8.2. Notijorat mahsulot va notijorat subyektlarining
marketing faoliyati
Notijorat mahsulot — bu iste’molchiga yo‘naltirilgan va notijorat
almashinuviga mcr‘ljallangan, notijorat subyekti faoliyatining natijasi.
Notijorat almashinuvi ishtirokchilari buni aniq ehtiyojlami qondirishga
qodir bo‘lgan narsa sifatida ko'radilar, am m o bunda maqsad va foyda
tushunchalarining tasarrufîga qarab um um an boshqa-boshqa bo'ladi.
Iste’molchilar uchun notijorat mahsuloti — talab va ehtiyojlami
qondiruvchi ichki muhitiga o ‘zgarishlar kiritish uchun zarur boylik,
imkoniyat (naf). Bu ko'rilgan n af uchun iste’molchi pul emas balki
o'zining javob ta ’sirini va to ‘lovning notijorat vositalari (vaqt, hissiyot,
jismoniy kuch, harakat va h.k.) bilan hisob-kitob qiladi.
Jamiyat uchun notijorat mahsuloti bu — iste’molchilarga ulam ing
huquq, erkinlik va majburiyatlari yoki ijtimoiy foydalarini amalga oshirish
imkonini berish ko‘rinishida b o ‘ladi. N otijorat mahsulotini iste’mol
qilish iqtisodiyjihatdan jamiyatni soliq daromadlari bilan boyitmaydi.
Aksincha, notijorat mahsuloti ishlab chiqaruvchilami davlat moliyaviy
jihatdan ta ’minlaydi.
Notijorat subyektlari uchun mahsulot bu — subyekt maqsadining
moddiy (yoki nomoddiy) amalga oshishi, unda iste’molchiga foyda (naf)
beruvchi va jamiyatda ijtimoiy samara beruvchi, iste’mollik xususiyatlari
vositasida qo‘lga kiritiladi.
N o tijo r a t m a h su lo ti eh tiy o jn i q o n d iris h ji h a t d a n q u y idag i
ko'rinishlarga ega:
— mahsulot — masalan, bu davlat organi subyekti mahsuloti sifa-
tida — konstitutsiya; saylovda nomzodning saylov oldi dasturi — siyosiy
partiya mahsuloti; ta ’lim dasturi — o ‘quv yurtining mahsuloti va h.k.;
— g‘oya — bu jamoa va diniy subyektlar, siyosiy partiyalar va xalqaro
tashkilotlarning g‘oyalari bo‘lishi m um kin. M asalan, Orol dengizi
havzasi hududlarining ekologik xavfsizligini ta ’minlash — «Ekosan»
g‘oyasi; dunyodagi inson huquqlarining tengligi va kafolati — B M T
g ‘oyasi, re sp u b lik a m iz y o s h la rid a m illiy istiq lo l m a fk u ra s in i
shakllantirish — «Kamolot» YoIHning g‘oyasi va h.k. Bundan tashqari,
g‘oya notijorat mahsuloti sifatida intellektual mulk hisoblanuvchi ishlab
chiqarish asosini tashkil etish mum kin. Bu holat notijorat faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarda (rassomlar, yozuvchilar,
olimlar, artistlar va h.k.) kuzatiladi.
Notijorat xizmat — bu ijtimoiy him oya qilishga y o ‘naltirilgan va
shunga o ‘xshash davlat notijorat subyektlari, qadimiy arxitektura va
m adaniy-m a’naviy yodgorliklami saqlash bo'yicha — «YuNESKO»,
tabiiy ofat va boshqa turdagi favqulodda yuzaga keladigan vaziyatlarda
ko‘mak beruvchi- «Qizil Xoch» kabi xalqaro notijorat tashkilotlari va
h.k.larning xizmatlari.
Mahsulotlarga narx belgilash xuddi marketing kompleksini ishlab
chiqish bosqichi kabi, birinchidan, m ahsulotlarga raqobatbardosh
narxlarni aniqlash (chegirma va sotuvni rag‘batlantiruvchi t o ‘lov
shartlari va h.k.) va ikkinchidan, ulam ing o ‘z vaqtida qayta k o ‘rilishi,
subyekt marketing muhitini o ‘zgartirib turishga yo‘naltirilgan qator
marketing tadbirlarining amalga oshirilishini talab qiladi. N otijorat
marketingida klassik yondashuvning o ‘z mantiqi to'laligicha qoladi,
am m o notijorat almashinuvidan kelib chiqadigan qator xususiyatlarini
kasb etadi. Notijorat almashinuvining barcha ishtirokchilari bu marketing
kompleks vositasini turlicha qabul qilishadi va qo ‘llashadi.
Iste’molchi uchun notijorat mahsulotining narxi — bu uning foydasi
(naf)ni oshiruvchi va to ‘lovning notijorat vositalari xarajatini iqtisod
qiluvchi imkon, vosita. Iste’molchi xarajatlarini tejash deganda, asosan
to ‘lovning asosiy vositasi pul emas balki vaqt, his-tuyg‘u, jismoniy
kuch va h.k. lar tushuniladi.
Aytish joizki, notijorat almashinuvida pul to io v vositasi sifatida
juda kam qo‘llaniladi, faqatgina moliyaviy resurslarni yetkazuvchi —
xayr qiluvchi sifatida ishtirok etgan vaziyatdagina qoilanilishi mumkin.
Bu holat marketing assotsiatsiyasi, kasaba uyushmasi, ovchilar va
baliqchilar jamiyati, diniy konferensiyalar va shu kabilar nodavlat
n o tijo ra t m a h su lo tla ri subyektlari va jism o n iy shaxslar u ch u n
xarakterlidir.
Ularda davlatning moliyaviy qoilab-quw atlashi bo‘lmaydi, ammo
qonunchilikda imtiyozlar mavjud. M a’lumki notijorat mahsulotining
narxi uni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar (yoki tannarxi) va foyda
miqdori yig'indisidan iborat bo‘ladi. Notijorat subyekti mahsuloti ham
uni ishlab chiqarishga qilingan xarajati va subyektining ijtimoiy foy
dasi — iste’molchining marketing ta ’siriga javobidir.
Notijorat mahsulotining narxi almashuv ishtirokchilari nuqtayi-
nazaridan har xil tarkibga ega. Ya’ni, ularning har biri o ‘z xarajatlari,
foydalari va xullas o ‘z manfaatlarini nazarda tutib faoliyat yuritadilar.
Bu hoi, ayniqsa, notijorat va tijorat mahsulotlarining narxlarini
shakllanishi va tarkibida yaqqol ko‘zga tashlanadi (5-jadval). Notijorat
mahsulotiga narx belgilashda qator omillar ta ’sir qiladi: ishlab chiqarish
tannarxi yoki uni tuzishda qilingan xarajatlar, raqobatchi mahsulotlar
narxi, tovar xususiyati to ‘g‘risida iste’molchilarning fikri, jamoatchilik
ham da rahbariyatning m ahsulot foydaliligi va unga qilingan xarajatlar
to ‘g‘risidagi fikri va h.k.
Tijorat subyektlari faoliyati strategik rejalashtirish resurslarining
manbalarini hajmini (mehnat, moddiy va moliyaviy) aniqlash va ulami
faoliyat yo‘nalishlari bo ‘yicha taqsimlash, biznesning strategik birliklari,
tovar guruhlari va alohida tovarlarga taqsimlash hisoblanadi. Bunday
yondashuv um um iy ko'rinishda notijorat subyektlariga ham tegishli,
Do'stlaringiz bilan baham: |