeksiya qilingan.
Qadimgi Yunonistonning buyuk shifokori
Do'stlaringiz bilan baham: