O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/98
Sana15.11.2020
Hajmi0,74 Mb.
#52641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

1. Epiteliy to'qimasi. Bu to'qima har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan. 

Epiteliy to'qimasi terida (himoya vazifasi), nafas yo'llarida (havoni tozalaydi), 

ichakda (so’rish vazifasi), bezlarda (sekret ishlab chiqaradi) uchraydi. 

2.  Biriktiruvchi to'qima. Hujayra va Hujayralararo moddadan tuzilgan. 

Biriktiruvchi to'qima uch xil: tolali, tayanch va oziqlantiruvchi bo'ladi. Tolali 

biriktiruvchi to'qima hujayralari fagositoz , ya'ni bakteriya va yod moddalarni 

o’ziga qamrab olib hazm qilib yo'qotish  xususiyatiga ega.  Tayanch biriktiruvchi 

to'qimaga tog’ay va suyak to'qimasi kiradi. Oziqlantiruvchi biriktiruvchi to'qimaga 

qon va limfa kiradi. 

3.  Muskul to'qimasi     qisqarish xususiyatiga ega bo'lib, u asosan ikkiga: silliq 

muskul to'qimasi va ko’ndalang targ’il muskul to'qimasiga bo'linadi. Silliq muskul 

to'qimasi deyarli hamma ichki organlarning (til va diafragmadan  tashqari) 

devorida  va qon tomirlarida uchraydi.  Bu  to'qima odamni ixtiyorisiz qisqaradi. 

Ko'ndalang targ'il muskul to'qimasi skelet muskullarida va ba'zi bir ichki 

organlarda (til va diafragmada) uchraydi. Yurak devorida ham    ko'ndalang targ'il 

muskul to'qimasi joylashgan bo'lib, organizmning ixtiyoriga bo'ysunib qisqaradi. 

4. Nerv to'qimasi - nerv tizimida uchraydi. Bu to'qima hujayralari tana va 

o'simtalardan iborat bo'lib, ular neyronlar deb ataladi. Ta'surotni qabul qilish va 

nerv impulslarini o'tkazish nerv to'qimasining asosiy xususiyatidir. 

Moddalar almashinuvi tirik organizmning zarur va muhim xossasidir. Moddalar 

almashinuvi bo'lmasa,   hayot  ham  bo'lmaydi.  Organizmga  tashqi   muhitdan   

kirgan   moddalarning unda  to parchalanish   mahsulotlari   chiqarib   

yuborilguncha   o'zgarishning   murakkab   zanjiri   moddalar almashinuvi deb 

ataladi. Moddalar almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog’langan yagona ikki 

prosessdan: assimilyasiya va dissimilyasiyadan iborat. 

Ovqat hazm qilish kanalida bu moddalar organik moddalarga parchalanib qonga 

so'riladi va qon bilan birga butun organizmga tarqaladi. Hujayra va to'qimalarda bu 

moddalardan organizmga xos murakkab moddalar hosil bo'ladi.Ular organizmda 

yangi hujayra va to'qima hosil bo'lishida ishtirok etadi ham energiya manbai bo'lib 

hisoblanadi. Bu prosess assimilyasiya deb ataladi. Hujayra va to'qimalardagi 

murakkab organik moddalar doim parchalanib turadi. Bunda odamning yashashi

harakat qilishi, jismoniy va aqlli mehnat bilan shug'ullanishi uchun zarur energiya 

ajraladi. Bu prosess dissimilyasiya deyiladi.                                                                    

Moddalar almashinuvida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, suv va mineral tuzlar 

ishtirok etadi. Bundan tashqari organizmning normal rivojlanishi uchun vitaminlar 

ham katta ahamiyatga ega. 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish