FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Boshlangʻich ta‘lim muassasalarida
multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (oʻquv-uslubiy qoʻllanma). – Qarshi:
―Nasaf‖, 2011.
2. Avliyoqulov N.X. Musayeva N Pedagogik texnologiyalar. - T, 2018y
3. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy oʻqitish texnologiyalari- T, 2021y
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
226
DARS JARAYONIDA QOʻLLANILADIGAN INTERFAOL USULLARNING
AHAMIYATI.
Raximova Zarifaxon Ganijonovna
Andijon viloyati Jalaquduq tuman
1-umumiy o'rta ta'lim maktabi
boshlang'ich sinf o'qituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarni dars jarayonida
qoʻllaniladigan interfaol usullardan foydalanish va ularning ahamiyati haqida gap boradi.
Kalit soʻzlar:
pedagogik
texnologiyalar,
interfaol
usullar,
innovatsion
texnologiyalar, kommunikativ qobiliyatlar, manaviy salohiyat.
Dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish, har bir o‘quvchining faolligiga, erkin
va mustaqil fikr yuritishiga imkon tug‘diradi. Pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazilgan
dars mashg‘ulotlari o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, intellektual salohiyatga ega bo‘lishiga
imkoniyat yaratadi. Bugungi globallashuv jarayonida turli yot g‘oyalar va zararli illatlardan
yosh avlodni himoya qilish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek mas‘uliyatli
vazifa zimmamizda turibdi. Yosh avlodni yuksak ma‘naviyatli, milliy va umuminsoniy
qadriytlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong va tafakkurida milliy g‘urur, milliy
iftixor tuyg‘usini shakllantirish, o‘quvchining ruhiy olamiga ezgulik urug‘ini ekishning
asosiy manbayidir.
O‘quv tarbiya jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati
katta. Interfaol-bu o‘zaro harakat qilmoq, muloqotdqa bo‘lish deganini anglatadi. Bu usullar
faqat o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma‘lum nazariy bilimlarni
o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malaka hosil qilish,
ma‘naviy sifatlarni shakllantirish, o‘quvchi bilimini nazorat qilish hamda baholash
o‘qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi.
Bu borada o‘qituvchi darslarda foydalanishi mumkin bo‘lgan ayrim pedagogik
vositalar: ta‘kidlovchi savollar bunda o‘quvchining bergan savoliga qarab, uning fikrlash
darajasini aniqlash mumkin. O‘qituvchi alternativ, o‘quvchini faollikka chorlovchi savollar
orqali sinfda ijodkorlik, izlanuvchanlik, qiyoslash, o‘xshashlik va farqini topish singari
xususiyatlarni rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Savollar berish bilan birgalikda
o‘quvchilarda, fikrlashga majbur qiluvchi savollar tuzish qobiliyatini ham shakllantirib
boradi. Interfaol metod va usullarni sanab o‘tamiz: aqliy hujum, klasterlar, mustaqil xat,
Venn diagrammasi, harakatli ma‘ruza, o‘zaro ta‘lim, muallifga savollar, «bilaman, bilishni
istayman, bilib oldim» (BBB), insert, bahs-munozara, sinkveyn, qadriyatlar tizimi, debat,
hamkorlikda izlanish, argumentlangan esse va boshqalar.
Bu usullar asosan basqichlarga ajratilgan dars jarayonida qo‘llaniladi (chaqiruv,
anglash, fiklash) va har birida o‘qituvchi o‘quvchilarga tegishli topshiriqlar beradi. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |