TRENING DARSLARI
Darslarda o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni
ta’minlash hamda dars samaradorligini oshirish uchun trening darslarida katta
imkoniyatlar mavjud.
Trening darslari qayta aloqa asosida olib boriladi. Ya’ni o’qituvchi
o’quvchilarning fikrlarini bilib, bilimlarini yanada boyitib o’zlariga qaytarib
beradi. Ya’ni, dars davomida faqat o’qituvchi ishlamasdan o’quvchilar ham
tengma-teng ishlaydilar.
Yuqorida aytganimizdek, bu usulda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida erkin
munosabatlar vujudga keladi va o’quvchilar erkin, mustaqil fikrlay boshlaydilar.
O’quvchilarning o’zlarini erkin xis qilib, erkin fikrlay boshlaganlaridan so’ng
bilimlarni qabul qilish imkoniyati ham kengayadi. Demak, o’qituvchi bermoqchi
bo’lgan bilimlarni to’liq bera oladi.
Trening darslar davomida o’quvchilarning tartib buzarliklarini, o’zaro
suhbatlashib halaqit berishlarini oldini olish uchun o’quvchilar bilan birgalikda
mashg`ulotlarda amal qilinishi lozim bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqish
va hammaga ko’rinadigan joyga ilib qo’yish mumkin.
Shuningdek, dars davomida fanga aloqador bo’lgan turli xil o’yinlarni
o’tkazish dars samaradorligini yanada oshiradi. Bunday o’yinlar o’quvchilarning
charchaganligi xis qilingan vaqtlarda o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’quvchilar tetiklashadi, fikrlari bir nuqtaga jamlanadi.
Mazkur darslarning samarali tomonlaridan yana biri nazariy ma’lumotlar
bilan amaliy mashg`ulotlarni birgalikda olib borilishidir. O’quvchilar kichik
guruhlarda ishlab, nazariy olgan bilimlarini amalda sinab ko’radilar. Misol qilib,
kimyo fanidan «Tuz» tushunchasi mavzusini olaylik.
Mashg`ulotni o’qituvchi aqliy hujum bilan boshlaydi. O’quvchilarning
javoblari doskaga yoziladi va tayanch so’zlar tagiga chizilib umumiy qoidalar
ishlab chiqiladi: «Tuzlar». Shundan so’ng o’qituvchi tuzlarning xillari to’g`risida
batafsil gapirib beradi.
O’qituvchi so’raydi: «Tuzlar nechchi xil bo’ladi? Tuzlat qaerlarda
ishlatiladi?»
Tuzlarning ishlab olinishi, Qishloq xo’jaligida o’rni va ahamiyati. Tuzlarga
bo’lgan talablar.
O’quvchilar tuzlar to’g`risida chuqurroq tushunchaga ega bo’lishlari
uchun «Tuzlarning turlari va sifat ko’rinishlari» nomli o’yin olib boriladi. Buning
uchun sinfdagi o’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Birinchi va ikkinchi guruh
tuzlar koni, uchinchi guruh esa tuzlarni olinishi, reklama qilinishi lozim bo’ladi.
Tuzlarni ko’proq yoritib bergan gurux g`olib bo’ladi.
Shundan so’ng birinchi va ikkinchi guruh tuzlarni (ishlov berilganligi,
tozaligi, ishlatilishiga qarab) sotadilar. Uchinchi guruh esa o’qituvchi tomonidan
tarqatib berilgan shartli (yasama) pullar asosida mahsulotlarni sotib oladilar.
Bunda «xaridorlar» qancha ko’p mahsulot sotib olsalar, «sotuvchilar» esa
qancha ko’p sotsalar g`olib hisoblanadilar.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan o’yin davomida nimalarni his
qilganlarini, hayotda nimalarga e’tibor berish lozim ekanligini so’raydi va
umumiy xulosa chiqariladi.
Ushbu trening usuldagi mashg`ulotlar o’quvchilarni erkin fikrlashga, o’z
fikrlarini kichik guruhlar o’rtasida bemalol ayta olishlariga imkoniyat yaratadi.
Demak, trening darslarining samaradorligi yuqori bo’lib, boshqa fanlarda ham bu
usuldan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |