Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Oyto‘ldi 
– qut, baxt va davlat timsoli. Uning saroydagi vazifasi aniq 
ko‘rsatilmaydi. Bu uning ramziy ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Eligning davlati 
bu obrazda har taraflama tavsiflanadi. Elig hukmdor bo‘lib maydonga chiqqach, 
uning davlatga ega bo‘lishi Oyto‘ldining saroyga kelishi bilan izohlanishi mumkin. 
Oyto‘ldi elig huzurida turli xizmatlar qiladi. Elig va Oyto‘ldi orasidagi savol-
javoblar, suhbatlar muallifning hukmdor va davlat munosabatlari to‘g‘risidagi 
qarashlarini aks ettiradi. Bu munosabatlar asosan moddiylikka asoslanadi. 
Oyto‘ldining o‘limi va o‘rniga uning o‘g‘li tayinlanishi davlatning barqaror 
rivojida islohotlarga zarurat doimo mavjudligining ifodasidir. 
O‘gdulmish 
aql-zakovat timsoli sifatida talqin qilinadi. U inson va uning 
qadr-qimmati, davlat, jamiyat va uning boshqaruvi, fuqaroning huquq va burchlari, 
shaxs kamoloti va mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy birlik va himoya, shaxsga 
taalluqli va ijtimoiy illatlarga barham berish to‘g‘risidagi fikrlari juda katta 
ahamiyatga ega. Lekin u Oyto‘ldining o‘g‘li, ya’ni qut-davlat mevasi ekani aql-


153 
zakovat timsoli sifatini kengaytirishni taqozo qiladi. Shuning uchun uni, hozirgi 
davr tushunchalaridan kelib chiqib, ma’naviyat ramzi sifatida tushunish maqsadga 
muvofiq. Elig va O‘gdulmish orasidagi munozaralarda faqat moddiyat masalalari 
bilan cheklanilmaydi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy masalalarning 
hammasi borasida fikr yuritiladi. Asarda O‘gdulmish Oyto‘ldining ancha 
yuksalgan ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. U eligning xohishi bilan 
jamiyatning barcha sinf, tabaqa, toifa va guruhlariga xos xususiyatlarni baholaydi 
hamda ularning o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi. Shuningdek, hukumat 
xizmatlari taqsimi, ularga munosib xodimlar tanlanishi va ularning faoliyati 
kabilarni yo‘lga qo‘yishda ishtirok etadi: 
Qali tegsa ish bo‘l senga belgulug, 
Bilig birla ishlat ishig, ey kulug. 
Apang tegsa oshbu so‘z erki senga, 
Aqi bo‘l, uzug‘ tur, ey ersig to‘nga. 
Tegir ersa xayl yo sengar o‘z o‘tog‘, 
Ilik yozg‘u molin qilinch tutg‘u og‘. 
Vazirliq tegar bo‘lsa ilgin uzun, 
To‘ru urma esiz silig bo‘l tuzun...
(Agar senga ish ixtiyori tegsa, rejali bo‘l, ishni bilim bilan bajar, ey shtjoatli. 
Agar senga so‘z (buyruq) ixtiyori berilsa, saxovatli bo‘l, hushyor tur, ey mard 
bahodir. 
Agar senga xayl (el) yo turar joylar tegsa, qo‘ling ochiq, badxulq kishanli 
bo‘lsin. 
Qo‘lni uzun qiluvchi vazirlik tegsa, tuban ish qilma, tuzuk bo‘l.) 
Dostonda O‘gdulmish yashab qoladi. Bu aql-zakovat, ma’naviyat zavol 
topmasligini ham anglatadi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish