“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
21
Xususan, hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va
axborot texnologiyalarini o‗quv jarayonida qo‗llashga bo‗lgan qiziqishga e‘tibor yanada
teranroq kuchaymoqda.
Ta‘limning samaradorligini oshirish o‗z o‗rnida yoshlarning ta‘lim markazida
bo‗lishini va ularning mustaqil bilim olishlarini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bu yo‗lda ta‘lim
muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‗rgan va o‗z sohasidagi bilimlarni mustahkam
egallagan kadrlar talab etilishi bilan bir qatorda ularning zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‗quv va tarbiyaviy
mashg‗ulotlarni tashkil etishda foydalana oladigan mutaxassislar zarur.
Buning uchun barcha fan o‗qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol
usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini o‗quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‗llash
malakalarini uzluksiz oshirib borish keng yo‗lga qo‗yilmoqda. Hozirgi kunda ta‘lim
jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot
texnologiyalari o‗quv jarayonida qo‗llashga bo‗lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga
kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‘anaviy
ta‘limda o‗quvchi, talabalarni faqat tayyor bilimlarini agallashga o‗rgatilgan bo‗lsa,
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayaotgan bilimlarini o‗zlari qidirib topishlariga,
mustaqil o‗rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‗zlari keltirib chiqarishlariga
o‗rgatadi.
Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil, 27-aprelda qabul qilingan PQ-
3682-son ―Innavatsion g‗oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorining asosiy mazmuni ham
aynan bugungi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
yangilash, shuningdek, ta‘lim tizimidagi jarayonlarni tubdan isloh qilish, ta‘lim jarayoniga
innavatsion g‗oyalarni olib kirishga qaratilgandir.
Xulosa o‗rnida shuni ta‘kidlash joizki, bugungi kun innovatsion axborot
texnologiyalarini ilm-fan va ta‘lim sohasida muvaffaqiyatli qo‗llanilsa, yangi yosh avlod
ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‗aysa, davlatimizning ertangi istiqboli,
kelajagi yorqin bo‗lishiga shak-shubha yo‗q. Bu albatta, biz pedagoglarning oldiga katta
mas‘uliyat va vazifalarni yuklaydi. Bizga esa mana shunday sharafli vazifa, ulug‗ ishonch,
mas‘uliyati yuklanganligidan faxrlanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |