I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi


-jadval  Sug‘urta mukofotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish dasturi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

16-jadval 
Sug‘urta mukofotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish dasturi
79
 
№ 
Audit o‘tkazishdagi savollar 
ro‘yxati 
Rasmiylashtir
ish tartibi 
Dalillarni olish 
manbaalari 
Ko‘rsatmala
r berish 
1. 
Sug‘urta tashkiloti faoliyati 
bo‘yicha olinadigan sug‘urta 
mukofotlari 
Sug‘urta 
shartnoma 
Sug‘urta shartnomasi 
yoki ularni 
rasmiylashtirish daftari 
Bor yoki 
yo‘q 
2. 
Sug‘urta turlari bo‘yicha 
shartnomalarni qayd etish kitobi 
(oddiy yoki elektron) 
Tasdiqlangan 
kitob yoki 
elektron kitob 
shartnomalarni qayd 
etish kitobi (oddiy yoki 
elektron) 
Bor yoki 
yo‘q 
3. 
SHartnomalarning 
rasmiylashtirilishi(sana,imzo) 
SHartnoma 
kitobi 
Sug‘urta shartnomasi va 
kitobi 
Bor yoki 
yo‘q 
4. 
Sug‘urta mukofotini hisoblash va 
chegirmalarni aks ettirish 
Sug‘urta 
shartnomasi, 
Sug‘urta shartnomasi, 
tashkilotning ichkitartib-
qoidalari 
Bor yoki 
yo‘q 
5. 
Sug‘urta mukofotini buxgalteriya 
yozuvlarida to‘g‘ri aks ettirish 
Buxgalteriya 
provodkalari 
Dastlabki hujjatlar, 
buxgalteriya jurnallari 
Bor yoki 
yo‘q 
6. 
Sug‘urta mukofoti uchinchi 
shaxslar tomonidan yig‘ilganda 
operatsiyalarda aks ettirilishi 
Sug‘urta 
shartnomasi 
Uchinchi shaxslarning 
ma’lumotlari, tashkilot 
nizomi 
Bor yoki 
yo‘q 
7. 
Sug‘urta mukofotining 
taqsimlanishi 
Qonunchilik 
talablari va 
tashkilotning 
ichki-tartib 
qoidalari 
Shablonning yuritilish 
Bor yoki 
yo‘q 
8. 
Sug‘urta mukofoti bo‘yicha 
umumiy hisobotning yuritilishi 
Sug‘urta 
shartnomalari 
soni 
Shartnomani 
rasmiylashtirish kitobi 
Bor yoki 
yo‘q 
79
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


261 
Yuqoridagi izohlardan kelib chiqib shuni aytib o‘tish lozimki, sug‘urta 
mukofotlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi natijasida birinchi o‘rinda to‘lovlar bilan 
bog‘liq mutanosiblik yuzaga kelsa, keyingi o‘rinlarda esa, zahiralar hisoblanishi va 
daromadlari borasida tafovutlar yuzaga kelishi mumkin. Bu bo‘yicha, tekshiruv 
yakunida auditor o‘z hisobot va xulosalari bilan bir qatorda takliflarini ham berib 
o‘tishi lozim. 
Sug‘urta qoplamalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish. Sug‘urta 
to‘lovlarini tartibga solish sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mijoz oldidagi 
majburiyatlarni bajarish maqsadida sug‘urta tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan 
tadbirlar majmuasidir. Uni tashkil qilish darajasi ko‘p jihatdan mijozlarning 
sug‘urtalovchiga sodiqligiga bog‘liq. 
I.V.Shaposhnikovaning 
fikricha, sug‘urta qoplamalari bu sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuz berganda tashkilot tomonidan amalga 
oshiriladi agar sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda 
mukofotning bir qismi qaytarilishi mumkin. Bu holatda qaytarilish lozim bo‘lgan 
summa miqdori quyidagi formula orqali topiladi. 
 
BS
- muddatidan oldin bekor qilingan shartnoma bo‘yicha qolgan sug‘urta mukofoti 
miqdori;
P
- shartnoma bo‘yicha mijoz tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti; 
N
- shartnoma muddati kunda 
M
- shartnoma kuchga kirgan kungacha bo‘lgan kunlar soni, shartnomani bekor 
qilish to‘g‘risidagi xabarning rasmiylashtirilishi; 
V- shartnoma bo‘yicha ilgari to‘langan sug‘urta qoplamasi; 
SSD- shartnoma bo‘yicha sug‘urta summasi
80

Sug‘urta to‘lovlarini tekshirish zaruriyati eng avvalo xarajatlarni 
prognozlashtirish, shuningdek, sug‘urta tashkilotining daromadiga ta’sir darajasini 
o‘rganish orqali yuzaga keladi. 
80
И.В.Шапошникова «Бухгалтерский учет, анализ и аудит» Учебное пособие Саратов, 2013. – 180 с, 51-бет 


262 
Auditor eng avvalo tekshiruv olib borayotganida sug‘urta tashkiloti 
tomonidan to‘langan to‘lovlar asosli va respublika qonunchiligiga zid emasligiga 
ishonch hosil qilishi kerak.
Bizning fikrimizcha, auditor sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha birinchi navbatda 
schyotlarga ahamiyat qaratishi lozim, ma’lumki ular bo‘yicha 22 schyotning 
tegishli 
sub 
schyotlaridan 
krediti 
bo‘yicha 
operatsiyalar 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganiga e’tibor qaratish zarur. Tegishli operatsiyalar yuzasidan 
sug‘urta hodisasini isbotlaydigan asosli hujjatlar auditorga dalil bo‘ladi. 
Yuqoridagi olimlarning fikriga asoslanib, bizningcha sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha 
auditorlik tekshiruvi quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha bajarilsa maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi: 
1)
sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha auditor reja va dasturini tuzish: 
-
tekshirilayotgan hisobot yilida sug‘urta mukofotlari va sug‘urta 
to‘lovlarining biri-biriga mutaanosibligi; 
-
to‘langan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha etarlicha asoslangan hujjatlarning 
mavjudligi; 
2)
auditorning tekshiruv amallaridan foydalanishi: 
-
sug‘urta to‘loviga oid mos tanlab tekshirishni amalga oshirish; 
-
to‘lovlar bo‘yicha zararlilik darajasini tahlil qilish va yuqori yoki pastligiga 
qarab, tegishli tavsiyalarini ishlab chiqish; 
-
sug‘urta to‘lovlarining tashkilot sof foydasiga ta’sirini o‘rganish 
3)
tekshiruv davomida yuzaga keladigan muhimlik va risk darajasini baholab, 
sug‘urta to‘loviga ta’sirini o‘rganish hamda natijalarini umumlashtirishda oldingi 
yillarning umumiy hisobotidan foydalanish. Aytib o‘tish joizki, auditor tekshiruv 
davomida, shartnomalarni bekor qilinishi holati yoki bir shartnoma doirasida sodir 
bo‘lgan bir necha marta to‘langan sug‘urta qoplamalarini ham alohida tekshirishi 
lozim. 


263 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish