Mavzu: Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar



Download 308,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana15.11.2020
Hajmi308,61 Kb.
#52455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4.Maruza. Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar. Noan’anaviy mashg’ulotlar, ularning pedagogik imkoniyatlari.

Pedagogik jarayon 

Ta’lim oluvchilar orasidagi  munosabat, bilim berish-

bilim  olish,  o’rgatish-o’rganish  maylida  kechadigan 

munosabatlar tizimi. 

5. 

 

Zinama-zina 



O’quvchi  va  talabalarda  o’rganilayotgan  mavzuni 

kichik  mavzularga  ajratilgan  holda  rasm,  tasvir, 

jadval yoki slaydlar asosida o’rganish ko’nikmalarini 

shakllantiradi. 

6. 

 

Xamkorlik 



pedagogikasi  

Ta’lim  beruvchi  va  ta’lim  oluvchilarning  o’zaro 

muloqotga  asoslangan  shaklda  ta’lim  berishga 

yo’naltirilgan tizim. 

7. 

 

Multimedia 



Zamonaviy  komp’yuter  texnologiyalari  yordamida 

matn, tasvir, grafik, animastiya, jadval,  audio, video, 

effektlarini  o’zida  mujassamlashtirgsn  ma’lumotlarni 

foydalanuvchilarga 

etkazib 

berish 


metodi-

texnologiyasidir.  



Reja:  

1. 


Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar. 


2. 

Ta`lim  samaradorligini  oshirishda  sifat  nazoratini  tashkil  etishda 

o’qituvchilarning vazifalari. 

3. 


Noan’anaviy mashg’ulotlar va ularning pedagogik imkoniyatlari 

 

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan 



islohotlarning  maqsadi  inson  va  uning  manfaatlari,  uning  xavfsizligi  va 

farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgandir. 

mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o‘tgan taraqqiyot 

yo‘li asrlarga arzigulik mazmun va mohiyat kasb etmoqda. 

Ma’lumki, taraqqiyotni harakatga keltirishda va turmushda ro‘y berayotgan 

jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishda jamiyat ijtimoiy-siyosiyo, iqtisodiy, madaniy-

ma’naviy yangilanishining muhim sub’ekti bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs qilib 

tarbiyalash muhim masalasi axamiyatiga ega. 

Har  bir  jamiyatning  kelajagi  uning  ajralmas  qismi  va  hayotiy  zarurati 

bo‘lgan  ta’lim  tizimining  qay  darajada  rivojlanganligi  bilan  belgilanadi.  Bugungi 

kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim 

tizimini  isloh  qilish  va  takomillashtirish,  yangi  sifat  bosqichiga  ko‘tarish,  unga 

ilg‘or  pedogogik  va  axborot  texnologiyalarni  joriy  qilish  hamda  ta’lim 

samaradorligini  oshirish  davlat  siyosati  darajasiga  ko‘tarildi.  O‘zbekiston 

Respublikasida  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”ning  qabul  qilinishi  bilan  uzluksiz  ta’lim  orqali  zamonaviy  kadrlar 

tayyorlashning asosi yaratildi. 

Innovatsion  pedagogik  texnologiyalarning  rivojlanishi  va  ularning  o‘quv-

tarbiya  jarayoniga  kirib  kelishi,  shuningdek,  axborot  texnologiyalarining  tez 

almashinuvi  va  takomillashuvi  jarayonida  har  bir  pedagog-o‘qituvchi  o‘z  kasbiy 

tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. 

Mamlakatimiz  rivojlanishining  muhim  sharti  zamonaviy  iqtisodiyot,  fan, 

madaniyat, 

texnika, 

texnologiya 

rivoji 


asosida 

kadrlar 


tayyorlashning 

takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishidir. 

Ta’lim  muassasasi  o‘sib  kelayotgan  shaxsni  o‘qitish  jarayonida  ularga 

ta’lim  olish  sharoitlarini  yaratadi.  O‘qituvchilarning  bilimga  bo‘lgan  ehtiyojlarini 

shakllantirish  hamda  rivojlantirishning  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  o‘qituvchi 

ma’suliyatini yanada oshiradi. 

Ta’lim  samaradorligini  oshirish,  shaxsning  ta’lim  markazida  bo‘lishini  va 

yoshlarning  mustaqil  bilim  olishlarini  ta’minlash  uchun  ta’lim  muassasalariga 

yaxshi  tayyorgarlik  ko‘rgan  va  o‘z  soxasidagi  bilimlarni  mustahkam  egallashdan 

tashqari  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  va  interfaol  uslublarni  biladigan, 

ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini 

biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini pedagogik 

va  axborot  texnologiyalar,  interfaol  uslublar  bilan  qurollantirish  hamda  olgan 

bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib 

borish lozim. 

Ta’lim muassasasi o‘qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida 

ta’lim-tarbiya  olish  sharoitlarini  yaratish,  uning  ehtiyojlarini  qondirish  va 

qobiliyatlarini  ochish  hamda  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  lozim.  Ta’lim 




muassasasi  o‘qituvchisining  malakasi  maxsus  va  pedagogik  fanlar  bilan 

yoritiladigan  ikki  qirraga  ega  bo‘lishi  lozim  va  u  doimo  “Nima  uchun  o‘qitish 

kerak?”,  “Qanday  o‘qitish  kerak?”  degan  savollarga  javob  topishi  zarur.  Bu 

javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin 

qilinishi, shuningdek, ta’lim xususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga asoslangan 

bo‘lishi  lozim.  Pedagogikaning  muhim  muammolaridan  biri  o‘qituvchining 

mutahassisligi  va  faoliyatining  asosini  tashkil  etish  shart  bo‘lgan  pedagogik 

jarayon nazariyasini ishlab chiqishdir. 

Pedagoglar  mutaxasislik  bo‘yicha  mavjud  bilimlaridan  tashqari  o‘quv 

jarayoniga qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va 

o‘qitish  metodikalariga  doir  zarur  bilimlarni  egallagan  bo‘lishi  kerak.  SHuning 

uchun ham, pedagoglarning malakasini oshirishda: 

o‘qitish  jarayoninig  samaradorligini  ta’minlovchi  pedagogik  malakalarni 

shakllantirish; 

ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  gumanitar  bilimlarni  anglashga  yo‘naltirilgan 

yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish; 

o‘qituvchi  faoliyatining  metodologik  asosi  sifatida  pedagogik  bilimlar 

tizimini egallash; 

o‘qituvchilarning  kasbiy  faoliyatlariga  yaqinlashtirilgan  uslublar  tizimi 

sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi. 

Asosiy 

maqsad. Respublikamizning 

ta’lim  muassasalarida  faoliyat 

ko‘rsatayotgan  pedagog  kadrlarga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni 

o‘rgatish,  pedagogika  va  psixologiya  fanlariga  oid  bilimlarini  yanada 

mustahkamlash  va  olgan  bilimlarini  o‘quv-tarbiyaviy  jarayoniga  qo‘llay  olishga 

o‘rgatish,shuningdek, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berishdan iborat. 

Zamonaviy  o‘qituvchilarning  bilim  va  ko‘nikmalariga  qo‘yiladigan 

talablar. O‘qituvchilar  o‘zlari  o‘qitayotgan  o‘quvchilarining  ruxiyatlariga  mos 

ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va 

o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qo‘llay olishi kerak. bugungi kunda an’anaviy ta’limni 

zamonaviylashtirish yo‘lida birgina texnologiyaga asoslangan o‘qitish uchramaydi. 

odatda, o‘qitishda bir necha texnologiyalarning elementlari birdaniga qo‘llaniladi, 

chunki  pedagogik  texnologiya  –  bu  o‘quv  jarayonini  to‘liqligicha  egallovchi 

loyiha,  yaxlitlilik,  natija,  ya’ni  o‘quv  jarayonini  inson  va  texnik  imkoniyatlarini 

hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir. 

O‘qituvchi  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  o‘quv-tarbiya 

jarayonidagi  o‘rni,  ulardan  foydalanish,  shuningdek,  usul,  metod  va  texnologiya 

tushunchalarining  farqlay  olishlari,  “Aqliy  hujum”,  “Tarmoqlar”  (Klaster) 

“Assesment”  metodlari,  “Bumerang”,  “Skarabey”,  “Charxpalak”,  “Rezyume” 

“Keys-stadi”,  “Muammoli  o’qitish”,  “Hamkorlikda  o’qitish”,  “Zinama-Zina”, 

“Loyihalash”  va  shu  kabi  texnologiyalar  haqidagi  bilimlarga  ega  bo‘lishlari  va 

ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim. 

Hozirgi  davrda  sodir  bo‘layotgan  innovatsion  jarayonlarda  ta’lim  tizimi 

oldidagi  muammolarni  hal  etish  uchun  yangi  axbortni  o‘zlashtiradigan  va 

o‘zlashtirgan  bilimlarini  o‘zlari  tomonidan  baholashga  qodir  bo‘lgan,  zarur 

qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. 



Shuning  uchun  ham  ta’lim  muassasalarining  o‘quv-tarbiyaviy  jarayonida 

zamonaviy 

o‘qitish 

uslublari, 

ya’ni 

interfaol 



uslublar, 

innovatsion 

texnologiyalarning  o‘rni  va  ahamiyati  beqiyosdir.  Pedagogik  texnologiya  va 

ularning  ta’limda  qo‘llanishga  oid  bilimlar,  tajriba  o‘quvchilarni  bilimli  va  etuk 

malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. 

Har  bir  darsni  yaxlit  holatda  ko‘ra  bilish  va  uni  tasavvur  etish  uchun 

o‘qituvchi  bo‘lajak  dars  jarayonini  loyihalashtirib  olishi  kerak.  Buning  uchun  u 

darsning  texnologik  xaritasi  har  bir  mavzu,  har  bir  dars  uchun  o‘qitilayotgan 

predmet,  fanning  xususiyatidan,  o‘quvchilarning  imkoniyati  va  ehtiyojidan  kelib 

chiqqan holda tuziladi. 

Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan 

puxta  loyihalashtirilgan  dars,  albatta,  o‘qituvchi  va  o‘quvchiga  darsni  qiziqarli 

bo‘lishi,  shuningdek  ijobiy  natijaga  erishishlariga  imkoniyat  yaratadi  hamda 

darsning samaradorligini oshiradi. 

O`qituvchining  kasb  faoliyati  strukturasi  muammosi  bilan  asosan  Rossiya 

olimlaridan  N.V.Kuzmina,  A.I.Herbakov  va  V.A.Slastyoninlar  shug’ullangan. 

Pedagog, ya`ni o’qituvchi va tarbiyachining kasb faoliyati strukturasi ayni paytda 

pedagogik qobiliyatlar ham deyiladi.  

O`qituvchi  shaxsining  faoliyatida  kasbiy  o’z-o’zini  tarbiyalash  ustivor 

ahamiyatga  ega  bo’lganligi  uchun  uning  kasb  faoliyati  strukturasida  birinchi 

o’rinda tarbiyachilik qobiliyati turadi.  

O`qituvchining kasb faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi 

mumkin:  

1. Tarbiyachilik.             7. Yunaltiruvchi.  

2. Tashkilotchilik.          8. Safarbar etuvchi.  

3. Kommunikativ.          9. Rivojlantiruvchi.  

4. Pertseptiv.                10. Kreativ.  

5. Informatsion            11. Gnostik (tadkikotchilik).  

6. Didaktiv.  

Pedagogik  va  psixologik  adabiyotlarda  o’qituvchining  kasb  faoliyati 

strukturasi  uning  kasbiy  sifatlari  yoki  kasb  qobiliyatlari  deb  ham  sanaladi.  Bu 

struktura  asosida  o’qituvchining  yuzlab  kasb  sifatlari  va  fazilatlari  aniqlangan. 

Jumladan,  200  ga  yaqin  ijobiy  sifatlar,  ya`ni  qobiliyatlar  va  60  dan  ortiq  salbiy 

kasb sifatlari o’rganilgan.  

O`qituvchining kasb faoliyati strukturasini quyidagicha tavsiflash mumkin.  

1. 


Tarbiyachilik  qobiliyati  -  tarbiyachilik  -  bu  yuksak  darajadagi  san`at 

bo’lib,  shaxsni  ijtimoiy  hayot  talablariga  javob  bera  olish  qobiliyatini  bildiradi. 

Tarbiyachilik  qobiliyati  shaxsni  tarbiyalashga  emas,  o’z-o’zini  tarbiyalay  olishga 

yo’naltira bilishda qaror topadi. Bugungi tarbiyaning maqsadi ham aynan mustaqil 

fikrlay  oladigan  va  o’zini-o’zi  tarbiyalash  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  shaxslarni 

shakllantirishga qaratilgan. 

2. 

Tashkilotchipik  qobiliyati  -  ta`lim-tarbiya  ishini  samarali  yo’lga 

qo’yishda o’qituvchining tashkilotchilik qobiliyati alohida ahamiyatga ega bo’ladi. 

Bunda sinf yoki guruh jamoasini uyushtira olish, har bir o’quvchi yoki talaba bilan 

individual  shug’ullanish  uchun  ularni  yosh,  jins  hamda  yakka  tartibdagi 




xususiyatlarini bilish, o’quvchi-talabalarni hohish istaklari, muammolarini eshitish 

va  ularning  echimini  topishda  ko’maklashish,  qo’shimcha  darslar,  to’garaklar, 

tarbiyaviy  darslar  o’tkazishga  oid  tegishli  shart-sharoitlar  yaratish  kabi  ishlar 

kiradi. 


3. 

Kommunikativ 

qobiliyat 

"O`qituvchi-o’quvchi", 



ota-onalar, 

jamoatchilik,  mahalla  va  boshka  tashkilotlar  bilan  to’g’ri  munosabat  hamda 

kasbiy-madaniy aloqalar o’rnatishga qaratilgan. 

4. 


Pertseptiv  qobiliyat  -  o’quvchi  va  talabaning  qalbiga  yo’l  topa  olish, 

o’z  navbatida  uni  qalban  his  etib,  o’zining  o’rniga  qo’yib  ko’ra  bilish,  yoshlarni 

ruhiy-ma`naviy  olamini  o’rganish,  unga  ob`ektiv  baho  berish,  bolani  psixologik 

xususiyatini  bilgan  holda  uning  kayfiyati,  hissiyoti,  diqqati  va  boshqa  psixik 

jarayonlarini o’rganib borish o’qituvchining pertseptiv qobiliyatini tashkil etadi. 

5. 


Informatsion  qobiliyat  -  o’quv-tarbiya  jarayonining  boshi,  ya`ni 

boshlanishi hisoblanib, o’qituvchining qanchalik axborot ola bilish qobiliyati, uni 

atroflicha o’rganib, tahlil etib, o’quvchi va talabaning yoshi, ongi, dunyoqarashiga 

mos  ravishda  etkazib  bera  olishida  o’z  ifodasini  topadi.  Bunda  qaytar  aloqa  va 

uning samaradorligi o’qituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi. 

6. 


Didaktiv  qobiliyat  -  o’quvchi  va  talabani  bilim  olishga  bo’lgan 

qiziqishlarini  aniklash,  mustaqil  fikri,  mantiqiy  va  analitik  tafakkuri  asosida 

egallayotgan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarini  o’rganib  borishi,  bu  jarayonda 

egallayotgan  bilimlar  qay  darajada  ko’nikma  va  malakalarga  aylanayotganligi 

muhimdir.  O`qituvchnning  yana  bir  didaktiv  qobiliyatiga  uning  dars  jarayonini 

kuzata bilish va tahlil qila olishi kiradi. Didaktiv qobiliyatning yana bir o’ziga xos 

xususiyati  o’qituvchining  bilimdonligi,  zehnining  o’tkirligi,  ijodkorlngida 

ko’rinadi.  Didaktiv  qobiliyat  o’qituvchining  informatsion  qobiliyati  asosida 

rivojlanib boradi. 

7. 


Yo’naltiruvchi  qobiliyat  —  motivlar  va  motivatsiya  bilan  bog’liq 

bo’lib, erkin fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg’un holda bo’ladi. 

8. 

Safarbar  etuvchi  qobiliyat  —  bugungi  davr  rivoji  va  talabidan  kelib 

chiqib,  o’qituvchini  iqtisodiy,  siyosiy,  mafkuraviy,  ijtimoiy  va  kasbiy-madaniy 

munosabatlarning  naqadar  dolzarbligi,  echimini  kutayotgan  muammolarni  hal 

etishning  zarurligi,  nazariy-metodologik  bilimlarni  amaliyot  darajasiga  olib 

chiqishning o’ta muhimpigini anglab etish bilan bog’liq ravishda hal etiladi. 

9. 


Rivojlantiruvchi  qobiliyat  —  ta`lim-tarbiya  rivojining  uygunligida 

amalga oshib, bunda o’qituvchi o’quvchini hissiy-irodaviy, didaktiv yo’naltiruvchi, 

safarbar  etuvchi,  yangilikka  intiluvchanlik  va  ilmiy-ijodkorlik  qobiliyatlarini  aniq 

sistemada maqsadli ravishda rivojlantira olish qobiliyati bilan ifodalanadi. 

10.  Kreativ  qobiliyat  -  bu  o’qituvchining  alohida  o’ziga  xos  qobiliyati 

bo’lib,  o’z  ongida  yangi  tushunchalarni  o’rganish,  uni  tahlil  etishdan  boshlanib, 

yangilikka  intilish,  o’z  sohasi  bo’yicha  axborotlarni  to’plash,  uni  alohida  dastur 

holiga keltirib, ta`lim va tarbiya jarayoniga tatbiq eta olish bilan belgilanadi. 

11.  Gnostik  (tadqiqotchilik)  qobiliyat  -  o’qituvchining  izlanishga,  ijodiy 

mehnatga, ilm-fanga  qiziqishga, muammolar  echimida  maqsad va  vazifalar  qo’ya 

bilishga, ahamiyatiga qarab ilmiy-amaliy faktlarni to’shlay olishga, muayyan ilmiy 



faraz echimini topishga, ilmiy tadqiqotchilik ishi bilan shug’ullanishga, ilm asosida 

bilim berish printsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi.  




Download 308,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish