11
Kunning (tunning ham) uzun-qisqaligi yer sharining turli nuqtasida va yilning turli
faslida har xil.
Bir joyning o`zida ham o`zgarmasdan qolmaydi, shuning uchun ham vaqt o`lchovi
uchun kun va tun yaroqli emas. Quyosh bir joyning o`zida bir marta chiqishidan keyingi
chiqishigacha bo`lgan unchalik farq qilmaydigan vaqt oralig`i sutkadir.
Sutka-yer sharining o`z o`qi atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqt
sutkaning 24 ta teng bo`lakka bo`lish qabul qilingan, uning har bir bo`lagi 1 soatni tashkil
qiladi. Soat 60 minutga, minut esa 60 sekundga bo`linadi.
”Vaqt o`lchovlari” mavzusini `organishda bolalar vaqt o`lchovining asosiy birliklari
haqida aniq tushunchaga ega bo`lishlari zarur, bular yil, oy, hafta, sutka, soat, minut.
O`qituvchining vazifasi o`quvchilar vaqtini aniqlashlarida soatdan amalda fodalanishga,
shuningdek, hodisaning qancha davom etgani, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog`liq
bo`lgan har xil masalalarni yechishda tabel –kalendardan foydalanishga o`rgatishdan iborat.
O`quvchilarni tarixiy materiallar bilan qisqacha tanishtirib o`tish tavsiya etiladi.
Ma’lumki, vaqt o`lchovlari o`lchovlarning metrik sistemasidan farqli ravishda
bevosita o`lchash (vaqtning soatga qarab o`lchash mumkin bo`lgan sekund, minut kabi
oraliqlarini hisobga olmaganda) imkoniyatini bermaydi. Bu hol turli ko`rsatma,
qo`llanmalardan keng foydalanish kerakligini ko`rsatadi. Bu mavzuni o`rganishda quyidagi
eng ko`p tarqalgan ko`rsatma-qo`llanmalardan foydalanish mumkin:
1. Tabel kalendar har bir o`quvchida bo`lishi kerak. Joriy yil uchun bunday tabel-
kalendarni o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida (mehnat darslarida) o`zlari
tayorlaydilar.
2. Soatlarning ko`rgazmali modeli. Darslikda berilgan mashqlarning ko`p qismi vaqt
bilan ishlashni talab qilgani uchun soat modellari har bi r o`quvchi uchun yasalgan
bo`lishi (mehnat darslarida) shart.
3. ”Maktab o`quvchisining kundalik rejimi” jadvallari.
”Vaqt o`lchovlari: mavzusini o`rganish jarayonida o`quvchilar hafta bilan tanish
bo`ladilar, yildagi oylarning nomlarini va ularning kelish tartibini bilib olgan bo`ladilar.
Bolalarda yig`ilgan bunday tasavvurlar keyingi bosqichda vaqt o`lchovlarini o`rganishga
zamin bo`ladi.
Endi vaqt o`lchovi bilan bog`langan asosiy tushunchalarning shakllanishi nimaga
asoslanishi masalasini qarab chiqamiz.
Bolalarni yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o`qituvchi tabel -kalendardan foydalanib,
bir yilda 12 oy borligini o`zlashtiradilar va birdaniga davomiyligi (kunlarni soni) bir xil
bo`lgan oylarni ajratadilar: aprel, iyun, sentabr, noyabr 30 kunda n, qolgan 7 oy esa
(fevraldan tashqari) 31 kundan iborat. Oddiy yilning fevrali 28 kundan kabisa yilning
fevrali esa 29 kundan iborat. O`quvchilar kalendardan oyning tartib raqamini aniqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |