Kuntug‘di o‘zining adolat timsoli ekanini, uch oyoqli kursi uning hamisha
147
to‘g‘rilik bilan poydor turishini, shakar mazlumlarga, urog‘un zolimlarga
atalganini, yuzining vajohati yuz-xotiri yo‘qligini anglatishini aytadi. Oyto‘ldi
undan ismining ma’nosini so‘raydi. Kuntug‘di javob berib, Quyosh to‘g‘rilik bilan
yetilib to‘lgani, faqat to‘lin turishi, barcha xalqga birdek yorug‘lik ulashishi,
hammani teng ko‘rishi, olamga issiqlik ulashib, yerni qizitishi va hayot barqaror
davom etishiga xizmat qilishi, barchaga barobar bahra yetkazib, o‘zi sobit turishi
va yorug‘likdan boshqa jihati yo‘qligi donolar tomonidan shunday atalishiga
sabab bo‘lganini ta’kidlaydi.
Oyto‘ldi eligga yoqishi va nimalar qilsa obro‘-e’tibori oshishi, xalqga
ko‘proq naf yetkazish hamda til (so‘z, nutq) borasida Kuntug‘di bilan uzoq savol-
javoblar qiladi. Saroyda katta nufuz topadi.
Vaqtlar o‘tib Oyto‘ldining ahvoli og‘irlashadi. Uni davolashga har qancha
urinmasinlar, umri tugab boradi. U Kuntug‘diga dardi hol qiladi, Kuntug‘di unga
tasalli beradi. Lekin ahvol yaxshilanmaydi. Oyto‘ldi o‘limi oldidan haqiqat yo‘lini
yo‘qotganidan pushaymon bo‘ladi va o‘g‘liga nasihat vasiyatlar qiladi. Oxir
Kuntug‘mishga vasiyat yozib, unga ham nasihatlar qiladi va o‘g‘li O‘gdulmish
(Aqlga to‘lgan)ga rahnamolik qilishini so‘raydi.
Elig xoqon Oyto‘ldining motamini o‘tkazib, uning o‘g‘li O‘gdulmishni yoniga
chaqiradi, unga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi, xizmatiga oladi. Elig o‘zi bilganlarini
O‘gdulmishga aytar, savollar berib uni sinar edi. O‘gdulmish jamiyatda insonning
o‘rni, uning komil bo‘lishi uchun zarur omillar, mansab va martabadagi
odamlarning axloqiy burchlari haqida mukammal bilimga ega bo‘ladi va ular
haqida so‘zlab turadi. O‘gdulmishning bu fazilati eligni maftun qilib, u bilan uzoq
munozaralar qilishni yaxshi ko‘radi.
Kunlardan birida Kuntug‘di O‘gdulmish bilan suhbatlasha turib, “Beglar
sadoqatli xizmatkorni topsa, boshidan oltin-kumush sochib bo‘lsa-da, uni asrab
yurishi kerak, chunki sadoqatli xizmatchini topish mushkul. Lekin, afsuslanamanki,
mening qoshimda bir sengina shunday xizmatchisan. Senga o‘xshash yana bir
kishi bo‘lsa, mening ko‘nglim to‘lar, sening mehnating yengillashar edi.
148
Qarindoshlaring orasida sendek yana biror kishi bormi, surishtirib ko‘rgin”, deb
qoladi. O‘gdulmish o‘z dono qarindoshi O‘zg‘urmish (Uyg‘ongan) haqida aytadi.
Elig uni chaqirishni buyuradi. O‘gdulmish o‘z so‘zining dalili bo‘lishi uchun
eligdan xat yozib berishini so‘raydi. Elig xat yozib beradi. O‘gdulmish xat bilan
tog‘dagi bir g‘orni makon tutgan taqvodor, zohid qarindoshi O‘zg‘urmish
huzuriga boradi. O‘zg‘urmish taklifni qabul qilmaydi. Qarindoshlar orasida qattiq
munozara kechadi. Oxir O‘zg‘urmish eligga to‘rtta shart qo‘yadi va shularni
bajara olsa, uning huzuriga borib xizmat qilishini aytadi: biri, nuqsonsiz tiriklik;
ikkinchisi, qariliksiz yigitlik; uchinchisi, kasalliksiz sog‘lik; to‘rtinchisi,
kambag‘alliksiz boylik.
O‘gdulmish O‘zg‘urmish huzuridan uning javobini olib qaytishga majbur
bo‘ladi. U kelib Kuntug‘diga O‘zg‘urmishning javobini yetkazadi. Kuntug‘di bu
javobdan qanoatlanmaydi, Ugdulmishga O‘zg‘urmish yoniga yana borishni
buyuradi. “Erkli eligning hamma yorlig‘i yuritilishi kerak”, deydi u va yana
maktub yozib beradi. Xatda musulmon kishidan boshqa musulmonlarga ko‘proq
naf yetishi, kishi bundan o‘zini olib qochmasligi kerakligi ta’kidlanadi.
O‘zg‘urmish huzuriga qaytib kelgan O‘gdulmish bilan yana munozara qiladi.
O‘zg‘urmishning avvalgi uzri uning saroy rasm-qoidalarini bilmasligi edi. Bunga
O‘gdulmish batafsil javob va tushuntirish beradi. U javob va tushuntirishlarida
jamiyatning barcha tabaqa vakillari bilan bo‘ladigan muloqotlar madaniyati,
hatto ular orasidagi ziyofat va ovqatlanish tartiblari to‘g‘risida ham so‘zlaydi.
Lekin O‘zg‘urmish O‘gdulmishga bu dunyodan yuz o‘girib oxiratga moyil bo‘lmoq
afzalligini, o‘zining o‘limi yaqinligidan xavotirda ekanini va bu qayg‘uda qanday
qilib o‘zini elig xizmatiga bag‘ishlashini aytadi. O‘gdulmish bu so‘zlarni haqiqat
deb uyiga qaytadi va borib Kuntug‘diga voqeani bayon qiladi.
Kuntug‘di voqeaning mohiyatini tushunadi va O‘zg‘urmishning aqliy
qobiliyati hamda bilimidan bahramand bo‘lish uchun uni xizmatga emas, suhbatga
chaqiradi. Bunday taklifni O‘zg‘urmish qabul qiladi. O‘zg‘urmish Kuntug‘di bilan
pinhona uchrashishga rozi bo‘ladi. O‘zg‘urmish bir kun tunda O‘gdulmishning
149
uyiga borib turadi. Ular Kuntug‘di bilan tunda uzoq suhbat qiladilar va bir-
birlaridan xursand bo‘ladilar. O‘zg‘urmish nasihatlar va Kuntug‘dining
savollariga javoblar beradi. Tongda O‘gdulmish O‘zg‘urmishni uyiga qo‘yib
qaytadi va Kuntug‘dining huzuriga kelib, mamlakatning taraqqiyoti, elning
farovonligi, adolatli siyosat yuritish borasida suhbatlashadi.
Kunlar o‘tadi. Elig O‘gdulmishni qadrlaydi, unga ishonadi va barcha muhim
ishlarni unga topshiradi. O‘gdulmish qariy boshlaydi. Bir kun eligning huzuriga
borib, qarindoshi O‘zg‘urmishni sog‘inganini, uning oldiga bormoqchi ekanini
aytadi. Elig rozi bo‘ladi.
O‘gdulmish O‘zg‘urmishning oldiga borib umrning o‘tkinchiligi, tavbaning
lozimligi haqida so‘zlashadilar. O‘gdulmish ham tarki dunyo qilmoqchiligini
aytadi. O‘zg‘urmish to‘g‘rilikka – to‘g‘rilik, odamgarchilikka – odamgarchilik
lozimligi, Kuntug‘dining yaxshiliklariga yaxshilik bilan javob berish joizligini
aytib, O‘gdulmishni fikridan qaytaradi. O‘gdulmish Kuntug‘di qoshiga qaytib
yana o‘z xizmatiga kirishadi. Ular beg uchun lozim kishilar, uning huzurida yaqin
bo‘lishning qiyinligi kabi masalalarda suhbat qiladilar.
Bir kun O‘zg‘urmish xasta bo‘lib qoladi va O‘gdulmishni chaqirtiradi.
O‘gdulmish borganda uning ahvoli yomon edi. Hol-ahvol so‘rashgandan so‘ng
O‘zg‘urmish o‘zi ko‘rgan tushni aytib beradi. Tushida tik qo‘yilgan ellik pog‘onali
narvon bo‘lib, O‘zg‘urmish unga chiqayotgan ekan. Bir necha pog‘ona qolganda
tepada bir otliq paydo bo‘lib suv beribdi. O‘zg‘urmish suvni ichib, ko‘kka havolab
uchibdi, yuqorilab, ko‘kka singib, ko‘rinmay ketibdi. O‘gdulmish uni qadr, hurmat
e’tiborning ortishi, suv – hayot bo‘lgani uchun uni ichgani umr ildizining uzun
bo‘lishi va istagan narsaga erishish bashorati sifatida ta’bir qiladi. O‘zg‘urmish
uni o‘zicha ta’bir qilib, narvon – hayot yo‘li, otliq – jon oluvchi, suvni to‘la ichish
– hayotning tugashi, osmonga ko‘tarilib ketish – jonning uchib ketishi ekanini
aytadi. O‘gdulmishga vasiyat va nasihatlar qiladi. O‘gdulmish xayrlashib uyiga
qaytadi. Undan Kuntug‘di ahvol so‘raydi. U Kuntug‘diga bo‘lgan hamma voqeani
150
aytib beradi. Kuntug‘di qattiq qayg‘urib, O‘gdulmish unga oxirigacha qarab
turmagani uchun bir oz koyiydi.
O‘gdulmish Kuntug‘didan ruxsat so‘rab yana O‘zg‘urmishnikiga boradi.
O‘gdulmish O‘zg‘urmish eshigiga borganda undan murid Qumaru chiqib,
O‘zg‘urmishning vafot etganini aytadi va rakva (suv uchun ishlatiladigan idish) va
hassasini olib chiqib, esdalik uchun unga berib ketganini, ulardan birini eligga
berishini vasiyat qilganini aytadi. O‘gdulmish qattiq xafa bo‘lib, yig‘laydi.
Qumaru unga ta’ziya bildirib, nasihatlar qiladi va uning qabrini ziyorat qilishi
lozimligini aytadi. O‘gdulmish qarindoshi qabriga borib ziyorat qiladi, yig‘lab
yo‘qlaydi.
Elig bu xabarni eshitgach, O‘gdulmishnikiga borib, astoydil ta’ziya bildiradi,
nasihatlar qiladi. O‘gdulmish unga vasiyat qilingan narsalarni ko‘rsatadi.
Kuntug‘di hassani o‘ziga olib, rakvani O‘gdulmishga qoldiradi.
O‘gdulmish bir necha kun azador yurib, keyin alamlarini o‘tkazib yubordi.
Erta tongdan kech tungacha ishlar edi. Kuntug‘di bir kun uni chaqirib, el ahvoli,
davron qanday kechayotgani haqida so‘raydi. O‘gdulmish ahvol juda yaxshiligini
aytib, eligni nasihatlarga yo‘g‘rilgan duolar qiladi
.
Doston nihoyasida muallif o‘zining zamona buzilishlari, asarning yozilgan
yili kabilar haqidagi satrlarini yozadi. Yigitlikka achinish va qarilik, zamona
nobopligi, do‘stlar jafosi, muallifning o‘ziga pand berishi haqidagi boblar ham
kitobga ilova qilingan.
Ko‘rinib turganidek, «Qutadg‘u bilig»-adabiy asar, badiiy adabiyot namunasi.
Asar voqealari mazkur 4 qahramon timsoli orqali tashkil etilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |