Tayanch so ‘z va iboralar:
kichik biznes, kichik biznes subyektlari,
4P, skimming, pull, differensiatsiyalashgan strategiya, intensiv marke
ting, passiv marketing, rag‘batlantiruvchi kompleks, Pareto (80/20)
qonuni, iste’molchi xulqi, iste’molchining qaror qabul qilish jarayoni,
ichki omillar, tashqi omillar, SWOT, STEP, bashoratlash turlari.
Glossariy
Kichik biznes — kichik xo‘jalik yurituvchi subyektlar (kichik
korxona, mikroflrma, xususiy tadbirkor)dan iborat.
Kichik biznes subyektlari — xususiy tadbirkor, mikrofirma (ishlab
chiqarish sohalarida 20 tagacha, noishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarida 10 tagacha, savdo va umumiy ovqatlanishda 5 tagacha ishchilari
bo‘lganlar), kichik korxona (yengil sanoatda 100 tagacha, og‘ir sanoat
va qishloq xo‘jaligida 50 tagacha, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, savdo va
boshqa noishlab chiqarish sohalarda 25 tagacha ishchilari bo‘lganlar)
hisoblanadi.
4P (product, place, promotion, price) — bozor segmentlarining
e h tiy o jla rin i o q ilo n a q o n d irish u c h u n k o rx o n a to m o n id a n
boshqariladigan marketing elementlarining yig‘indisi.
Skimming — bozorga yangi tovarni katta partiyada tushirib, sotish
orqali yuqori foydaga erishish strategiyasi.
Pull — xaridorni jalb qilish strategiyasi.
Push — mahsulotni xaridorga sotish strategiyasi.
Differensiatsiyalashgan strategiya — mahsulot assortimentini
boyitgan holda sotish strategiyasi.
Intensiv marketing — muntazam ravishda xaridorlar ehtiyojiga mos
marketing tadbirlarini o‘tkazish.
Passiv marketing — bozorda tovar tanqisligi hukm surgan davrda
qo‘llanilib, marketing tadbirlari sust amalga oshiriladi.
Pareto (80/20) qonuni — korxona 80 % faoliyatini mahsulot va
ishlab chiqarish jarayonining sifatini yaxshilashga sarflaydi, 20 %ini
esa xaridor ehtiyojini qondirishga qaratadi. Ammo, sarflangan 20 %
kuchlar savdo hajmining 80 %ini, 80 %i esa savdo hajmining 20
%ini shakllanishiga olib keladi.
Iste’molchining qaror qabul qilish jarayoni — 5 ta bosqichdan iborat:
ehtiyojni his qilish, axborot izlash, muqobillarni baholash, sotib olish,
xariddan keyingi taassurot.
SWOT — (inglizcha streingths — kuchli, weakness — kuchsiz,
opportunities — imkoniyatlar, threats — xatarlar so‘zlarining bosh
harflaridan shakllangan) korxonaning marketing muhitini tahlil qilishda
keng qo‘llaniladigan usul. Unda, korxonaning kuchli va kuchsiz
tomonlari, imkoniyatlari va xatarlari aniqlanib, marketing strategiyalari
ishlab chiqishda foydalaniladi.
STEP — korxonaning tashqi m akro muhitini tahlil qilishda
qo‘llaniladigan usul (social — ijtimoiy, technological — texnologik,
economical — iqtisodiy, political — siyosiy so'zlarining bosh harflaridan
shakllangan).
Bashoratlash turlari — sifat, davriy qatorlar tahlili, omilli, model-
lashtirish kabilar.
Yoyish konstantasi — bashorat bilan joriy natija o‘rtasidagi yoyish
darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |