“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
352
Stol–bosma o‗yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir
tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o‗stirish
imkonini beruvchi o‗yin usulidir. Bu o‗yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e)
labirint kiradi.
Og‘zaki so‗zli o‗yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‗tkaziladi. Ular
bolaning eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o‗z fikrlarini tez va aniq ifoda eta
olishga o‗rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‗yinlar bolaning aqliy rivojlanishida
katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan o‗yin turlarida didaktik maqsad va o‗yin
materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
1-2 yoshli bolalar bilan o‗ynaladigan o‗yin turlari: ―Barmoqqa-barmoq‖, ―Qoz‖,―Bo‗p-
bo‗p‖, ―Toy-toy‖, ―Poyezd‖, ―Achom-achom‖ o‗yinlari, go‗dak endi bir-ikki qadam
tashlashni o‗rganayotgan vaqtda gavdasini to‗g‗ri tutishga yordam beradigan o‗yinlar
hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan o‗ynaladigan o‗yin turlari: ―Ot o‗yin‖, ―Kesak qo‗ydi‖, ―Ko‗z
boylagich‖, ―CHoriy chambar‖, ―Avvalakam‖, ―Tayoq irg‘itish‖, ―Quloq cho‗zish‖, ―CHitti
gul‖, ―Xolam mehmonga keldi‖, ―Uchdi-uchdi‖.
4-5 yoshli bolalar bilan o‗ynaladigan o‗yin turlari: ―CHir aylanma‖, ―CHillak‖,
―Tortishmachoq‖, ―Lafta‖, ―Dor o‗yin‖, ―Ko‗pkari‖, ―Berkinmachoq‖, ―Jami‖, ―CHertan
devor gir-gir aylan‖.
Katta yoshdagi bolalar uchun o‗yinlar ―CHavandozlar‖, ―Doiraga tort‖, ―Do‗ppi
yashirma‖, ―Sapalak‖, ―Besh tosh‖, ―Oq terak-mi ko‗k terak‖. Bu o‗yinlar orqali bolalarda
chaqqonlik, o‗z-o‗zini boshqara olish va o‗ziga ishonch tarbiyalanadi, qat‘iyatlilik
ko‗nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‗rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi,
hozirjavob bo‗lishga tayyorlanib boriladi.
Bolaning aqliy o‗sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‗tish kerakki,
narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangacha nomlash holatidan kelib chiqib, sub‘ekt
o‗yin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat
rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat
rejasiga o‗tadi.
Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko‗rinishiga utishida unga
tayanch nuqtasi bulinji kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‗tovchi
narsalarning aksariyatidan o‗yinda bevosita, ob‘ekt sifatida foydalaniladi. O‗yin faollyatida
mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch
narsalar to‗grisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning
yaqqol narsa bilan bogliq jihatini aks ettiradi.
Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o‗yin harakatlarining takomiillashuvi harakat shakli
xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirmsh va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
O‗yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‗rinishidagi mantaqan
izchil, yig‗iq shaklga o‗tishning asosini tashkil qiladi.
SHuni ham aytib o‗tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi
zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‗yo bir
mo‗jizadek ko‗rinadi. Natijada ular ham o‗zlarining turli o‗yinlari jarayonida o‗xshatma
Do'stlaringiz bilan baham: |