Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Doston syujetining qisqacha mazmuni quyidagicha



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Doston syujetining qisqacha mazmuni quyidagicha: 
Jahonga Kuntug‘di ismli bir dono, odil podshoh keldi va olam yosharib ketdi. 
Uning dovrug‘i olamga tarqaldi. U o‘z atrofiga zakovatli kishilarni yig‘ib, bilim 
sohiblarini yuksaltirdi. Katta ishlarni amalga oshirish uchun bunday kishilar ko‘p 
kerak. Ayniqsa, ularni katta ishlarga uyushtirish uchun munosib aql-idrokda 
komil, shijoatli bir kishi lozim edi. Elig shunday kishi topilsa, o‘z yoniga olishini 
e’lon qiladi. Bu xabar mamlakatning chekka qishloqlarigacha borib yetadi. 
Shahar chekkasida Oyto‘ldi ismli bir xushsurat, xushtakallum, bilim va 
hunarni puxta egallagan, tadbirkorlikda misli yo‘q kishi yashar edi. U ezgu ishlar 
qilish orzusi ro‘yobga chiqishi uchun sharoit yetilgani, ezgulikning qadriga 
yetuvchi beg o‘z qadriga yetishganidan xursand bo‘lib, o‘zining iqbol darvozasi 
ochilganini his qilib, poytaxtga, podshoh saroyiga borishga ahd qiladi. Lekin bu 
ish oson emas edi. Eng avvalo, poytaxtga yolg‘iz borgan odamning o‘z o‘rnini 
topishi qiyin edi. Shuning uchun Oyto‘ldi poytaxtdan o‘ziga do‘stlar va tarafdorlar 
topish yo‘llarini axtaradi. Moliyaviy-iqtisodiy kuch bunda muhim deb hisoblaydi u. 
Pul, oltin-kumush yig‘ib bo‘lgach, Oyto‘ldi poytaxt tomon yo‘l oladi. U poytaxtda 
o‘z hunar va san’atini ishga solib atrofiga ulfatlar, do‘stlar yig‘adi. Bu yerda 


146 
yashashga moslashgach, u ishonchli do‘sti Ko‘samish (Istlingan)ga asl maqsadini 
aytadi. Ko‘samish uni Kuntug‘di eligning Ersig ismli Xos Hojibi bilan 
uchrashtiradi. Xos Hojib Oyto‘ldini ko‘rib uni sevib qoladi. Xos Hojib 
Oyto‘ldining saroyga munosib kishi ekaniga amin bo‘ladi va eligga bu haqda 
aytib, unga yordam berishga so‘z beradi. U va’dasida turib eligga Oyto‘ldini ta’rif 
va tavsif qiladi. Kuntug‘di ham uni ko‘rishga oshiqadi. Xos Hojib Oyto‘ldini elig 
huzuriga olib kiradi. Oyto‘ldi bu yerda o‘zining aql-hushi, bilimi va sadoqatini 
namoyish qiladi va saroyga qabul qilinadi. U saroyda buyurilgan xizmatlarni bajo 
keltirib yurdi. 
Bir kuni elig yolg‘iz o‘tirganida yoniga Oyto‘ldi kirib, qarshisida tik turadi. 
Kuntug‘di uni o‘tirishga buyuradi, u yonidan to‘p chiqarib, uning ustiga o‘tiradi. 
Kuntug‘di ko‘p savollar beradi, Oyto‘ldi ularga ko‘ngilni ravshan qiladigan 
javoblar qaytaradi. Kuntug‘di mamnun bo‘lib uning yuziga qarasa, u boshqa 
tomonga buriladi. Elig qahrlanadi, Oyto‘ldi unga o‘zini anglatadi: “Mening 
hozirgacha senga ko‘rsatgan amallarim, oddiy odatlarim edi. Huzuringda 
o‘tirmaganim, dunyoda menga muqim turishga joy yo‘q, deganimdir. Yerga to‘p 
qo‘yganim o‘z holimdan ishoradir, men to‘p kabi beqarorman. Oqar suv, ravon til 
va qut tinim bilmay harakatda bo‘ladi. Qut-davlat ishonchsiz, bevafo va beqaror. 
Mening beqarorligim nuqsonim emas, borlig‘imdir. Eskirmasligimning boisi ham 
shu. Men eskirsam, boshqa eskirgan narsalar kabi yoqimsiz bo‘lib qolar edim. 
Lekin ba’zi zarif, ogoh, meyorni biluvchi, kamtarin, parhezkor kishilar meni uzoq 
vaqt o‘zlari bilan tutib qoladilar”. Elig uning nega Oyto‘ldi deb atalishi ma’nosini 
so‘radi. U javob berib, oyning tug‘ilganda zaif bo‘lishi, bora-bora to‘lishib, 
ko‘tarilib borishi, to‘lib bo‘lgach, yana zaiflashishi, yo‘qolishi, boshqa burjda 
qayta paydo bo‘lishi davlatga o‘xshashini aytadi. 
Bir kuni yana elig Oyto‘ldini huzuriga chaqiradi. O‘zi qo‘lida katta bir 
pichoq, o‘ng yonida shakar, so‘l tomonida urog‘un (bir xil dori) uch oyoqli 
kumush kursida qovog‘ini solib o‘tiradi. Oyto‘ldi buning sababini so‘raganda, 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish