Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Kul tegin bitigi. 
Bitik turk xoqoni Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kul tegin 
qabriga qo‘yilgan. Kul tegin 731 yilda vafot etgan bo‘lib, tosh 732 yilda 
o‘rnatilgan. Bitiktoshdagi voqealar Kul teginning akasi Bilga xoqon (asli ismi 
Mo‘g‘iliyon) tilidan hikoya qilingan. Asar Kul teginning jiyani Yo‘llug‘ tegin 
qalamiga mansub. Asar ikki qismdan iborat, birinchi kichik yozuv – 110, ikkinchi 
katta yozuv 428 misradan iborat. Kichik yozuvning dastlabki qismida Kul 
teginning o‘z avlodlariga, beklar va xalqqa murojaati beriladi. Turk davlatining 
chegaralari ko‘rsatilgan. Kul tegin qo‘shini «Shantung tekisligigacha» (shimoliy-
sharqiy Xitoy), «To‘quz arslon» - Tibetgacha yetganligi aytiladi. Kul tegin 


87 
qo‘shinlari Inju (Sirdaryo)ni kechib, Temir Qopug‘gacha (Bo‘zg‘ala o‘tami), 
so‘lda esa Bayirqu (Sharqiy Zabaykal)gacha borgani madh etiladi. Kul tegin turkiy 
xalqlarni O‘teken yerida muqim qolsa, mung bo‘lmasligini uqtiradi. Asarning 
ikkinchi qismida esa Bilga xoqon ajdodlarining tarixi bitiladi. Kul teginning harbiy 
yurishlari, shaxsiy bahodirligi, vafoti, matom marosimi va marsiyalar keltiriladi. 
Asarning har ikki qismi ham Ko‘k tangriga e’tiqod ruhi bilan boshlanadi. Turkiylar 
bilan yonma-yon yashagan tabg‘achlarning bosqinchiligi, hiylakorligi keskin 
qoralanadi. 
Turk Kul tegin yodgorligida kichik yozuv: 
Tangri toq. Tangridan bo‘lgan 
Turk bilka qog‘on bu yerga o‘lturdim. 
So‘zimni tugal eshitgil. 
 
Og‘ayu inimlar, o‘g‘lonim. 
Birlashgan ulusim, budunim 
O‘ndagi shad apa beglar, 
So‘ldagi tarqat buyruq beglar, 
O‘tuz to‘quz o‘g‘uz beklari, buduni 
Bu so‘zimni yaxshilab eshit, 
Qattiqla tingla. 
 
Ilgari to kun chiqishgacha, 
O‘ngda to kun o‘rtasigacha, 
Orqada kun botishqacha, 
So‘ldan tun o‘rtasigacha. 
Uning ichidagi budun manga bo‘ysunur 
Ancha budun ko‘p ettim, 
Ul buzug‘i yo‘q turk qog‘on 
O‘tukan cho‘lida bo‘lursa elga bung yo‘q 


88 
 
Ilgari Shantung tekisligiga askar torttim, 
Dengizga kichik tegmadim. 
 
O‘ngda «To‘quz arslan»ga askar torttim, 
Tuputga kichik tegmadim. 
 
Orqaga Inju daryosin kecha, 
Temur qopug‘qa askar tortdim 
So‘lda Yer Biyirqu yerina askar torttim. 
Buncha yerga askar yurittim. 
O‘tukan yerida yaxshi boshliq yo‘q ermish. 
El tutsak O‘tukan yeri soz ermish. 
Bu yerda o‘lturub,
Tabg‘ach buddi birla tuz tottim. 
Oltin, kumush, g‘alla, ipak 
Qayg‘ulanmay ancha berur. 
Tabg‘ach budun so‘zi chuchuk, 
Og‘izi yumshoq ermish. 
 
Suchuk so‘zi, yumshoq qiliq(-la) avrab, 
Yiroq budunni ancha yaqinlatar ermish. 
Yaqinida qo‘ngandan so‘ng, ular
Yomon bilik unda o‘rganar ermish 
 
Ezgu, bilka kishini,
Ezgu, alp kishini yurutmas ermish. 
Bir kishi yanglishsa, barcha budunni 
Eng yaqinlarigacha quvmas ermish. 


89 
 
Suchuk so‘ziga, yumshoq qilig‘iga aldanib 
Ko‘p, turk buduni, o‘lding. 
Turk buduni bir bo‘laging 
O‘ngdagi Chig‘ay yushi emas. 
Tyun tekisligiga qo‘nayin, dedi, 
Turk, budun, bir bo‘laging. 
Unda yomon kishi boshqaruv ermish, (u) 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish