Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Qurimish yig‘achlar tunandi yashil, 
Bezandi yapun al, sariq, ko‘k, qizil...
(Yaprog‘ini to‘kkan daraxtlar (yana) yashil kiyindi
Ol, sariq, ko‘k, qizil rang bilan bezandi.) 
Qayusi Tug‘ardin tutar ming tanuq, 
Qayusi Batardin tapug‘chi anuq



156 
(Ba’zilari Sharqdan ming-ming hadyalar tutmoqda, 
Ba’zilari G‘arbdan (kelib) xolis xizmatda turmoqda.) 
Isinur et, er tark bag‘irsaq, bo‘lur, 
Bag‘irsaq kishilar tapug‘saq, bo‘lur

(Unga badanning (ya’ni kishilarning) muhabbati ortadi, so‘ng esa kishilar 
unga sadoqatli bo‘ladi. Sadoqatli kishilar esa xizmatga shay bo‘ladi.
Keltirilgan misollarning barchasi ham aruz, ham barmoq vazniga hech 
qiyinchiliksiz tatbiq etilishi mumkin. Ular aruzning fauvlun, fauvlun, fauvlun, 
fauvl (mutaqorib), barmoqning esa 6+5=11 vazniga mos kelaveradi.
«Qutadg‘u bilig»dan bunday namunalarni ko‘plab keltirish mumkin, tatar 
olimi Xatib Usmonov shunday holatlarning ko‘pligiga tayanib «Qutadg‘u bilig»
ko‘p o‘lchamli asar degan xulosaga kelgan edi. Asarni o‘rgangan ko‘pchilik 
yetakchi olimlar u aruzning mutaqorib bahrida yozilganini ilmiy isbotlab 
berganlar. 
Mutaqorib aruzning keng iste’mol qilinadigan bahrlaridan biridir. An’anaga 
ko‘ra, bu bahrda qahramonlik va jangnoma asarlari bitilgan. Sharqning jahonga 
mashhur bo‘lgan asarlari «Shohnoma» (Firdavsiy), «Iskandarnoma» (Nizomiy), 
«Oynai Iskandariy» (Dehlaviy), «Xiradnomai Iskandariy» (Jomiy), «Saddi 
Iskandariy» (Navoiy) ham shu vaznda yozilgan. Bu yerda Nizomiydan 
Navoiygacha bo‘lgan shoirlarning Iskandarga bag‘ishlangan dostonlari o‘zaro 
an’anaviylikka asoslangani e’tirof qilgan holda “Qutadg‘u bilig”ning Firdavsiy 
“Shohnoma”siga ergashib yoki uning ta’sirida yozilgani haqidagi ba’zi 
mulohazalarga mutlaqo qo‘shilib bo‘lmasligini ta’kidlash lozim. Chunki bu ikki 
asar mavzu, g‘oya, maqsad va uslub jihatidan bir-biriga mutlaqo yaqin emas. 
Vazndagi o‘xshashlikning o‘zi hech qachon izdoshlikka sabab bo‘la olmaydi. 
Mutaqorib bahrining solim rukni bir qisqa va undan so‘ng kelgan ikki cho‘ziq 
(v – –) hijoning takroridan hosil bo‘ladi. Rukndagi ba’zi hijolarning tushib qolishi 
yoki ruknning takrorlanish miqdoriga ko‘ra mutaqoribning bir necha shakli 


157 
yuzaga kela oladi. A.Rustamov uning 12 turini ko‘rsatgan, Boburda esa uning 39 
xiliga misollar keltirilgan. 
Asarda mutaqoribning uch ko‘rinishidan: solim, mahfuz, maqsur turlaridan 
foydalanilgan. Lekin ba’zi o‘rinlarda musabbag‘ zihofidan ham foydalanilgani 
ko‘rinadi. 
«Qutadg‘u bilig» turkiy tildagi poetik janrlarning shakllanishi va 
evolyutsiyasini kuzatish uchun ham imkon yaratadi. Turkiy tildagi she’riy shakllar, 
ularning o‘zaro munosabati, umuman, turkiy tildagi adabiyotning XI asrdagi holati 
va uning oldingi davrlar, shuningdek, qo‘shni xalqlar adabiyoti bilan aloqasi XI asr 
adabiy etiketiga munosabati kabi masalalarni «Qutadg‘u bilig»da kuzatish 
mumkin. 
«Qutadg‘u bilig»ning o‘ziga xos murakkabliklaridan biri uning janrini 
belgilashdagi bahsli fikrlarga ham sabab bo‘lgan. Nasriy muqaddimada «Adlqa 
Kuntug‘di elig at berib padshah o‘rniga tutmish, davlatqa Aytuldi at berib, vazir 
o‘rniga tutmish, aqlqa O‘gdulmish at berib, vazirning o‘g‘li yerinda tutmish turur, 
qanaatqa O‘zg‘urmish at berib qarindashi teb aymish turur. Taqi anlar ara 
munazara savali-javabi kecharteg so‘zlamish turur»,
16
deydi. Bu yerda arab va fors 
adabiyotida endigina amalga kirgan munozara, savol-javob kabi mustaqil janrlar 
tilga olingan bo‘lsa, she’riy muqaddimada asarning «turkcha qo‘shiqlar»dan iborat 
ekanligiga ishora bor: 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish